Dinshunoslik faniga kirish Reja



Download 33,96 Kb.
bet1/2
Sana16.01.2022
Hajmi33,96 Kb.
#376666
  1   2
Bog'liq
Dinshunoslik faniga kirish


  1. Dinshunoslik faniga kirish

Reja:

1.Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari

2.Dinlar tarixini o’rganishda Sharq allomalarining yondasguvlari

3. G’arb dinshunosligining o’ziga xos jihatlari

4.Dinning jamiyatdagi vazifalari (fuktsiyalari)

Dinshunoslik fanining ham o’z o’rganish ob’ekti, ya’ni predmeti mavjud. Dinshunoslik – din, uning kelib chiqishi, tarixiy shakllari, evolyutsiyasi, muqaddas yozuvlari, kishilar va jamiyat hayotida tutgan o’rni, hurfikrlilik, diniy va dunyoviy dunyoqarashlarning o’zaro munosabatlari kabi masalalarni o’rganuvchi ilmiy-falsafiy o’quv predmeti sanaladi.

Dinshunoslik fani ilohiyotdan farqli ravishda, u din haqida faqat arxeologiya, etnografiya, tarix, demografiya, psixologiya kabi fanlar beradigan ilmiy dalillarga suyanib ish yuritadi va uni bayon etadi, tushuntiradi.

Dinshunoslik – kishilik jamiyati taraqqiyotining muayyan bosqichida paydo bo’lgan barcha din shakllarining ma’nosi, uning ma’naviy, ijtimoiy, gnoseologik, psixologik ildizlarini, ularning tarixi va g’oyalari, ta’limotlari mohiyatini, marosimlari, jamiyat hayotida tutgan o’rni va tamoyillarini ilmiy asosda o’rganuvchi, izohlovchi va o’rgatuvchi fandir.

Dinshunoslik XIX asr o’rtalarida G’arbiy Evropada alohida fan tarmog’i sifatida vujudga kelgan. Uning asoschilari – Myuller, Taylor, Tile, Sosse, Freyzerlardir. O’zbekistonda dinshunoslik XX asrning 30-yillarida shakllana boshlagan. Oldin esa faqat islomshunoslik bor edi, xolos.

Dinshunoslikni o’rganish g’oyat muhim nazariy va amaliy ahamiyatga egadir. Bular quyidagilardan iborat:



  • u dinga ob’ektiv, ya’ni xolisona, ilmiy, oqilona baho berishni o’rgatadi; uni ko’klarga ko’tarib, haddan oshirib yubormasdan va ayni vaqtda erga urmasdan baho berishni o’rgatadi;

  • u din, jumladan islom haqidagi asossiz ta’limotlarni rad etishni, uni buzib, sohtalashtirib baho berishlarning zararli ekanligini isbotlaydi;

  • dinni hurfikrlilik, ya’ni u haqida erkin fikr yuritish, dinni fandan ustun qo’ymasdan, u bilan yonma-yon turadigan ta’limot deb hisoblab, dindagi real, dunyoviy qadriyatlarga ijobiy baho berib, ulardan foydalanish yo’llarini belgilab beradi;

  • dindan, jumladan islomdan siyosiy maqsadlarda foydalanishga urinayotgan fundamentalist, aqidaparast, ekstremistlarning asl qiyofasini, maqsadlarini ochib berib, ularga qarshi kurash yo’llari, usullarini o’rgatadi;

  • talabalarda falsafiy, ilmiy, hurfikrlilik dunyoqarashini shakllantirishga yordam beradi;

  • mustaqillik yillari diniy, jumladan islomiy qadriyatlarning real imkoniyatlari yaratilib, din va uning qadriyatlari xalqimiz turmush tarzi va ma’naviyatining ajralmas qismi bo’lib borayotganligini asoslab beradi;

  • xilma-xil diniy e’tiqodga ega bo’lgan kishilarning bir zamin, bir Vatanda olijanob g’oya va niyatlar yo’lida diniy bag’rikenglik asosida hamkor va hamjihat bo’lib yashab kelganligi va kelayotganligi, uning hayot taqozosi ekanligini ko’rsatib beradi va boshqalar.

Dinshunoslik fani orqali talabalar, kishilarning diniy e’tiqodi, dinlar, ulardagi oqimlar va mazxablar, din jamiyatning ajralmas qismi ekanligi xaqida tasavvurga ega bo’lishi lazim.

—Dinning umumiy ta’rifi, uning kelib chiqishi, ta’limoti muqaddas manbalari, oqimlari, jahonda mavjud bo’lgan dinlarning umumiy xususiyatlari, dunyo diniy xaritasi, dunyo xalqlarining dinga bog’liq qadriyatlari to’g’risida, din va qonun o’zaro munosabatlari, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar tug’risida"gi qonun haqida habardor bo’lishi

— Dinning insoniyat tarixiy taraqqiyotida tutgan o’rni, uning insoniyatga o’tkazgan ijtimoiy - psixologik ta’siri, birlashtiruvchilik, qonunlashtiruvchilik, tartibga soluvchilik, tasalli beruvchilik kabi jamiyagdagi vazifalari, dunyo madaniyati va san’at soxalarining shakllanishida dinning o’rnini xamda buddizm, xristianlik, islom kabi dunyo dinlari va konfutsiychilik, yaxudiylik, hinduiylik kabi millim dinlarning kelib chiqishi, ta’limoti, mukaddas manbalari va hozirgi

zamonda tutgan o’rnini, diniy marosimlarni bilishi kerak

— Diniy bag’rikenglik tamoyillariga amal qilish, dunyokarashlar erkinligini ta’minlash jarayonida jamiyatning boshka a’zolarini barkamol shaxs sifatida shakllanishiga ko’maklashish, Vataniga va millim kadriyatlarga sadoqatli, har tomonlama yetuk komil insonlarni tarbiyalash tajribasiga ega bo’lishi lozim. 2-masala bayoni: Dunyoda dini, diniy ishonchi bo’lmagan xalq, millat yo’q. Chunki muayyan xalq dinsiz, e’tiqodsiz, biron-bir narsaga ishonchsiz holda yashay olmaydi. Din qanday paydo bo’lgan degan savol hammani qiziqtiradi. Bu masalaga javob berishda avvalo, odamning kelib chiqishi, uning ongi, tafakkurining shakllanish jarayoni va u bilan birga diniy tasavvurlarning kelib chiqishi jarayoni ancha murakkab va ziddiyatlarga to’la muammo ekanligini e’tiborda tutmoq lozim. Bu kabi muammolarni echish, unga to’g’ri javob berish maqsadida ko’plab mutafakkirlar fikr yuritib, turli ta’limot va qarashlarni yaratganlar.

Keyingi bir necha asr davomida olimlar o’rtasida ilmiy ijobiy bilimlar oldin paydo bo’lganmi yoki diniy, xurofiy tasavvurlar yuzaga kelganmi, diniy qarashlar abadiymi yoki insoniyat tarixida din bo’lmagan davrlar ham bo’lganmi degan savollar atrofida jiddiy tortishuvlar bo’lib kelmoqda. CHunonchi, g’ayri ilmiy ta’limotga berilgan G’arb dinshunoslari, ayniqsa ilohiyotchilar diniy tasavvurlar inson paydo bo’lishi bilan uning qalbi va ongiga singdirilgan, ya’ni tug’ma qarashlar deb isbot qilishga harakat qilmoqdalar. Ular dinning dastlabki shakllari, umuman din butun davrlarga va barcha xalqlarga xos universal holat, din inson bilan paydo bo’lgan, u bilan abadulabad yashaydi, diniy tasavvurlar tug’madir degan g’oyalarni isbotlashga urinmoqdalar.

Dinning kelib chiqishi haqidagi bunday noto’g’ri qarashni isboti tariqasida Boburning nabirasi Akbarshoh, garchi g’ayriinsoniy bo’lsada o’tkazgan g’alati bir tajribani misol qilib keltirishni lozim topdik. U har xil dinga e’tiqod qiluvchi kishilarning endi tug’ilgan 12 ta farzandini tortib olib, ularga qarab turuvchi gung enagalari bilan birga baland devorlik ayrim qasrga qamab qo’yishni buyuradi. SHu tariqa bolalar tashqi dunyodan ajralgan holda 12 yil davomida qasr ichida yashaydilar. Bolalar 12 yoshga to’lgach, shoh huzuriga turli irqdagi va dindagi mashhur olimu ulamolar to’planishadi. Ularning deyarli hammasi diniy tasavvurlar tug’ma, inson muayyan dinga mansub bo’lib tug’iladi, degan fikrni himoya qilganlar. Akbarshoh bunday fikrga qarshi chiqib, inson kamolotida ta’lim-tarbiya, u yashaydigan muhit hal qiluvchi omil ekanligini aytadi va gunglar tarbiyasida bo’lgan bolalarni keltirishni buyuradi. 12 yil mobaynida jamiyatdan, odamlardan ajratib qo’yilgan bolalar na bir tilni, na bir dinni bilmaganlar. Ular qandaydir noaniq tovushlar chiqarib, o’z fikrlarini imo-ishoralar bilan tushuntirishga harakat qilganlar.1

Shu bilan birga, din abadiy tug’ma, doimiy zarur hodisa bo’lmasdan, u inson va jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichida vujudga kelgan degan qarash, g’oya ilmiy dinshunoslikning asosiy tamoyili ekanligini olg’a suruvchi qarashlar ham mavjud. Bunday qarash kishilik jamiyati tarixida din bo’lmagan davrlar ham bo’lganligini ko’rsatadi. Xozirgi ilmiy dinshunoslik tarix, arxeologiya va boshqa fanlar bergan ma’lumotlarga asoslanib diniy qarashlar bundan 30-40 ming yil ilgari, ibtidoiy jamoa tuzumi davrida yuzaga kelgan degan xulosaga asoslanadi. Dinning kelib chiqishiga sabab esa ibtidoiy odamlarning tabiatning ko’pgina hodisalari oldida ojiz ekanliklari, ularning sabablarini bilmganliklari, ularni qandaydir ko’zga ko’rinmas ilohiy kuchlar boshqaradi va ular kishilar hayotiga ta’sir qiladi degan tasavvurlarga asoslanganliklaridir. Bular momaqaldiroq gumburlashi, chaqmoq chaqishi, zilzilalar, suv toshqinlari, dahshatli dovullar, kasallik, uyqu, tush ko’rish, o’lim, quyosh tutilishi, vulqon otilishi, ochlik, qashshoqlik va boshqalar.

Xulosa shuki, din hamisha bo’lmagan; u urug’chilik-qabilachilik tuzumida, bundan taxminan 30-40 ming yillar oldin paydo bo’la boshlagan.

Din abadiy va tug’ma, doimo zarur hodisa bo’lmasdan uni muayyan davrda jamiyat yaratgandir, degan g’oya ilmiy dinshunoslikning asosiy tamoyilidir. Jahonda turli davrda paydo bo’lgan yuzlab din shakllari mavjud bo’lib, ular dunyoqarash sifatida o’z dinini haq deb biladilar.




Download 33,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish