sensibilizatsiya
deb ataladi. A.R. Luriya sensibilizatsiya turiga ko’ra,
sezuvchanlik oshishining ikki tomonini ajratib ko’rsatadi. Birinchisi davomli,
muttasil xususiyatli va organizmda ro’y beradigan barqaror o’zgarishlarga
bog’liq bo’lgani uchun ob’ektning yoshi aniq holatda sezuvchanlikning
o’zgarishi bilan bog’langan bo’ladi. Tadqiqotlaming ko’rsatishicha, his-tuyg’u
organlari sezuvchanligining kuchliligi yosh o’tishi bilan oshib borib,
20-30
yoshlarda eng yuqori cho’qqiga chiqadi, keyinchalik esa asta-sekin pasayib
boradi. Sensibilizatsiya turiga ko’ra, sezuvchanlik oshishining ikkinchi tornoni
vaqtinchalik xususiyatiga ega bo’lib, fiziologik, shuningdek, sub’ekt holatiga
ta’sir ko’rsatuvchi favqulotda psixologik ta’sirlarga bog’liq bo’ladi.
Sezgilaming o’zaro ta’sirlashuvida
sinesteziya,
ya’ni, qo’zg’alish ta’sirida
boshqa analizatorlarga xos bo’lgan bir xil sezgi analizatorining hosil bo’lishi
kabi holat ham kuzatiladi. Masalan, odamda tovushlar ta’siri ostida rangli
sezgilar hosil bo’lishi mumkin, ba’zi ranglar uyg’unligi esa o’z navbatida
harorat sezuvchanligiga ta’sir ko’rsatadi. Hammaga ma’lumki, baland
tovushlami «yorqin» ranglar bilan, pastlarini esa «to’q» ranglar bilan
baholaymiz.
Sinesteziya sezgilaming his-tuyg’u ohangini kuchaytiradi. Sinesteziya
hodisasi barcha modalliklarga to’g’ri keladi. Ta’kidlash lozimki, sinesteziya
individual tarzda ifodalanadi. Sinesteziyaga yorqin qobiliyati bor odamlar
mavjud, boshqalarda esa u umuman kuzatilmaydi. A.R. Luriya o’zining asarida
bayon etilgan mashhur mnemonist SH. ni mufassal o’rganib chiqqan. Bu
odamda sinesteziya o’ta yaqqol ifodalanadi. U barcha ovozlarni bo’yalgan holda
ko’rgan, va ko’p hollarda unga murojaat qilgan odamning ovozi, masalan, «sariq
rangda va sochiluvchan» deb ta’riflagan. Eshitilgan ohanglar unda turli
ranglardagi (och sariq rangdan binafsha rangigacha) ko’rish sezgilarini
uyg’otgan. Idrok etiladigan ranglar u tomonidan «jarangdor» yoki «bo’g’iq»,
«sho’r» yoki «karsillagan» tovushlar sifatida his etilgan. SHunday qilib,
sinesteziya hodisasi - inson organizmi analizatorlar tizimining muntazam
ravishda o’zaro aloqada bo’lishidan, ob’ektiv olamni hissiy aks ettirishning
yaxlitliligidan dalolat beradi.
9.7. Sezgilaming rivojlanishi
Sez8‘ bola tug’ilishi bilanoq rivojlana
boshlaydi. Tug’ilishi bilanoq bolada teri
196
sezuvchanligi ko’proq rivojlangan bo’ladi. Yangi tug’ilgan chaqaloq qo’lning
tegib ketishidan ta’sirianadi, eng ko’p ta’sirlanadigan organlariga lablar va
og’zining butun sohasi kiradi, ular issiqlikka ham juda ta’sirchandir.
Tug’ilish davriga kelib, bolada ta’m bilish sezuvchanligi yetarlicha
rivojlangan bo’ladi. Yangi tug’ilgan chaqaloqlarga xinin yoki shakar eritmasi
berilganida turlicha ta’sirlanadilar. Bola tug’ilganidan bir necha kun o’tgandan
so’ng ona sutini shakar solingan suvdan, shakarli suvni esa oddiy suvdan ajrata
boshlaydi.
Yangi tug’ilgan bolada hid bilish sezuvchanligi ham yetarlicha rivojlangan.
Chaqaloq ona sutining hididan xonada onasi bor yo’qligi bilib oladi. Agar bola
hayotining birinchi haftasida ona suti bilan oziqlantirilgan bo’lsa, sigir sutining
hidini sezishi bilanoq undan yuzini o’giradi. Lekin oziqlanish bilan bog’liq
bo’knagan hid bilish sezgilari yetarlicha uzoq vaqt davomida rivojlanadi.
Ko’rish va eshitish sezgilari bu organlari murakkab tuzilishga ega
bo’lganligi va bajaradigan vazifasidan,shuningdek, bola tug’ilishigacha ulaming
rivojlanganlik darajasidan kelib chiqqan holda, bulardan murakkabroq yo’lni
bosib o’tadilar. Tug’ilgandan so’ng hayotining dastlabki kunlarida chaqaloq
juda qattiq tovushlardan ham unchalik ta’sirlanmaydi. Bu holat chaqaloqning
eshitish nayi homila qobig’i suyuqligi bilan to’lgan bo’lishi, bir necha kundan
so’ng esa so’rilib ketishi bilan tushuntiriladi.
Bolaning tovushga bo’lgan dastlabki qo’zg’alishlari umumiy harakat
qo’zg’alishlari xususiyatiga ega bo’ladi: bola qo’llarini ko’taradi, oyoqchalarini
qimirlatadi,
baland ovozda qiyqiradi.
Tovushlarga bo’lgan dastlabki
sezuvchanlik kuchsiz bo’lib, hayotining birinchi haftalarida kuchayib boradi.
Ikki-uch oydan so’ng chaqaloq tovush yo’nalishini o’zlashtirib olib, tovush
manbai tomon boshini o’giradi. Nutqiy eshitish qobiliyatiga keladigan bo’lsak,
bola awalambor, nutq ohangidan ta’sirianadi. Bu holat bola ikki oylik
bo’lganida kuzatiladi. Muloyim oharig bolani tinchlantiradi. So’ngra bola
nutqning maromi va so’zlaming umumiy tovush tasvirini qabul qila bshlaydi.
Lekin nutq tovushlarini farqlash bola hayotining dastlabki yilining oxiriga borib
rivojlanadi. Shu davrdan boshlab nutqiy eshitish qobiliyati rivojlana boshlaydi.
Chaqaloqning ko’rish sezuvchanligi sekin rivojlanadi. Chaqaloqlaming
yomg’likka sezuvchanligi past bo’ladi, lekin hayotining birinchi kunlarida
sezilarli darajada oshadi. Ko’rish sezgilarining paydo bo’lishi bilan bola
yorug’likka turli harakatlar bilan javob qaytara boshlaydi. Ranglami ajratish
sekiniik bilan rivojlanadi. Bolaning ranglaming ajrata olishi besh oyligida sodir
bo’lishi aniqlangan, shundan so’ng uning turli xildagi yorqin rangli jismlarga.
bo’lgan qiziqishi ortadi.
197
Do'stlaringiz bilan baham: |