N. S. Safaev, N. A. Mirashirova, N. G. Odilova, Sh. D. Turabekova, Sh. K. Karimova



Download 12,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/208
Sana04.07.2022
Hajmi12,63 Mb.
#739058
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   208
Bog'liq
fayl 196 20210327

konvergentsiyasi
va 
divergentsiyasi
muhim ahamiyatga ega, chunki, jismlaming 
idrok etilishi uchun ulaming tasviri chap va o’ng ko’zlaming to’r pardasidagi 
mos nuqtalarga tushishi kerak, bu esa ikkala ko’zning konvergentsiyasisiz yoki 
divergentsiyasisiz amalga oshmaydi. Konvergentsiya deb ko’z soqqalarining bir- 
biriga nisbatan qarama-qarshi aylanishi hisobiga ko’rish chiziqlarining 
birlashishiga aytiladi. Masalan, bu nigolining uzoqdagi jismdan yaqindagiga 
o’tishida sodir bo’ladi. Teskari — yaqindagidan uzoqdagi jismga o’tishida -
ko’z divergentsiyasi, ya’ni, ko’rish chiziqlarining ajralishi kuzatiladi.
Fazo idroki chuqurlik idroki bilan chegaralanmaydi. Fazo idrokida 
jismlaming bir-biriga nisbatan joylashish idroki muhim ahamiyatga ega.
Bundan tashqari, jismlaming fazodagi turli holatlari, inson uchun birinchi 
galda , hatto, jismning uzoqligi yoki fazo chuqurligi idrokidan ko’ra ko’proq 
muhim ahamiyat kasb etadi, chunki inson fazoni jismlar holatiga baho bergan 
holda oddiy idrok etmaydi, u fazoda yo’nalishini belgilaydi, buning uchun esa u 
jismlaming joylashishi haqida ma’lum axborotga ega bo’lishi kerak.
Fazo idroki, uning markaz tomonidan boshqarilishini amalga oshiruvchi 
murakkab tuzilgan vositalami talab etadi. Bunday markaziy vosita sifatida 
ko’rish, taktil-kinestetik va vestibulyar analizatorlar ishini birlashtiruvchi bosh 
miya po’stlog’ining uchlamchi sohalari yoki «to’sish sohalari» xizmat qiladi.
Harakatni idrok qilish
masalasini ko’rib chiqamiz. Agar jism fazoda 
harakatlanayotgan bo’lsa, u holda biz, uning harakatini yaxshi ko’rinish 
sohasidan chiqishi bilan, unda yana nigohimizni to’xtatishimiz uchun ko’zlar 
yoki boshni harakatlantirishimizga majbur qilishining natijasi sifatida idrok 
etamiz. Bunda ikki hodisa sodir bo’ladi. Birinchidan, jismning tanamiz holatiga 
nisbatan surilishi uning fazodagi harakatlanishidan darak beradi. Ikkinchidan, 
miya jismni kuzayotgan ko’zlar harakatini qayd etadi. Ikkinchi holat harakat 
idroki uchun juda muhimdir, lekin ko’zlar harakati haqidagi axborotni qayta 
ishlash mexanizmi o’ta murakkab va qarama-qarshi jarayondir.
Ammo, harakat idroki ko’zlarning harakati bilangina tushuntirilmaydi,- 
ko’z bir vaqtda qarama-qarshi tomonlarga harakatlana olmasada, biz bir 
vaqtning o’zida harakatni ikki qarama-qarshi yo’nalishda idrok etamiz. Shu 
bilan birga, harakat taassuroti uning reallikda mavjud emasligida yuzaga kelishi 
mumkin, masalan, kichik tanaffuslar bilan ekranda ob’ekt harakati fazalarini 
amalga oshiruvchi tasvirlami ketma-ket ko’rsatish. Bu 
stroboskopik ta’sir
bo’lib, uning yuzaga kelishi uchun alohida seskantiruvchilar ma’lum vaqt 
oraliqlarida bir-biridan uzoqlashtirilgan bo’lishi lozim. Stroboskopik ta’sirdagi
213


eng katta tanaffus 0,45 sek.ga teng, Kinematografiyadagi harakatlar idroki xuddi 
mana shu ta’sir asosida amalga oshiriladi.
Harakatlar idrokida vositali harakatlar tasavvurini hosil qiluvchi 
qo’shimcha belgilar muhim ahamiyat kasb etadi. Qo’shimcha belgilardan 
foydalanish mexanizmi harakatning biror-bir belgilarini aniqlashda ulaming 
intellektual qayta ishlanishi va jismning harakatlanayotgani haqida fikr 
bildirilishidan iborat. Xuddi shunday, harakat tasawuri harakatsiz jismning 
qismlari uchun noodatiy holatni yuzaga keltirishi mumkin. Harakat haqida 
tasavvurlami hosil qiluvchi «kinetik holatlar» qatoriga, jisnming engashtirilgan 
holati, shaklining noaniqligi va boshqalar kiradi.
Harakat idrokining barcha nazariyalarini ikki guruhga ajratish mumkin. 
Nazariyalaming birinchi guruhi harakat idrokini oddiy, ketma-ket keladigan 
ko’rish sezgilarining harakati o’tadigan alohida nuqtalaridan hosil qiladi va 
harakat idroki bu oddiy ko’rish sezgilarining qo’shilishi natijasida yuzaga 
kelishini ta’kidlaydi (V. Vundt).
Ikkinchi guruh nazariyalarining ta’kidlashiga ko’ra, harakat idroki bunday 
oddiy sezgilarga bog’liq bo’Imagan maxsus sifatga ega. Bu nazariya vakillari 
(M. Vertgeymerjning aytishicha, kuy tovushlaming oddiy yig’indisi emasligiga, 
ulardan farqlanuvchi yaxlitlik bo’lgani kabi, harakat idroki ham bu idrokni 
tashkil etuvchi oddiy ko’rish sezgilarining yig’indisiga teng bo’lmaydi.
Vertgeymer fikricha, harakat idroki harakatlanuvchi jismlaming o’zini 
idrok qilishdan farq qiluvchi maxsus kechinma 
hisoblanadi. Agar ob’ekt 
turlicha (a) va (b) holatdagi idrokining ikki ketma-ketligi bo’lsa, u holda harakat 
kechinmasi bu ikki sezgilardan tuzilmaydi, balki, o ’rtada turib, ularni 
birlashtiradi. Bunday harakat kechinmasini Vertgeymer 

Download 12,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish