Amir temur va temuriylar davri falsafasi haqida Insoniyat tarixida shunday davrlar borki, unda buyuk ishlarga tayyor millatlar,o‘zining yo‘lboshchilari yetakchiligida, tarixning muayyan qisqa bosqichlarida ming yillarda qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan nati- jalarga erishganlar. Aynan ana shunday davrlar insoniyat tarixiga shu millatga mansub buyuk kishilarning o‘chmas nomini bitadi, jahon madaniyatini boyitadi, umumbashariy taraqqiyotga katta hissa bo‘lib qo‘shiladi. . - Temur va temuriylar davri xuddi ana shunday, mo‘g‘ul bos- qinchilaridan ozod bo‘lgan xalqimizning milliy dahosi eng yuk- sak cho‘qqiga ko‘tarilgan davrdir. Bu davr falsafasi xalqimizning sohibqiron Temur boshchiligida ozodlikka erishgan va mustaqil- likni saqlash hamda mustahkamlash uchun amalga oshirgan buyuk ishlarining ifodasidir. Bu xalqimizning markazlashgan davlat tuzish, milliy davlatchiligini tiklash va barqaror qilish, mustaqil yashash orzularining ushalgan davridir.
. - Mo‘g‘ullar o‘rnatgan mustabid tuzumning Amir Temur dunyoga kelgan davrida yerli aholi o‘rtasida chuqur ijtimoiy va ma'naviy uyg‘onish jarayoni borayotgan edi. Bu jarayon, «Tarixi, o‘sha davrdayoq, ming yilliklar qa’riga ketgan buyuk xalq mus- tamlakachilik azobida yotaveradimi?» yoki «Mustaqillik uchun kurash olib borishda davom etadi va ozodlikka erishadimi?» de- gan asosiy savollar atrofida ro‘y berayotgan edi.
. - Mo‘g‘ullar mamlakatimizni siyosiy va harbiy jihatdan istilo qilgan edilar, ammo uni ma’naviy bo‘ysundirish, madaniy jihat- dan mo‘g‘ullarning ustunligi to‘g‘risida gap ham bo‘lishi mum- kin emas edi. Ko‘chmanchilik va shaharlarni g‘orat qilishdan boshqasiga yaramaydigan, o‘troq hayotga mensimay qaraydigan Chingiz avlodlari ma’naviy va madaniy jihatdan o‘zlaridan us- tun bo‘lgan xalqqa nima ham bera olar edilar? Ular o‘z hukm- ronligining oxirigacha ham Vatanimizda birorta tuzukroq ya- shash mumkin bo‘lgan yangi shahar barpo etmadilar, madaniyat o‘choqlarining yuksalishi uchun imkon bermadilar, yerli aholi orasidan chiqqan barkamol kishilarni qilichdan o‘tkazib turdilar. Ammo xalq irodasini buka olmadilar, uning ozodlik va mus- taqillikka intilishini to‘xtatib qo‘ya olmadilar.
XIV-XV asrlar - Mavoraunnahr mo‘g‘ullardan ozod bo‘lgandan keyin, 1370 yildan boshlab mamlakatda Amir Temur (1336-1405) hukmron bo‘ladi. Buyuk Temur kuchli markazlashgan davlat barpo qildi. Feodal tarqoqlikka chek qo‘yildi, ishlab chiqarish kuchlari, qo‘shni mamlakatlar bilan tashqi savdo aloqalari rivojlandi, yer ishlari va shahar hunarmandchiligida yuqoriga ko‘tarilish kuzatildi. Qadimgi dunyo madaniyati, Mavoraunnah, Hindiston, arab mamlakatlari xalqlarining ilk o‘rta asrdagi falsafiy merosiga qiziqish ortib bordi. Bu davrning falsafiy fikri uchun xos narsa dunyoviy va diniy fanlarga murojaat, tabiatni o‘rganishga intilish, inson aqli va qobiliyatlarining ko‘tarilishi, insonning axloqiy sifatlarini qadrlash, insonparvalik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib qilish edi
- Sa'duddin Ma'sud binni Umar Taftazoniy (1322-1392) islom falsafasi bo‘lgan kalomning yirik vakili edi. U Niso (Ashxobod) shahri yaqinidagi Taftazon qishlog‘ida tug‘ildi. Al-Ijiy va Qutbiddin ar-Roziy at-Taxtoniy kabi mashhur olimlardan ta'lim oldi. Taftazoniy o‘ttiz yilga yaqin davr ichida G‘ijduvon, Jom, Turkiston, Hirot va Mavoraunnahrning boshqa shaharlaridagi madrasalarda dars berib, yirik olim sifatida shuhrat qozondi.
- Taftazoniyning shuhrati o‘z poytaxti Samarqandga eng mashhur olimlar, hunarmandlar va ustalarni to‘playotgan Amir Temurga ham yetib keladi. U Taftazoniyni Samarqandga chaqirtiradi. Taftazoniy umrining oxirigacha saroyda yashaydi va 1392 yilning 12 avgustida vafot etadi. U Temur huzurida doimiy o‘tkazilib turiladigan ilmiy bahslarda faol qatnashar edi. U o‘zining kalom, mantiq, geometriya, she'riyat va arab tili grammatikasi sohasidagi bilimlari bilan shuhrat topgan edi.
- Taftazoniyning nazariy merosi o‘rta asrlar fanining barcha sohalarini o‘z ichiga olar edi. U qirqdan ortiq asar yozgan bo‘lib, bizgacha yetib kelgan asarlaridan diqqatga sazovorlari quyidagilar: «Taxzib al-mantiq val-kalom» («Mantiq va kalomga sayqal berish»), «Maqosid fi ilm al-kalom» («Kalom ilmining maqsadlari») yoki «Maqosid at-tolibin» («Tolibi ilmlarning maqsadlari»), «Risala fi zaviyas al-musallas» («Uch burchakning burchaklari haqida risola»). Bulardan tashqari Taftazoniy o‘zidan oldingi o‘tgan mutafakkirlarning asarlariga ko‘plab sharhlar va hoshiyalar yozgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |