Nafas shodmonov o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/92
Sana04.04.2022
Hajmi1,58 Mb.
#528383
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   92
Bog'liq
fayl 1847 20210917

Bilga xoqon bitigi. 
Bilga xoqon turkiy xoqonlardan biridir. U yigirma yillik 
xukmronlik davrida turk elini bosqinchilar xurujidan ozod qildi. Bilga xoqon 
Eltarish xoqonning katta o‘g‘li – Qul teginning og‘asidir. U 734 yilda, ellik 
yoshida o‘z yaqinlaridan biri tomonidan zaharlab o‘ldirilgan. Bitig Yo‘llug‘ tegin 
tomonidan yozilgan. Vaqt o‘tishi bilan bitig tosh ag‘darilib, yozuvlarning ma’lum 
bir qismi o‘chib kelgan.
Bilga xoqon haqidagi ta’riflar Qul tegin yozuvlarida ham berilgan. Bilga 
xoqon yozuvida esa uning xalqlarni birlashtirish, mamlakatni iqtisodiy jihatdan 
mustahkamlash uchun qilgan ishlari bayon etiladi. Bilga xoqon o‘n yetti yoshida 
Tibet (Tuput), so‘ngra Tangutga, o‘n sakkiz yoshdan yigirma yoshgacha so‘g‘d, 
tabg‘ach, o‘ng tutuq, basmil, idiqut yurtlariga yigirma ikki yoshida yana 
Tabg‘achga, yigirma olti, yigirma yetti yoshida qirg‘iz, turgash yurtlariga yurish 
qilganligi ifodalanadi. Bitigda ko‘ziga faqat mol-mulk ko‘ringan davlat boshliqlari 
qoralanadi, ular gumrohlar deb aytiladi.
Ungin bitigi. 
Bitig Mo‘g‘ulistondagi Ungin daryosi bo‘yidan topilgan. 
Eltarish xoqonning yaqinlaridan biri Eletmish yabg‘u va uning o‘g‘li Cho‘ryo‘g‘a 


94 
sharafiga qo‘yilgan deb taxmin qilinadi. Bitigda Eltarish xoqonning turk xalqini 
oyoqqa turg‘izib, mamlakatni qayta tiklashi hikoya qilinadi. Bitig so‘ngida 
xoqonning tarixiy xizmati haqida ham fikr yuritiladi.
Moyun Chur bitigi. 
Bitigni 1909 yilda fin olimi G.I.Ramstedt Shimoliy 
Mo‘g‘ulistonning Selenga daryosi bo‘yidan topgan. Moyun Chur – uyg‘ur xoqoni 
bo‘lib, bitig tosh 759 yilda o‘rnatilgan. Yozuvda turkiy qavmlar o‘rtasidagi 
jangavor yurishlarning tafsilotlari Moyun Chur tilidan htkoya qilinadi. Voqealar 
Selenga daryosi atrofida bo‘lib o‘tadi. Uyg‘urlar davlati obod edi. Unga avval 
Bilga xoqon, keyin Bo‘yla Bag‘an Tarxan (hukmdor, qo‘mondon) xoqonlik 
qilishgan. Bo‘yla Bag‘an Tarxan shad (turkiy xoqonlar sazovor bo‘lgan eng oliy 
harbiy unvon)ga ega edi. Bu paytda Moyun Chur 26 yoshda edi, otasining 
qo‘shinida mingboshi vazifasini bajarardi. Qarluqlarga qarshi jangda ishtirok 
etardi. Bitikda Bo‘yla Bag‘a Tarxan vafot etishi, xoqonlik Moyin Chur qo‘liga 
o‘tishi, lekin xalqning bir qismi Tay Bilga Tutuqni xoqon deb e’lon qilishi, 
Moyun Chur esa hokimiyatni qo‘lga kiritish uchun unga qarshi kurashishi 
voqealari aks etgan. Moyun Chur bitigi ko‘proq tarixiy qimmatga ega.
D.G.Messershmidt 1720-1727 yillarda Sibirga kelib, bir necha bitiklarni 
topgan edi. Shundan beri turli yillarda 250 ga yaqin bitigtoshlar qo‘lga kiritildi. Bu 
bitiglar ham Urxun bitiglari singari hukmdor tabaqaga mansub kishilarning 
qabrtoshlariga o‘rnatilgan. Bitigtoshda dafn etilgan shaxsning hayotiga oid 
ma’lumotlar berilgan. Yozuvlardagi kechinmalar olamdan o‘tgan kishining tilidan 
ifodalanib, u yaqin qarindosh va urug‘lariga murojaatnoma tarzida bitilgan. 
Vatanni sevish va dushmanlardan himoya qilish Enasoy bitiglariga xos muhim 
xususiyatdir.

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish