262
muhimlaridir.
D-glyukoza
-
uzum shakari tabiatda eng ko‗p
tarkalgan uglevod
bo‗lib, eritmalarda qutblangan nur tekisligini o‗ngga burgani uchun
dekstroza
deyiladi. Erkin holda uzum sharbatida, shirin mevalarda, qovunda, urug‗larda,
barglarda, gullarda va ko‗pgina o‗simliklarning ildizlarida,
hamda asal tarkibida
bo‗ladi.
Organizmda qon tarkibida 0,08 dan 0.11% gacha glyukoza saqlanadi, qonda
glyukozaning miqdori ortib, siydikda ham paydo bo‗lsa, bemorga uni istemol qilsh
man etiladi, va shirin ta‘m beruvchi ksilit va sorbitlar saxaroza o‗rniga tavsiya
etiladi. Glyukoza polisaxaridlar va oligosaxaridlarning tarkib kiradi. Glyukozani
asosan kraxmalning kislotali gidrolizi orqali olinadi. Tibbiyotda yengil hazm
bo‗ladigan modda sifatida, tutqanoqqa qarshi va qonni o‗rnini
bosuvchi
suyukliklar tarkibida ishlatiladi, kimyo sanoatida askarbin kislota (Vitamin C),
glyukon va boshqa kislotalar hamda turli uglevodlar hosilalarini sintezida
ishlatiladi.
Glyukon kislotaning kalsiyli tuzi - kalsiy glyukonat tibbiyotda kalsiy
etishmaganda, allergiyada va boshqa holatlarda qo‗llaniladi. Glyukuron kislota
ayrim
zaharli
mahsulotlarni
zararsizlantirishda
ishtirok
etadi,
hamda
mukopolisaxaridlar tarkibiga kiradi. Monosaxaridlarni
aniqlashda biokimyoviy
analizlarda, masalan, biologik suyuqliklarda glyukozani aniqlashda ishlatiladi.
Bunda oksidlanish sharoitiga qarab har xil mahsulotlar hosil bo‗ladi. Uron
kislotalar o‗simlik va bakterial polisaxaridlar tarkibiga kiradi. Ular organizmda
dorivor preparatlar, metobolitlar, toksik moddalar bilan suvda eruvchan glikozidlar
hosil qilib, siydik orqali organizmdan chiqib ketadi
.
Uglevodlar modda almashinuvi jarayonida erkin holda emas, balki
faollashgan holda, ya‘ni fosfatli birikmalar ko‗rinishida ishtirok etadi. Geksozalar
molekulasida fosfat kislota birinchi, oltinchi, ba‘zan bir yo‗la birinchi va oltinchi
uglerod atomlariga birikadi. Hosil bo‗lgan murakkab efirlar glyukoza-1 fosfat,
glyukoza-6 fosfat, glyukoza-1,6 difosfatlar deyiladi.
Ularning aminlari ham
glyukozamin, galaktozamin kabilar muhim ahamiyatga ega bo‗lib, erkin holda va
sirka kislota bilan birikkan holda hujayra pardasi va mukopolisaxaridlar tarkibiga
263
kiradi.
D-riboza va 2-dezoksi - D-ribozalarning fosfat, nuklein kislata va qator
kofermentlarning tarkibiga kiradi. Monosaxaridlarning sulfatlari to‗qimalar
tarkibida (teri, tog‗aylar, pay, bo‗g‗im suyuqligi, ko‗z qorachigi,
yirik qon
tomirlarning devorlari) uchraydi.
D(-) fruktoza-(meva shakari, levuloza) tabiatda keng tarqalgan muhim
ketozadir. Levuloza deb, qutblangan nur tekisligini chapga burishi tufayli ataladi.
D-fruktoza glyukoza bilan saxaroza disaxaridini hosil qiladi, va asal tarkibiga
kiradi. Asal tarkibida 22 ta uglevodlar borligi aniqlangan, ulardan 12
tasining
tuzilishi ma‘lum: fruktoza, glyukoza, turanoza, maltoza izomaltoza, melibioza,
gantibioza,
rafinoza, melizitioza, maltotrioza va boshqalar. Erkin holda fruktoza
ko‗pgina meva va sabzavotlarda uchraydi, o‗simlik polisaxaridlari, insulin,
bakteriya polisaxaridlari va ko‗pgina biologik muhim birikmalar tarkibiga kiradi.
Fruktoza
bebaho ozuqa, organizm tomonidan yaxshi o‗zlashtiriladigan mahsulot
sifatida qo‗llaniladi. Fruktoza difosfatid yurak kasalliklari va tutqanoq holatida
ishlatiladigan muhim dori preparatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: