Diniy va madaniy an’analarning jamiyat taraqqiyotidagi ta’siri.
Reja:
1,Dinining jamiat taraqqiyotiga tasiri
2.Diniy marosimlar
3Ommaviy madaniyat
Dunyoviy, ilmiy nuqtai nazar bo’yicha esa din, ijtimoiy – tarixiy hodisa. Kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining ma’lum bosqichida paydo bo’lgan ijtimoiy ong shakllaridan biri. Din – muayyan ta’limotlar, his-tuyg’ular, toat – ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo’ladigan, odam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tarzi, uni idrok etishning o’ziga xos usuli. Olamda odamlar jamoasi paydo bo’lganidan to bizgacha o’tgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks ettirishdir. Dinning nima ekanligi turlicha izohlansa – da, umumiy nuqtai nazar shuki, din ishonmoqlik tuyg’usidir. Bu tuyg’u insonning eng teran va go’zal ruhiy-ma’naviy ehtiyojlaridandir. Darhaqiqat, «dunyoda dini, ishonchi, ehtiqodi bo’lmagan xalq, elat, millat yo’q. Chunki biron – bir xalq dinsiz, e’tiqodsiz, biror – bir narsaga ishonchsiz yashay olmaydi. Shuning uchun har qanday din jamiyatda ma’lum ijtimoiy, ma’naviy, ruxiy va ko’pgina boshqa vazifalarini bajaradi.
Dinning funksiyalari hozirgi dinshunoslik fanida juda keng turli konsepsiyalarga ko’rsatiladi. Din kishilar hayotida o’z qavmlari uchun to’ldiruvchi, ovutuvchi (kopensatorlik) funksiyani bajaradi. Masalan, insonda doimiy ehtiyoj paydo bo’lib turadi. U o’z hayoti, turmush tarzi, tabiat va jamiyat, o’zga insonlar bilan bo’lgan munosabatlari jarayonida hayotiy ehtiyoji, maqsadlariga yetishishi ilojsiz bo’lib qolganda, unda qandaydir ma’naviy-ruhiy ehtiyojga zarurat sezadi. Shu paytda u xudoga, payg’ambarlar, farishtalar, avliyolar 20
ajdodlarining ruhlariga murojaat» qilib, ishonch bilan ulardan madad so’raydi va ko’nglida «Xudo xohlasa yaxshi bo’ladi, dunyo baumed» deb, o’ziga tasalli beradi, o’zini ruhiy-ma’naviy tinchitadi. Dinning to’ldiruvchanlik funksiyasi uning ijtimoiyligida eng asosiy vazifa hisoblanadi va shu bois din o’tmishda ham, hozirda ham jamiyat a’zolari hayotida mustahkam o’rin egallagan. Shu sababdan dindorlar va dindor bo’lmagan odamlar ham dinning kompensatorlik kuchiga ishonadilar, o’zlariga ma’naviy-ruxiy taskin berib qurbonlik qiladilar, chiroq yoqadilar, muqaddas joylarga ziyoratga boradilar, sadaqa beradilar va hokazo.
Ya’ni din insonlar hayotida ma’naviy-ruhiy kuch, odamlarning irodasini, iymonini baquvvat qiladigan omil sifatida jamiyatda xizmat qiladi.
Hozirgi zamon dinshunoslik fanida dinning kompensatorlik funksiyasini bayon qilishda mutaxassislar har xil yondashib, uni «dushespasitelnaya»1 (ya’ni shaxsga nisbatan «jonni qutqazish» , «najot berish», «ruhni baquvvat qilmoq») ma’nolarida ishlatgan. Dinning bu funksiyasini nemis sosiologi M.Veber «smыslopologayuщaya» (ya’ni «mazmunga ega») deb, uni asosiy va hamma dinlar uchun umumiy sifatida e’tirof etadi. Bu funksiyasi odamni «biroz to’xtab, orqaga nazar tashlash», «hayot mazmuni», «ruhni, jonni qutqazish» haqida uylashga vodor qiladi. Irodasi kuchsiz odamlarga taskin beradi, ularning hayot qiyinchiliklarini yengishga psixoterapevtik vosita bo’lib xizmat qiladi2. Dinni tadqiq etuvchilar uni ma’naviy omil sifatida inson hayotiga mazmun baxsh etadi deb, ta’kid qilganlar masalan, Z.Freyd ta’limotining davomchisi va keyinchalik uni tanqid qiluvchisi Shveysariyalik psixolog K.Yung ham shu mavqyeidan turib, dinning funksiyasini tushuntiradi. Uning fikricha din inson hayotini mazmunli qiladi, uning ko’nglini ochadi, yorug’lik beradi, hayotdan bahramand bo’lishga undaydi, insonni narsalar dunyosi ta’siridan, iste’molchilik hirsidan qutqazadi va bugun ham individlarni kundalik hayotlarida ularni doimo himoya qiladi3. Mualliflar dinning madaniyatga nisbatan funksiyasini – «ma’naviy» deb bayon etganlar. Yagona diniy mentalitet madaniyatning asosini tashkil qilib, odamlarning tafakkuri va odobini, munosabatini mehnati, turmush tarziga, ijtimoiy – siyosiy hayotga muayyan qilgan. Diiny ibodatxonalarning ramziy tasviri, xristian cherkovlarining simvolikasi, musulmonlarning madrasa, maqbara va masjidining mo’xtashamligi va rangli go’zalligi odamlarda ulug’vorlik hissiyotini paydo qiladi, ularda go’zallik, mukammallik, buyuklik va sehrlik haqida tafakkurini uyg’otadi, ruhiy-hissiy ta’sir yetkazadi. Butun madaniyatning din zaminida integrasiyasi xususan O’rta asrlarda kuchli ekanligi ma’lum. Shuningdek, G’arbda O’rta asrlarda maktablar cherkov qoshida bo’lgan, kutubxonalar monastirlarda joylashgan eng katta kitoblar xazinasi XII asrdayoq Praga monastirida edi, qo’lyozma kitoblarni monarxlar ko’chirilgan, birinchi slavyan alifbosini monarxlar Kirill va Mifodiylar tuzganlar (IX asr). Birinchi Universitet – Parijda badavlat ruhoniy Sorbonna tomonidan bunyod etilgan. Me’morchilik inshootlarining bezatishida diniy mavzular asosiy o’rin egallagan. Uyg’onish davrining Buyuk rassomlari – Rafael, Mikelanjello, Leonardo da Vinchi, Rembrant, Andriy Rublev va boshqalar diniy binolarning bunyodi va bezashida katta hissa qo’shganlar. Yevropada dastlabki sahna asarlari misteriya va pastorale nomlanib, madaniyati syujetlarni aks etgan. Diniy ibdoat va marosimlarning Yevropada musiqa va qo’shiq aytish bilan o’tkazilishi, ibodatxonalarning haykallar va ikonalar bilan jihozi, musulmonlarning Qur’on qiroati va ibodat qilishdagi chiroyli amallari dindor va g’ayri dindorlarga chuqur ma’naviy-hissiy ta’sir yetkazadi.
Dinning yana bir muhim funksiyasi – bu, uning birlashtiruvchiligida (integrasion) funksiyasida namoyon bo’ladi. Har bir din o’ziga e’tiqod qiluvchilarni o’z ta’limotiga amal qilishga undaydi. Ularni o’z ta’limoti doirasida saqlashga harakat qiladi. Har qaysi din hamisha muayyan ijtimoiy, etnik va ma’naviy hayotni o’z ta’sirida tutishga harakat qiladi. Bu ta’sirning muntazamligini ta’minlash maqsadida xalqlarning ijtimoiy hayotiga, axloqiy munosabatlariga, shuningdek, hatto adabiyoti va san’atiga ham ta’sir o’tkazadi.
Dinning integrasion funksiyasi o’tmishda ham, bugungi kunda ham ko’pgina olimlarning diqqat markazida bo’lib kelgan. Darhaqiqat, har qaysi din unda e’tiqod qiluvchilarni o’zining g’oyalari atrofida birlashtirishga harakat qiladi. Ikkinchidan, zamon talabiga binoan va global muammolar yuzaga kelgani bilan dinlararo integrasiya ham kuchayib bormoqda.
Dinning integrasion funksiyasi muhim ijtimoiy ahamiyatga ega. Bu sifat turli tarixiy davrlarda, har qaysi dinda o’ziga xos tarzda namoyon bo’lgan. Masalan, xristianlik yuzaga kelganda uning g’oyalari atrofida dastaval qullar va kambag’allar o’z ruhiy ehtiyojlarini qondirish uchun muttahid bo’lganlar. Bu integrasion jarayon Rim imperiyasining zodagonlarini ham asta – sekin o’ziga tortgan. Bu hodisaning mohiyatini yaxshi fahmlangan imperator Konstantin 313 yil xristianlikni saltanatning rasmiy davlat dini deb e’lon qilgan, o’zi ham uni qabul qilgan. Xristianlik tufaydi Rim imperiyasi birlashgan va kuchli davlatga aylangan. Keyinchalik O’rta asrlarda ko’pgina yevropa davlatlarida, 988 yili rusda ham xristianlik yagona e’tiqodga aylangan, ya’ni o’zining tub ma’noda integrasion funksiyasini bajargan va bugun ham keng ma’noda bajarib kelmoqda.
Yuqoridagi hodisani islom tarixida ham
ko’rish mumkin. Uning vujudga kelishi arafasida og’ir iqlim sharoitida yashovchi arab qabilalari parokandalikni boshdan kechirganlar. Muhammad (s.a.v.) faoliyati tufayli ular yagona xudo Alloh g’oyasi ostida muttahid bo’lganlar. 23
Dinning integrasion funksiyasini tadqiq etib, uning jamiyat hayotida abadiy qolishini bashorat qilgan Fransuz sosiologi E.Dyurkgeym, kapitalizm sivilizasiyasining vujudga kelishiga xristianlikning protestantlik yo’nalishi va uning axloqiy normalari turtki bo’lganini aytgan nemis sosiologi M.Veber katta ilmiy ahamiyatga ega1.
O’zbekistonda tashrif buyurgan Amerika Oliy Islom Kengashining raisi Shayx Muhammad Hishom Qabboniy shunday aytgan edi: «… Islom dini birodarlik, mehr-muhabbat va rahmdillik dini bo’lib, terrorchilik buzg’unchilikning har qanday ko’rinishini rad etadi va keskin qoralaydi. Bugungi kunda namoyon bo’layotgan diniy niqobdagi terrorchilik va turli buzg’unchilik xatti-harakatlarini islom nomidan gapirib, yovuz maqsadlarini oqlashga o’rinishdan o’zga narsa emas»3.
Dinning yana bir muhim funksiyasi – bu uning boshqaruv, odamlar o’rtasidagi munosabatlarni, turmush tarzini tartibga solish va nazorat qilishdan iborat. Din axloqiy va normalarga rioya qilishni talab qiladi va dindorlarni yaxshi fazilatli bo’lishga, diyonatli bo’lishga da’vat etadi. Jamiyat, guruh va shaxs ma’naviy hayotining muayayn sohasi bo’lgan din umuminsoniy axloq ma’yorlarini o’ziga singdirib olgan, ularni jonlantirgan va hamma uchun majburiy xulq-atvor qoidalarsiga anlantirgan. Odamning odamlar bilan hamkorlikda, muloqotda, do’st bo’lib yashashiga ko’maklashgan va hamon ko’maklashib kelmoqda. Shuning uchun dinda xususan, jahon dinlari – buddaviylik, xristianlik va islom ta’limotlarida odob-axloq muammolari juda katta o’rin olgan. Bejis emaski keyingi yillar dinshunosligida jahon dinlarini «ma’naviy dinlar» («duxovnыye religii») deb 28
ataganlar. Shu sababdan din asrlar davomida odamlar ongida ma’naviy qadriyat sifatida singib, jamiyat uchun zarur bo’lgan. Shuning uchun dinni qattiq qilgan. B.Spinoza, dinga umuman ishonmagan buyuk Volter dinni jamiyat va insonlar uchun zarurligini e’tirof etganlar.
Diniy ko’rsatmalar va muqaddas axloqiy qoida va talablar dindorlar tomonidan uzoq yillar davomida yaxlit holda qabul qilindi va jamiyatda odamlar munosabatini tartibga solishga xizmat qilmoqda.
IX asrdan IV asrga qadar tuzilgan «Avesto» diniy mazmunda bo’lishiga qaramay, ma’naviy-axloqiy o’git va tartib qoidalarni bajo keltirishni insonning muqaddas burchi deb e’lon qiladi.
Biroq zardushtiylikda axloqiy tushunchalar insoniy tus berilgan obrazlar shaklida bayon qilinadi. Zardushtiylik ta’limotiga ko’ra «iymonli kishi o’g’rilik va tolonchilikdan, o’zgaralarning mol-mulkiga ko’z olaytirishdan, birovning haqqiga xiyonat qilishdan tikiladigan komil insondir. Tanalaringizga nisbatan qalbingiz haqida ko’proq qayg’uring, ya’ni avvalo ma’naviy dunyoning musaffo bo’lsa, moddiy turmushingiz ham yaxshilanib boraveradi, deydi Ahuramazda o’z o’gitlarida»1.
Do'stlaringiz bilan baham: |