a
milozadan farqli ravishda tarmoqlangan tuzilishga ega. Zanjirda α-D-
273
glyukopiranoza qoldiqlari α-1,4-glikozid bog‗lari bilan bog‗langan, zanjirning
tarmoqlanish nuqtalarida esa, α-1,6-glikozid bog‗lari uchraydi. Tarmoqlangan
nuqtalar orasida 20-25 ta glyukoza qoldiqlari joylashgan. Amilopektin tarkibidagi
monosaxaridlar amilozadagidan ko‗proq bo‗lib, molekulyar og‗irligi 1-6 mln. ga
etadi.
Amilopektin yod bilan qizg‗ish binafsha rang hosil qiladi. U suvda
erimaydi, balki bo‗kib kleyster hosil qiladi. Ovqat hazm bo‗lish jarayonida
kraxmal fermentlar ta‘sirida gidrolizlanadi. Kraxmal turli maqsadlarda ishlatiladi.
Xususan, oziq-ovqat mahsuloti sifatida, glyukoza olishda, turli tuman tibbiy
pastalar, dorilar tayyorlashda qo‗llaniladi.
G l i k o g e n (hayvon kraxmali) organizmning ozuqa moddasi hisoblanadi.
Jigar mushaklarida, muskullarda ko‗p uchraydi. Odam harakat qilganda, glikogen
qisman parchalanib, sut kislotaga aylanadi. Bu jarayon g l i k o l i z deb ataladi.
Uning molekulasi asosan,
D
-glyukoza qoldig‗idan iborat bo‗lib, α -1,4 va α -1,6
glikozid bog‗i orqali bog‗langan. Molekulyar og‗irligi 100 mln.ga teng. Glikogen
molekulasi amilopektin molekulasiga qaraganda ikki barobar ko‗p tarmoqlangan.
Uning molekulyar massasi va o‗lchamlari katta bo‗lgani uchun zahira modda
vazifasini bajaradi. Katta o‗lchami hisobiga membranadan o‗tolmaydi, energiyaga
talab paydo bo‗lmaguncha hujayra ichkarisida qoladi. To‗qimalarda glikogen
mavjudligini aniqlash uchun uni qaynoq ishqor bilan ajratib olib, kislotali muhitda
gidrolizlanadi. Yod bilan qizil qo‗ng‗ir rangga bo‗yaladi.
I n u l i n ham zahira ozuqa modda sifatida ba‘zi o‗simliklarda uchraydi.
274
Glikogen kabi suvda yaxshi erib, kolloid eritma hosil qiladi. Yod bilan rang
o‗zgarishi bermaydi. Kislota yoki fermentlar ta‘sirida gidrolizlanganda fruktoza
hosil qiladi.
D e k s t r a n lar bakteriyalar ishtirokida hosil bo‗ladigan polisaxaridlardir.
Yuqorida sanab o‗tilgan barcha polisaxaridlar kabi (C
6
H
10
O
5
)
n
umumiy formulaga
ega. Kuchli shohlangan zanjiri
D
-glyukoza qoldig‗idan iborat bo‗lib, unda turli
glikozid bog‗lar mavjud. Ularning 50-97% ini α -1,6 glikozid bog‗i tashkil qiladi.
Tabiiy dekstranlar molekulyar massasi juda katta bo‗lgani uchun, qisman
gidrolizlab klinik dekstranlar olinadi. Ular poliglyukin deb ataladi. Dekstranlar
sun‘iy yo‗l bilan ham olinadi va turli maqsadlarda ishlatiladi.
S e l l y u l o z a yoki klechatka tabiiy polisaxarid bo‗lib, mazasiz, hidsiz,
tolasimon oq modda. U mexanik va kimyoviy jihatdan g‗oyatda chidamlidir.
Uning tarkibida β-
D
-glyukoza qoldiqlari o‗zaro β -1,4 glikozid bog‗lari orqali
bog‗langan.
Mustahkamligi tufayli sellyuloza o‗simliklarning to‗qma devorlari qurilishida
ajoyib material bo‗lib xizmat qiladi. Sellyulozaning efirli hosilalari katta amaliy
ahamiyatga ega: astetatlar (sun‘iy shoyi) ksantogenatlar (sellofan, viksoz tola),
nitratlar (portlovchi moddalar, kolloksilin) va boshqalar. Sellyulozaning nitrat
efirlari:
275
Mono- va dinitro- sellyuloza aralashmasi bo‗lgan kolloksilinning efir va
spirtli eritmasi tibbiyotda k o l l o d i y nomi bilan yuritiladi va tananing
jarohatlangan qismiga surtilganda yupqa parda hosil qilib, jarohatni tashqi
muhitdan saqlaydi.
Trinitro sellyuloza -
portlovchi modda - piroksilindir. Nirosellyulozalar va
sellyuloza asetatlari xo‗jalikda, sanoatda va turli sohalarda ishlatiladi.
X i t i n hayvon organizmida tayanch va mexanik funksiyalarni bajaradi.
Xitin β -1,4 glikozid bog‗lari orqali bog‗langan N-asetil - D-glikozaminning
qoldiqlaridan
tuzilgan.
Agarda xitinni 70-80% deasetillansa u holda D-gldikozamin qoldiqlaridan
tashkil
topgan
xitozanhosil
bo‗ladi.
Xitozan
Do'stlaringiz bilan baham: |