2-seminar. O‘zbek adabiy tilining XII asrdan keyingi takomili
Reja:
Bu davrdagi tarixiy jarayon va adabiy til ananasi.
Bu davrning tayanch dialekti masalasi.
“Qarluq-Xorazm” adabiy tili va uning manbalari.
“CHig‘atoy ulusi” adabiy tili va uning manbalari.
“Oltin O‘rda” adabiy tili va uning manbalari
O‘zbek xalqi va tilining turli xil nomlanishining sabablari.
7. O‘zbek adabiy tilining davrlashtirish masalasi.
8.O‘zbek adabiy tilini davrlashtirishda olimlarning tasnifi va tamoyillari.
1.Bu davrdagi tarixiy jarayon va adabiy til ananasi.
XI asrning mashhur tilshunos olimi Mahmud Koshg‘ariy o‘zining «Devonu lug‘otit turk» asarida bu yozuv haqida quyidagicha ma'lumotlar beigan: “ Turkiy tillarda qo ‘llaniladigan asosiy hatflar soni 18 ta. Turkcha yozuvda shular qo'llaniladi. Bu asosiy hatflardan boshqa talajfuzda ifodalanuvchi yana yettita hatf borki, turkiy so ‘zlar bu harflarsiz ishlatilmaydi. Barcha xoqonlar va sultonlarning kitoblari, yozuvlari qadimgi zamonlardan shu kungacha Qashqardan Chingacha hamma turk shaharlarida shu yozuv bilan yuritilgan»
IX—X asrlar badiiy adabiy til xususiyatlarini aks ettiradi. Ulardagi gap tuzilishlarining ixcham-soddaligi o‘sha davrlar so‘zlashuv uslubining umumturkiy adabiy ko‘rinishi shakllanayotganligidan dalolat beradi (63/208-bet). Ayniqsa, Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» (1069—1070), Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug'otit turk» (1072—1084), Ahmad Yugnakiyning 97 7-227 www.ziyouz.com kutubxonasi «Hibat ul-haqoyiq» (XII asr), «0‘g‘uznoma» (XIII asr), «Tafsir» (XII—XIII asrlar), Alining «Qissai Yusuf» (1232), Nosiriddin Rabg‘uziyning «Qisasi Rabg‘uziy» (1309—1310) kabi qator asarlari X-XIII asr umumturkiy adabiy tilining namunalari hisoblanadi. Bu kabi yozma asarlaming yuzaga kelishi uraumturkiy adabiy tilining shakllanishidan darak berar edi. Ularda o‘sha davrlarda shakllangan umumturkiy adabiy tilga xos barcha xususiyatlar aks etgan. Bu davr turkiy tillar taraqqiyoti uchun muhim o‘rin egallaydi. Bu davrda birinchidan, asrlar bo‘yi kichikkichik sheva va dialektlar sifatida shakllanib kelayotgan mahalliy adabiy tilning birlashgan holda umumturkiy adabiy tilga aylanishi yoki umumturkiy tilning shakllanganligi bilan xarakterlanadi. Ikkinchidan, bu davrda turkiy qavmlar asta-sekin elat, xalq sifatida shakllanib, mustaqil holda ajralib chiqishi va xalq tiUarining shakllanishi bilan xarakterlanadi. Demak, turkiy xalqlaming, jumladan, o‘zbek xalqining va ular tilining alohida shakllanish
Do'stlaringiz bilan baham: |