259
Monosaxaridlar mikroorganizmlar hosil qilgan fermentlar ta‘sirida bijg‗iydi.
Bu jarayonning
bir qancha turlari bor, spirtli bijg‗ish, sut kislotali bijg‗ish, limon
kislotali bijg‗ish, moy kislotali bijg‗ish. Ular bijg‗ish mahsulotlariga ko‗ra,
reaksiyalar shunday nomlarni olgan. Monosaxaridlarning hosilalari ham
monosaxarid tabiatiga ega bo‗lib, bir yoki bir nechta gidroksil guruhlar o‗rnida,
ba‘zan esa, qo‗shimcha ravishda
boshqa funksional guruhlar, ko‗pincha, amino
yoki karboksil guruhini saqlaydi. Ularning nomiga dezoksi- qo‗shimchasi kiritilib,
dezoksishakarlar deb ataladi. Ularga 2-dezoksi-D –ribozani misol qilish mumkin.
Aminoguruh saqlaganlar aminoshakarlar deb ataladi. Ularga D –glyukozaminni
misol qilish mumkin
.
Neyramin
kislota - erkin holatda
orqa miya suyuqligining
tarkibida bo‗ladi, u 9 ta uglerod atomi saqlaydi. Sial kislotalar neyramin
kislotaning N- va O-asillangan hosilalaridir.
N-astetil-D-neyramin kislota
260
Sial kislotalar
-
qon va to‗qimalardagi o‗ziga
xos moddalarning qismlari
bo‗lib xizmat qiladi, impuls o‗tkazishda ishtirok etuvchi miya gangliozidi tarkibiga
kiradi. Monosaxaridlarning o k s i d l a n i s h r e a k s i y a l a r i aldozalarda
aldegid va birlamchi spirt gruppalari hisobiga boradi. Sharoitga ko‗ra, uglerod
zanjiri buzilmagan holda turli moddalar hosil bo‗ladi.
Glyukoza yengil sharoitda
oksidlanib, masalan bomli suv bilan oksidlanib g l y u k o n kislota hosil qiladi.
Suyultirilgan nitrat kislota ta‘sirida esa aldegid va birlamchi spirt gruppasi
oksidlanib, g l y u ka r k i s l o t a hosil bo‗ladi.
Aldegid gruppani himoyalab oksidlanish olib borilganda esa, masalan,
glyukoza halqali holatga o‗tganda birlamchi spirt guruhigina oksidlanib, gyukuron
kislota hosil bo‗ladi.
Hosil bo‗lgan
oksidlanish
mahsulotlari
organizmda
uchraydi va
261
farmakologiyada qo‗llaniladi. Aldozalar aldegid va bir qancha gidroksil
gruppalarga ega bo‗lgani uchun, ishqoriy muhitda oksidlanish (kumush 1-oksidi
yoki mis 2-oksidi ishtirokida) natijasida bir qator oksidlanish,
parchalanish
mahsulotlari hosil bo‗ladi. Monosaxaridlarning q a y t a r i l i s h r e a k s i y a l
a r i natijasida alditlar deb nomlanuvchi ko‗p atomli spirtlar (poliollar) hosil
bo‗ladi: petozalardan pentitlar, geksozalardan geksitlar hosil bo‗ladi.
Gidrogenlanish natijasida glyukozadan - glyutsit (sorbit), galaktozadan -
dulsit, mannozadan
-
mannit, fruktozadan - sorbit va maxnit, ksilozadan -ksilit
hosil bo‗ladi.
Monozalar ko‗p atomli spirt sifatida mis (11)
gidroksidning havo rang
cho‗kmasini eritib, ko‗k rangli mis saxaratlarini hosil qiladi.
Bu reaksiya qand miqdorini aniqlash analizida qo‗llaniladi
.
Monosaxaridlar va ularning hosilalarining t i b b i y o t d a g i a h a m i y a
t i.
Tetrozalar
Do'stlaringiz bilan baham: