N. S. Safaev, N. A. Mirashirova, N. G. Odilova, Sh. D. Turabekova, Sh. K. Karimova



Download 12,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/208
Sana04.07.2022
Hajmi12,63 Mb.
#739058
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   208
Bog'liq
fayl 196 20210327

irsiy jihatdan tasniflanishmi
yaratishga urinib ko’rdi, u sezuvchanlikni ikki turga bo’lib o’rgandi, bular: 
protopatik
(soddaroq, affektli, kamroq darajada bo’lingan va cheklangan), 
ularga organik his-tuyg’ular (ochlik, tashnalik va h.k.) kiradi; 
epikritik
(o’ta 
nozik bo’lingan, ob’ektivlashtirilgan va maqsadga muvofiq), ularga odamning 
asosiy his-tuyg’u organlari kiradi. Epikritik sezuvchanlik irsiy jihatdan yosh 
bo’lib, protopatik sezuvchanlikni nazorat qiladi.
191


9.4. Sezgilarning umumiy
Cezgilaming turli xillari faqat o’ziga
xossalari
xosligi bilan emas, balki umumiy xossalari bilan
ham xarakterlanadi. Bunday xossalarga sifat, 
jadallik, davomiylik va fazoviy cheklanganlik kiradi.
Sifat
- bu ma’lum sezgining boshqa xil sezgilardan ajratib turadigan va 
ushbu tur ichida o’zgaradigan asosiy xossasi. Eshitish sezgiiari ko’lami, ohangi, 
balandligi bilan farqlanadi; ko’rish sezgiiari - boyligi, rang ko’rinishi va h.k.; 
ta’m bilish sezgiiari jismning ba’zi bir kimyoviy xossalari: shirin yoki 
nordonligi, achchiq yoki sho’rligi haqida ma’lumot yetkazadi; hid bilish 
sezgiiari ham jismning kimyoviy, lekin boshqa turdagi belgilari: gul ifori, 
bodom ifori, palag’da tuxum hidi va boshqalar haqida axborot beradi. 
Sezgilarning sifati haqida so’z yuritilganida, sezgilarning modalligi ko’zda 
tutiladi, chunki, aynan, modallik mos bo’lgan sezgining asosiy sifatini aks 
ettiradi.
Sezgining 
jadalligi
miqdoriy 
xususiyat 
bo’lib, 
ta’sir 
etuvchi 
qo’zg’atuvchining kuchiga va retseptoming vazifa bajara olish xususiyatiga 
bog’liq bo’ladi. Masalan, agar tumov bo’lsangiz, u holda idrok etiladigan 
hidlaming sezish jadalligi izdan chiqadi.
Sezgining muddatliligi
yoki 
davomiyligi
- bu yuzaga kelgan sezgining 
vaqt bilan bog’liq xossasi. U, shuningdek, his-tuyg’u organlarining vazifa bajara 
olish holati bilan, asosiysi, seskantiruvchining ta’sir etish vaqti va uning jadalligi 
bilan belgilanadi. Seskantiruvchining his-tuyg’u organlariga ta’sir ko’rsatishida 
sezgi birdaniga emas, bir muncha vaqt o’tgandan so’ng hosil bo’ladi, mana shu 
vaqt 
sezgining latent
(yashirin) 
davri
deb ataladi. Bu davr sezgilarning turli 
xillari uchun bir xilda bo’lmaydi: taktil sezgilar uchun 130 millisoniyaga, og’riq 
sezgiiari uchun - 370 mlsga, ta’m bilish sezgiiari uchun - 50 mlsoniyaga teng.
Sezgilar uchun seskantiruvchining 
fazoviy cheklanganligi
xosdir. 
Retseptorlar tomonidan amalga oshiriladigan tahlil bizlarga seskantiruvchining 
fazoda cheklanganligi haqida ma’lumot yetkazadi, ya’ni, qaerdan yorug’lik 
tushayotganini, issiqlik kelayotganini yoki seskantiruvchining tananing qaysi 
sohasiga ta’sir ko’rsatayotganini ayta olamiz
Sezgi seskantiruvchi ta’sirining boshlanishi bilan bir vaqtda yuzaga 
kelmaydi, xuddi shuningdek, uning ta’siri tugashi bilan bir vaqtda g’oyib 
bo’lmaydi. Sezgilarning bunday inertsiyasi uning 
natijasida
namoyon bo’ladi. 
Seskantiruvchining alomatlari ketma-ket tasavvurlarda saqlanib qoladi. Ketma- 
ket tasawurlar ijobiy va salbiy turlarga bo’linadi. 
Ijobiy
ketma-ket tasawurlar 
dastlabki 
ta’sirlanishga 
muvofiq 
holda 
bo’lib, 
ta’sir ko’rsatayotgan
seskantiruvchining sifatiga o’xshash sifatga ega bo’lgan ta’sirlanishning 
alomatlarini saqlashdan iborat. 
Salbiy
ketma-ket tasawurlar ta’sir ko’rsatgan
192


seskantiruvchining sifatiga qarama-qarshi bo’Igan sezgi sifatining pay do 
bo’lishidan iborat. Masalan, yorug’lik - qorong’ilik, og’irlik - yengillik, issiq -
sovuq va boshqalar. Salbiy ketma-ket tasavvurlaming hosil bo’lishi ushbu 
retseptoming ma’lum ta’sirga nisbatan sezuvchanligining kamayishi bilan 
tushuntirish mumkin.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan xossalar u yoki bu darajada sezgilaming sifatiy 
xossalarini aks ettiradi. Lekin sezgilar asosiy xususiyatlarining miqdoriy 
ko’rsatkichlari, ya’ni, ta’sirchanlik darajasining ham ahamiyati bulardan kam 
emas. Odam his-tuyg’ulari organlari - nozik tuzilishga ega bo’Igan o’ziga xos 
asboblar. Akademik S.l. Vavilov o’z tadqiqotlari asosida inson ko’zining 0,001 
sham 
yorug’ligini 
bir 
kilometr 
masofada 
ilg’ashini 
aniqladi. 
Bu 
seskantiruvchining energiyasi shunchalik kamki, uning yordamida 1 sm3 suvni 
1° ga qizdirish uchun 60 ming yil kerak bo’ladi.
Seskantiruvchining har qanday kuchi ham sezgilami uyg’ota olish 
xususiyatiga ega bo’lmasligi mumkin. Sezgilar ma’lum jadallikka ega bo’Igan 
seskantiruvchi ta’sirida paydo bo’ladi. Sezgi jadalligi va seskantiruvchi kuch 
o’rtasidagi bog’liqlikning psixologik xususiyatini sezgilar bo’sag’asi yoki 
ta’sirchanlik bo’sag’asi tushunchasi ifodalaydi.
Psixofiziologiyada bo’sag’alaming ikki 

Download 12,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish