0 ‘quvchilarga fizikaning ko‘pgina b o ‘limiga (yadro fizika-
si, plazma, qattiq jism fizikasi) yoki ilmiy texnika taraqqi-
yotining m a ’lum bir yo'nalishining tezlashishiga (q u w a tli
m ashinalarning k o ‘payishiga, gidro
elektr stansiyalar quril-
ishining ortishiga) davlat tomonidan nima uchun katta aham i
yat berilayotgani, ularni xalq x o ‘jaligini rivojlantirishdagi
ahamiyatini tushuntiramiz. Shu bilan birga fan va texnikaning
u yoki bu sohasining rivojlanishi xalqning turm ush daraja-
sini, ish sharoitlarini yaxshilashdagi
va madaniy talablarini
qondirishdagi rolini k o ‘rsatib borish orqali o ‘quvchilarni
g'oyaviy-siyosiy jihatdan tarbiyalab boramiz.
4. VATANPARVARLIK VA BAYNALMILAL TARBIYA
Fizika darslarida o ‘quvchilarni vatanparvarlik va baynalmi-
lallik ruhida tarbiyalashda yirik olimlarning, ixtirochilarning
hayoti va ijodini k o ‘rib borish katta rol o ‘ynaydi. Beruniy,
Ibn Sino va boshqalarning ilmiy ixtirolari haqida hikoya qilib,
ularning vatanparvarligi, fanga bo'lgan
frdoyiliklari ustida
t o ‘xtalib o ‘tish lozim.
0 ‘qituvchining vazifasi olimlarning fan, texnika, m adani-
yatning rivojlantirishdagi xizmatlarini va ularning kashfiyot-
lari insoniyatga qanday xizmat qilayotganini t a ’sirchan holda
obrazli qilib ochib berishdan iborat.
Fizika darslarida ko‘plab chet el olimlarining (B. Paskal,
A.O. Popov, R. G uk, X.
Gyuygens, V. Rentgen, G. Gers,
Kyuri) ilmiy faoliyatlarini yoritib borish orqali fan va
texnikaning baynalmilal xarakterga ega ekanini ko'rsatib bo
rish zarur. Bu esa o ‘quvchilarda d o ‘stlik va boshqa mamlakat
xalqlarini hurm at qilish hissini shakllantirishga xizmat qiladi.
Masalan: reaktiv harakatni o'rganish vaqtida kosmonavtika-
ning
rivojlanish bosqichlari, uning asoschisi K.E. Siolkovskiy
e ka n i, A. D e n d e r b o sh liq g u ru h b irin c h i b o ‘lib suyuq
yonilg'ida ishlaydigan dvigatel,
raketa va snaryadlar yarat-
ganini, S .P .K o ro ly o v (bosh ko n stru k to r) rak e ta-k o sm ik
texnikaga (kosmonavtikaga) katta hissa q o ‘shganini aytib o ‘tish
lozim.
27
Vatanparvarlik va baynalmilal tarbiya bilan bog‘lagan holda
o'q uvchilarni harbiy vatanparvarlik ruhida h am tarbiyalab
borish kerak. Buni quyidagi yo'llar
bilan amalga oshirish
maqsadga muvofiq:
— o'quvchilarga vatanni himoya qilishda, harbiy texnikani
barpo qilishda va qurollanishda fizikaning rolini tushuntirish;
— fizika darslarida o'rganilayotgan m aterialning (hodisa,
q o n u n ) harbiy texnikada qo'Ilanilishini aniq k o ‘rsatish;
— harbiy xizmatda zarur bo'lgan amaliyot bilim-malakani
shakllantirish (asboblar bilan o 'lchash, hisoblash ishlarini
olib borish va h.k.);
— masala yechish jarayonida
harbiy texnikada uchrab tu-
radigan fizik kattaliklarning qiymatlarini real dunyoga olib
kirish (tezlik, bosim, quvvat).
Shunday qilib fizika kursini o'rgatish orqali o'quvchilarni
harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalab, ular Vatanni himoya
qilishga tayyor bo'lishlari shakllantirib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: