N. S. Safaev, N. A. Mirashirova, N. G. Odilova, Sh. D. Turabekova, Sh. K. Karimova



Download 12,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/208
Sana04.07.2022
Hajmi12,63 Mb.
#739058
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   208
Bog'liq
fayl 196 20210327

yaxlitUgidn.
Jismning alohida xossalarini 
aks ettiruvchi sezgilardan farqli ravishda, idrok jismning yaxlit obrazini 
yaratadi. Sezgining tarkibiy qismlari o’zaro shu darajada mahkam bog’langanki, 
jismning yagona murakkab obrazi odamga ob’ektning alohida xossalari yoki 
alohida qismlari bevosita ta’sir ko’rsatganida ham hosil bo’ladi. Idrokning 
yaxlitligi, hatto, 
idrok etilayotgan ob’ektning alohida xossalari chala aks 
ettirilganida ham qabul qilingan axborot xayolan aniq jismning yaxlit obrazi 
holatiga yetkazilishi bilan ifodalanadi.
Idrokning yaxlitligi uning 
strukturaviyligi
bilan bog’liq. Ushbu xossa 
ko’pchilik hollarda idrokning daqiqali sezgilarimizning proektsiyasi va ulaming 
oddiy yig’indisi emasligidan iborat bo’ladi. Bizlar bu sezgilardan ajratib 
olingan, bir muncha vaqt davomida shakllanadigan umumiy tuzilishni idrok
207


etamiz. Masalan, agar odam biror-bir kuyni tinglayotgan bo’lsa, yangi nota 
jaranglashi haqida axborot yetkazilguniga qadar uning ongida aw al tinglangan 
kuyning notalari jaranglayveradi. Odatda, tinglovchi kuyni tushunib yetadi, 
ya’ni, uning tuzilishini yaxlitligicha idrok etadi. SHunday qilib, idrok ongimizga 
biz real olamda duch kelgan jism yoki hodisaning tuzilishini yetkazib beradi.
Idrokning navbatdagi xossasi uning 
konstantligidir.
Konstantlik deb, idrok 
qilish sharoitlarining o’zgarishida jismlar ba’zi bir xossalarining nisbiy 
doimiyligiga aytiladi. Pertseptiv tizimning idrok sharoitlarining o’zgarishini 
to’ldirish qobiliyatida namoyon bo’ladigan konstantlik tufayli, bizni o’rab 
turgan jismlarni nisbatan doimiy jismlar sifatida idrok etamiz. Yuqori darajadagi 
konstantlik jismlar rangi, kattaligi va shaklini ko’rish idrokida kuzatiladi.
Rangni idrok qilish konstantligi yoritilganlikning o’zgarishida ko’zga 
ko’ringan rangning nisbiy o’zgarmasligidan iborat. Masalan, ko’mir bo’lagi 
yozning quyoshli kunida, kech tushgan vaqtdagi bo’rdan ko’ra taxminan 8-9 
marta yorqinroq ko’rinadi. Lekin ko’mimi qora rangda idrok etamiz, bo’ming 
tusi esa, kechqurun bo’lsa ham, biz uchun oq bo’ladi. Rangning konstantlik 
hodisasi qator sabablar, shu jumladan, ko’rish maydoni yorqinligi umumiy 
darajasining yorqin ranglarning keskin o’zgarishiga moslashishi, shuningdek, 
yoritilganlik sharoitlarida jismlarning haqiqiy rangi haqidagi tasawurlaming 
ta’siri bilan belgilanadi.
Jismlar kattaligi idroki konstantligi jismlarning turlicha uzoqlashganlik 
masofalaridagi jismlarning ko’zga ko’ringan kattaligining nisbiy doimiyligida 
ifodalanadi. Xuddi shunday, bir xil odamning bo’y o’lchami 3,5 va 10 metr 
masofadan, ko’z to’r pardasidagi tasvirining kattaligi uzoqlashish masofasiga 
ko’ra turlicha bo’lsada, o’zgarmas holatda idrok etiladi. Bu holat jismlarning 
uncha katta bo’lmagan uzoqlashish masofasida ulami idrok qilish kattaligi 
faqatgina ko’z to’r pardasidagi obrazning kattaligi bilan emas, balki, qator 
omillar ta’siri bilan ham tushuntiriladi. Bunday ahamiyatga molik bo’lgan 
omillardan jismni turli masofalarda qayd etishga moslashayotgan ko’z 
mushaklarining zo’riqishidir.
Jismlar shakli idroki konstantligi jismlar holatining kuzatuvchi nigohi 
chizig’iga nisbatan o’zgarishi sharoitida idrokning nisbiy o’zgarmasligidan 
iborat. Ko’zlarga nisbatan jism holatining har bir o’zgarishida uning to’r 
pardadagi tasvirining shakli o’zgaradi (masalan, jismga to’g’ri, yon, orqa 
tomondan qarash mumkin va h.k.). Lekin ko’zlaming, bizga avvalgi tajribadan 
ma’lum bo’lgan jismlar shakli va chiziqlariga xos bo’lgan uyg’unliklami 
ajratish bo’yicha harakatlari tufayli idrok etilayotgan jism shakli biz uchun 
doimiy bo’lib qoladi.
208


Idrok konstantligi manbai bo’lib pertseptiv tizimning faol harakatlari 
xizmat qiladi. Aynan o’sha jismlaming turli sharoitlarda ko’p martalab idrok 
etilishi pertseptiv obrazlarning o’zgaruvchan sharoitlarga nisbatan doimiyligi 
(invariantlik, o’zgarmas tuzilish)ni, shuningdek, retseptor apparatining 
harakatlarini ta’minlaydi.
Idrokning xususiyatlari insonning barcha orttirilgan amaliy va hayotiy 
tajribasi bilan belgilanadi, chunki idrok jarayoni faoliyatdan ajralmasdir. Idrok 
seskantiruvchining xususiyatining o’zigagina emas, balki, sub’ektga ham 
bog’liq bo’ladi. Ko’z va quloq emas, ma’lum bir jonli inson idrok etadi. 
Idrokning psixik hayotimizning umumiy mazmuniga bog’liqligi 

Download 12,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish