Ko„riladigan savollar ro„yhati.
1.
Disaxaridlar, ularning tuzilishi.
2.
Maltoza, laktoza, saxaroza, sellyuloza.
3.
Qaytariladigan, qaytarilmaydigan disaxaridlar.
4.
Disaxaridlarning kimyoviy xossalari.
5.
Gomopolisaxaridlar tuzilishi va xossalari.
6.
Kraxmal, sellyuloza, glikogen.
7.
Geteropolisaxaridlar tuzilishi va xossalari.
8.
Gialuron kislota va geparin.
9.
Xondriatin sulfat va muramin,
10.
Uglevodlarning tibbiy biologik ahamiyati.
Mustaqil tayyorlanish uchun o„quv adabiyotlar.
1.
A.G. Mahsumov, A.J. Jo‗raev «Bioorganik kimyo» Toshkent, «O‗zbekiston
milliy ensiklopediyasi» 2007. (328-341 bet)
2.
Н А. Тюкавкина, Ю.И.Бауков. «Биоорганическая химия» М., «Медицина»
1991 г. (407-430 стр).
3.
Н.А.
Тюкавкина. Руководство к лабораторным занятиям по
биоорганической химии. M., «Медицина» 1985 г. (215-222 стр).
Tabiatda ko‗p uchraydigan va organizm uchun muhim ahamiyat kasb etgan
267
uglevodlarning bu turlari gidrolizlanish xususiyatiga ega. Gidroliz natijasida hosil
qilgan monosaxaridlar qoldiqlari soni va tabiatiga ko‗ra ularni sinflash mumkin.
O l i g o s a x a r i d l a r ikki yoki undan ortiq monosaxarid molekulalaridan
suv ajralib chiqish natijasida hosil bo‗ladi. Ularni monosaxaridlarning angidridlari
deb qarash mumkin. Oligosaxaridlar molekulasi 10 tagacha monosaxaridlar
qoldig‗idan tashkil topgan bo‗lib, ular molekulasidagi monosaxaridlar soniga qarab
di-, tri-, tetra- va hokazo saxaridlarga bo‗linadi. Oligosaxaridlar shakarsimon
birikmalardir. Tabiiy disaxaridlar (biozlar) ikkita bir xil yoki har xil
monosaxridlarning qoldiqlaridan iboratdir. Ular O-glikozidlar (to‗liq asetallar)
bo‗lib, ulardagi monosaxaridlar qoldiqlarning biri aglikon vazifasini bajaradi.
D i s a x a r i d l a r tabiatda keng tarqalgan. Ular o‗simlik va bakteriyalarda
uchraydigan glikozidlar holida bo‗ladi. Disaxaridlarga saxaroza (shakar qamish,
lavlagi shakari), laktoza (sut shakari), sellobioza va boshqalar kiradi. Ularning
barchasi C
12
H
22
O
11
umumiy formulaga ega. Bu disaxaridlar gidrolizlanganda ikki
molekula monosaxarid hosil bo‗ladi. Disaxaridlarning kislotali muhitda
gidrolizlanadi.
Disaxaridlar q a y t a r u v ch i va q a y t a r m a y d i g a n turlarga bo‗linadi.
Agar disaxaridning molekulasi hosil bo‗lishida bitta monosaxaridning yarim asetal
gidroksil guruhi, ikkinchi monosaxarid molekulasining spirt gidroksil guruhi
qatnashsa, bunday disaxaridlar q a y t a r u v ch i d i s a x a r i d lar deyiladi. Bular
kumush ko‗zgu reaksiyasiga kirishadi, feling suyuqligi oson qaytaradi, yani
aldegid gruppaga o‗ta oladigan erkin glikozid gidroksiliga ega bo‗ladi (siklik
holatdan ochiq zanjirga aylanuvchi qismi bo‗ladi), demak, siklo-okso
tautomeriyaga uchraydi. Shuning uchun, qaytaruvchi disaxaridlar mutarotatsiyaga
268
ega bo‗lib, aldegidlarga xos reaksiyalar beradi, oksim, ozozonlar hosil qiladi.
Bunday disaxaridlarga maltoza, laktoza, sellobiozalar va boshqalar kiradi.
M a l t o z a -solod shakari deb ataladi, u kraxmalga solod tarkibidagi
diastaza fermenti ta‘sir ettirilganda (yoki so‗lak bezlari ajratadigan - amilaza
fermenti ta‘siridagi parchalanish mahsulotidir) hosil bo‗ladi.
Maltoza qaytaruvchi disaxarid, chunki, uning molekulasida osonlikcha
aldegid guruhga o‗tuvchi yarim asetal gidroksil guruh bor. Ozod holdagi yarim
asetal guruhi L- maltoza, yoki D- maltoza konfiguratsiya holatida bo‗lishi
mumkin. Maltozaning birinchi monosaxaridning α – holatdagi glikozid gidroksili
bilan ikkinchi monosaxaridning to‗rtinchi ugleroddagi spirt gidroksili ta‘siridan
hosil bo‗ladi, shuning uchun, undagi monosaxaridlarni tutashtiruvchi bog‗ α – 1,4
glikozid bog‗i deyiladi.
L a k t o z a (sut shakari) molekulasi D- galaktoza va D- glyukoza
qoldiqlaridan tashkil topgan. Bu monosaxaridlar bir-biri bilan β-1,4 - bog‗i orqali
bog‗langan. Laktoza sigir sutida 4-5% gacha, ona sutida 5,5-8,4% bo‗ladi. Uning
molekulasi hosil bo‗lishida β-D-galaktozaning glikozid gidrokroksili α-D-
glyukozaning to‗rtinchi ugleroddagi spirt gidroksili bilan bog‗langan. α-D-
glyukozaning glikozid gidroksili erkin holda bo‗lib, aldegidga xos reaksiyalarni
269
beradi.
S e l l o b i o z a sellyuloza gidrolizlanishidan hosil bo‗lib, o‗zi
gidrolizlanganda esa, ikki molekula β- D-glyukoza hosil bo‗ladi.
Ikki monosaxarid β-1,4 – bog‗i bilan bog‗langan. G e n s i o b i o z a ham
gidrolizlanganda ikki molekula β- D-glyukoza hosil bo‗ladi. Undagi
monosaxaridlar o‗zaro β-1,6 – bog‗i bilan bog‗langan. Bu disaxaridlar siklo-okso
tautomeriyaga uchraydi va qaytaruvchi disaxaridlarga kiradi.
S a x a r o z a - qamish shakari yoki lavlagi shakari deb ataladi, u
gidrolizlanganda bir molekula α- D-glyukoza va bir molekula β- D-fruktoza hosil
bo‗ladi. Uning molekulasidagi har bir monosaxaridning yarim asetal gidroksil
guruh disaxarid hosil qilishda ishtirok etadi. Demak, uning molekulasida ozod
holdagi yarim asetal guruhi yo‗q. Shuning uchun, u qaytarilmaydigan
270
disaxaridlarga kiradi.
Saxaroza kristallogidrat hosil qilmay kristallanadi. U qutblangan nur
tekisligini o‗ngga buradi. Gidrolizlanganda teng miqdorda glyukoza va fruktoza
hosil bo‗ladi, ularning solishtirma buruvchanligi turlicha bo‗lib, aralashma holida
qutblanish tekisligini chapga buradi. Bu holat inversiya deyiladi, shuning uchun,
teng miqdordagi glyukoza va fruktoza aralashmasi inversiyalangan shakar nomini
olgan. Asal tabiiy inversiyalangan shakardir.
A m i n o s a x a r i d l a r va ularning hosilalaridan iborat disaxaridlar
tibbiyotda katta ahamiyatga ega. Ular birlashtiruvchi to‗qimalar tarkibiy qismi
bo‗lgan geteropolisaxaridlar asosini tashkil qiladi. Bularga xondrozin disaxaridi
kiradi. X o n d r o z i n molekulasida β-D- glyukuron kislotasi bilan D-
galaktozamin β -1,3 glikozid bog‗i orqali bog‗langan.
Tabiiy glikozidlarda D-glyukopiranoza qoldiqlaridan iborat bo‗lgan g e n s i
o b i o z a fragmentlari uchrab turadi. Bunga misol sifatida amigdalinni ko‗rib
chiqish mumkin. N-glikozidaza fermenti ta‘sirida amigdalin gidrolizga uchraydi va
bunda HCN ajralib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |