N. S. Safaev, N. A. Mirashirova, N. G. Odilova, Sh. D. Turabekova, Sh. K. Karimova



Download 12,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/208
Sana04.07.2022
Hajmi12,63 Mb.
#739058
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   208
Bog'liq
fayl 196 20210327

9.8. Tasawur turlari
Bola yorug’likni seza boshlaydi, dastlabki vaqtlarda jismlami «ilg’ay» 
olmaydi. Bu holat bola ko’zlari harakatining muvofiqlashmaganini bildiradi: 
bitta ko’zi bir tomonga, boshqasi boshqa tomonga qarashi yoki umuman yopiq 
bo’lishi mumkin. Bola ko’zlarining harakatini hayotining ikkinchi oyi oxiriga 
kelib boshqara oladi. Jismlar va odamlarning yuzlarini uch oylikda farqlay 
boshlaydi. SHu davrdan fazo, jism shakli, uning kattaligi va ko’zdan 
yo’qolishini idrok qilishning davomli taraqqiyoti boshlanadi.
Sezgilaming barcha turlariga nisbatan absolyut sezgi bola hayotining 
dastlabki yilidayoq rivojianishning yuqori darajasiga ko’tarilishini ta’kidlab 
o’tish joiz. Sezgilarni farqlash layoqati sekin-asta rivojlanadi. Sezgilami farqlash 
layoqatining jadal rivojlanishi maktab yillarida kuzatiladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, turli odamlarda sezgilaming rivojlanish darajasi 
turlicha bo’ladi. Bu holat odamning irsiy xususiyatlari bilan tushuntiriladi. 
Shunga qaramasdan, sezgilami ma’lum 
m e ’y o r l a r d a
rivojlantirish mumkin. 
Sezgilami rivojlantirish muntazam mashqlar metodi yordamida amalga 
oshiriladi. Aynan, sezgilami rivojlantirish imkoniyati tufayli, masalan, bolalami 
musiqa yoki rasm chizishga o’rgatish mumkin.
Rivojlanish 
psixologiyasi 
sohasi 
mutaxassislarini bolalaming ba’zi tajribalarda o’z 
aqliy qobiliyatlarini namoyon etib, boshqa tajribalarda yordamga muhtoj bo’lib 
qolishlari avvaldan qiziqtirib keladi. O’yinchoq ustiga mato tashlab ko’ring, 
yetti oylikkacha bo’lgan go’dak unga talpinmay qo’yadi. Bolada hali 
ob’ektlaming doimiyligi haqida tasawur tarkib topgandek bo’lib ko’rinadi, 
ya’ni, u hozirgina ko’z oldida turgan jism, unga ko’rinmayotgan bo’lsada, 
awalgidek, mavjudligini anglamaydi. Agar jism ko’rish maydonidan yo’qolsa, 
demak, u mavjud emas. Go’dakning idrok qilish xususiyati xuddi shunday 
ifodalanadi.
Tasawur -
ayni vaqtda idrok qilinmaydigan, lekin o’tmish tajribalari 
asosida jism va hodisalami aks ettirish psixik jarayoni. Tasavvurlar - eslash 
yoki xayolga samarali keltirish asosida paydo bo’ladigan biror jism, sahna va 
hodisalar obrazlari.
Tasavvurlami tasniflashga doir bir qancha yondoshuvlar mavjud. Xuddi 
shunday tasavvurlar asosini o’tmishdagi pertseptiv tajriba tashkil etgani uchun 
tasavvurlaming asosiy tasnifi sezgilar va idrok turlarining tasniflanishi asosida 
tuziladi. Xususan, tasavvurlaming ko’rish, eshitish, harakatli, teri-tuyish, hid 
bilish, ta’m bilish, harorat va organik kabi turlari mavjud.
Ushbu yondoshuv tasavvurlar tasniflanishining yagona turi emas. 
B.M.Teplovning fikriga ko’ra, tasavvurlami tasniflashni quyidagi belgilarga 
bo’yicha amalga oshirish mumkin: a) mazmuniga ko’ra; matematika.
198


geografiya, texnika, musiqa va boshqalarga doir tasavvurlar; b) iroda 
kuchlarining ifodalanish darajasiga ko’ra: ixtiyoriy va ixtiyorsiz tasawurlarga 
bo’linadi (9.2 rasm).
9.2.Rasm
Sezgilar asosida tuzilgan tasniflanishni ko’rib chiqamiz.
Ko’rish tasawurlari —
alohida vaziyatlarda o’ta aniq bo’lib, jismlarning 
ko’zga ko’ringan sifatlari: rangi, shakli, hajmi va boshqalarni yetkazib beradilar. 
Lekin ko’pincha ko’rish tasawurlarida qandaydir bir xossasi ustun bo’lib, 
boshqalari yoki tushunarsiz, yoki umuman mavjud bo’lmaydi. Masalan, 
ko’pincha ko’rish obrazlarimiz hajmga ega bo’lmasdan, katta jism ko’rinishida 
emas, surat ko’rinishida idrok etiladi.
Ko’rish tasavvurlarimizning xususiyati, asosan, yuzaga keladigan amaliy 
faoliyat mazmuni va jarayoniga bog’liq. Ko’rish tasawurlari tasviriy san’at 
mashg’ulotlari, shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayonida katta va muhim 
ahamiyatga ega. Hatto, adabiyotni o’rganish ham ko’rish tasavvurlariga 
tayanadi.

Download 12,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish