Nafas shodmonov o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/92
Sana04.04.2022
Hajmi1,58 Mb.
#528383
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   92
Bog'liq
fayl 1847 20210917

Yiroq esang yomonroq sovg‘a berur, 
Yaqin esang yaxshi sovg‘a berur, deb, 
Ancha boshqarur ermish. 
 
Bilik bilmas kishi u sabaqni olib
Yaqin borib, ko‘p kishi, o‘lding 
U yerga borsang, 
Turk budun, o‘lajaksan! 
 
O‘tukan yering bo‘lsa, 
Karvon jo‘natib tursang 
Qayg‘u, munging bo‘lmas, 
O‘tukan yushin bo‘lsa, 
 
Mangu yo‘l tuta yashajaksan! 
Turk budun, to‘qmi, ochmisan, 
Ochlikda, to‘qlikda emassan 
Bir to‘ysang och bo‘lmaysan. 
 
Shundayliging uchun eshitmading, 
Qog‘oningning so‘zin olmading. 


90 
Yer sari bording 
Unda ko‘p urunding, ariqlading, 
Unda qolg‘anlar yer sari 
Ko‘p turub, o‘lib yururlar 
Tangri yarlaqadigi uchun,
O‘zim (ning) qutim bor uchun, 
Qog‘on bo‘ldim. 
 
Qog‘on bo‘lib yo‘q, jig‘ay budunni 
Ko‘p, ko‘paytdim. 
Jig‘ay budunni boy qildim, 
Oz budunni to‘kis qildim. 
 
Bu so‘zimda yolg‘on bormu? 
Turk beklari, buduni buni eshiting 
 
Turk budunini biriktirib, 
El tutushmoqingizni bunda urdim. 
Yanglishib, parchalanishingizni, 
Yana bunda urdim. 
 
Ne-ne so‘zim esa
Mangu toshga urdim. 
Uni ko‘ra biling 
Endigi Turk buduni, beklar. 
 
Butka ishongan beklar, 
Yanglishar sizlar. 
Men mangu tosh tikladim. 


91 
Tabg‘ach qog‘onidan toshg‘a yozuvchi keltirib yozdirdim. 
Maning so‘zimni buzmadi. 
Tabg‘ach qog‘oni ichra o‘tkan yozuvchi. 
 
Unga atab barq (qasr yarattirdim). 
Ichin tashin 
Atab yozuv urdurdim 
Tosh o‘rnattim. 
Ko‘nguldagi so‘zimni… 
(O‘n o‘q) va tot o‘g‘illariga (ayttim). 
Buni ko‘ra biling,
Mangu tosh o‘rnattim. 
 
Agar yo‘llar o‘tadigan yerda bo‘lsa, 
Ancha o‘tish yerda 
Mangu tosh o‘rnatib bittim. 
 
Uni ko‘rib ancha biling 
Ul toshni… man 
Bu bitiki bitkan 
Oti Ulug‘ Tegin.
Kul tegin yodgorligidagi kichik va katta bitig janr xususiyatiga ko‘ra 
memuar-xotirani eslatadi. Lekin bu asarlarning To‘nyuquq bitigidan farqli 
tomonlari mavjud. Kichik va katta bitig tangrining olamni yaratish haqidagi 
tasavvurlar tasviri bilan boshlangan. Albatta, bunday tasvirlar epik yo‘nalishli katta 
syujetli asarlarning janr xususiyati talabi natijasidir. Dostonlar avvalida tangri va 
olamning yaratilishi haqidagi tasvirni berish, so‘ngra asosiy voqeaga o‘tish 
qadimiy adabiy an’ana hisoblanadi. 


92 
Kichik bitig ma’lum ma’noda katta bitig uchun muqaddima hisoblanadi. 
Katta bitigda voqealar hikoyachisi – Bilga xoqon, avvalo, o‘zining kimligini 
tanishtiradi, hayotiy tajribalari, saboqlarini bayon etadi, Kul tegin sharafiga 
o‘rnatilgan yodgorlikning sababi va tafsilotini keltiradi. 
«So‘zimni tugal eshit!» Bilga xoqonning og‘a-inilariga, farzandlariga
xalqiga, beklariga murojaati ana shunday. «So‘z» - epik voqea uch qismdan tashkil 
topgan: 1. Bilga xoqon qayerda va kimlar bilan jang qilgani tasviri. 2. Turli 
qavmlar bilan urushish, muloqotda bo‘lish, yarashish jarayoninida to‘plagan 
hayotiy tajribalar va ularni «so‘z»ni eshituvchilarga bayon etish. Bu qismdagi 
g‘oyaviy xulosani xalqni birlashishga, o‘z xoqoni atrofida jipslashishga da’vat 
tashkil etadi. Bilga xoqon xalq ana shu maqsadga erishishsa, u och bo‘lmaydi, 
farovon yashaydi, deb uqtiradi. 3. Tabg‘ach xoqonidan tosh yo‘nuvchi va toshga 
yozuvchi usta keltirib, mangu yodgorlik tiklagani tasvirlangan. 
Bilga xoqon butparastlar bu yodgorlikni sig‘inish belgisi deb tushunishsa
yanglishadilar, deb ta’kidlaydi. U budda sanami emas, balki turkiylar tarixi bitilgan 
boqiy yodgorlik ekanligini uqtiradi. Kichik va katta bitikdagi epik voqelik bir-biri 
bilan mantiqan bog‘lanadi. Kichik yozuvdagi «ne-ne so‘zim esa mangu toshga 
urdim» kabi satrlardagi «so‘z»ning javobi katta yozuvda o‘z ifodasini topadi.
Kul tegin katta bitigida ifodalangan mazmun yirik eposlar darajasidadir. Kul 
tegin obrazi qahramonlik ruhiyati bilan Alpomish va Manas kabi obrazlarni esga 
soladi. Asar mualllifi Yo‘llug‘ Tegin Kul teginga xos bahodirlik xususiyatlarini 
ko‘rsatish uchun uning tarixiy ildizlarini ochadi, ota-bobolari jasoratlarini ko‘rsatib 
o‘tadi. 
Katta yozuv m’lum ma’noda turkiy alp xoqonlar shajarasi, jasorati madh 
etilgan qo‘shiqdir. Asarda dastlabki turk xoqonlari Bumun xoqon, Istami xoqonlar 
ta’riflanadi. Ular shu qadar shuhrat topishgan ediki, ular vafot etganlaridan so‘ng 
yig‘isiga tabg‘ach, tunut, avar, rum, qirg‘iz, o‘g‘uz, tatar, xitoy va boshqa 
mamlakatlardan odamlar kelib yig‘lashgan. Shundan so‘ng bitikda Eltarish xoqon 
madhiyasi keltiriladi. Uning vafotidan so‘ng xoqonlikni o‘g‘li-asardagi voqealar 


93 
hikoyatchisi egallaydi. Alp xoqonlarga xos jasorat, turkiy qavmlarni birlashtirish 
va ularning turmushini yaxshilash uchun kurash Bilga xoqon tomonidan davom 
ettiriladi. 
Katta bitikda ko‘plab tarixiy shaxslar obrazi yaratilgan. Asarning bosh 
qahramoni Kul tegindir. U Bilga xoqonning ukasi, otasi vafot etganida yetti yoshda 
edi. Qirq yetti yoshida o‘zi ham olamdan o‘tadi. Asarning kichik bitigi hamda 
ikkinchi bitikning dastlabki qismlari xotira-memuar usulida bitilgan bo‘lsa-da, Kul 
tegin qahramonligiga oid tasvirlar uning tarixiy qahramonik dostoni janri namunasi 
ekanligini oydinlashtiradi. Bitikda Kul teginning bo‘z, to‘ruq, oq qora otlarni 
minib, yovga tashlanishi tasvirlari bu asar bilan turkiy xalqlar og‘zaki ijodidagi 
qahramonlik eposlari o‘rtasida g‘oyaviy yaqinlik borligini ko‘rsatadi. Alpomish
Manas, Maaday qora kabi obrazlar yuzaga kelishiga Kul tegin kabi tarixiy shaxslar 
qahramonligi asos bo‘lgan deb hisoblash mumkin.

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish