271
Amigdalin sianogen glikozidlari danakli o‗simliklarda (bodom,
shaftoli,
o‗rik, olcha) bo‗ladi. 100g. mag‗zidan ajratib olingan amigdalin miqdori zaharli
miqdor hisoblanadi.
A m i n o g l i k o z i d – a n t i b i o t i k l a r.
Ularning tarkibiga
aminouglevodlarni saqlovchi uglevod qismlari kiradi. Ulardan biri bo‗lgan
streptomitsin- streptobiozaminning O-glikozidi deb hisoblanadi:
Aminoglikozid antibiotiklarning guruhi 100 tadan ortiq tabiiy birikmalarni
o‗z ichiga oladi. Bunday guruhlarga kiruvchi antibiotiklar neomitsin, kanamitsin,
sizomitsin va boshqalar keng ta‘sir spektriga ega.
P o l i s a x a r i d l a r o‗simlik va hayvonot olamida keng tarqalgan.
Ular organizmda g‗amlangan ozuqa moddalar bo‗lib, turli vazifalarni bajaradi.
Polisaxaridlar ikki turga bo‗lib o‗rganiladi. G o m o p o l i s a x a r i d l a r –
gidrolizlanganda bir xil monosaxaridlarni hosil qiladi.
Ularga kraxmal, glikogen,
sellyuloza va boshqalar kiradi. G e t e r o p o
l i s a x a r i d l a r esa
gidrolizlanganida har xil monosaxaridlar hosil qiladi. Ularga xondroitin sulfatlar,
muramin, gialuron kislota, geparinlar kiradi.
G o m o p o l i s a x a r i d l a r vakili bo‗lgan k r a x m a l
tarkibi
(C
6
H
10
O
5
) bo‗lib, o‗cimliklarning asosiy g‗amlangan ozuqa moddasi hisoblanadi.
U o‗simliklarda fotosintez jarayonida hosil bo‗ladi va ildizlarda, urug‗larda
yig‗ildi.
272
Kraxmal mineral kislotalar ishtirokida
qizdirilgandan avval kichik
molekulali suvda yaxshi eriydigan dekstrinlarga, so‗ngra dekstrinlar o‗z navbatida
gidrolizlanib maltozaga, maltoza esa, D-glyukozaga parchalanadi.
Bunday dekstringa parchalanish - dekstrinizatsiya deyiladi, va u non yopish
jarayonida sodir bo‗ladi. Nonning kraxmali dekstrinlarga aylanib yaxshi
eruvchanligi tufayli yengil hazm bo‗ladi.
Kraxmal
α-D-glyukopiranozalardan
tuzilgan
ikkita
polisaxarid
aralashmasidan iboratdir: a m i l o z a (10-20%) va a m i l o p e k t i n (80-90%).
Amilozada α-D-glyukozapiranoza qoldiqlari α-1,4-glikozid bog‗lar
bilan
bog‗langan. Amilozaning zanjiri tarmoqlanmagan, molekulyar og‗irligi 160000
bo‗lib, 200-1000 tagacha glyukoza qoldiqlarini o‗z ichiga oladi.
Rentgen analizi yordamida amilozani molekulasi
spiralsimon ekanligi
aniqlangan. Spiralning har bir aylanmasiga oltita monosaxaridlarning zvenosi
to‗g‗ri keladi. Uning ichki qismiga o‗lchami to‗g‗ri keladigan molekulalar kirishi
mumkin. Masalan, amiloza iod bilan ko‗k
rangli kompleks hosil qiladi, va bu
xususiyat kraxmal va yod uchun sifat reaksiyasidir. A m i lo p e k t i n
Do'stlaringiz bilan baham: