Eshitish tasawurlari
sohasida nutqiy va musiqaviy tasavvurlar muhim
ahamiyatga ega. O’z navbatida nutqiy tasavvurlar ham bir qancha turlarga
bo’linadi, bular fonetik va ohang-ifodali nutqiy tasavvurlardir.
Fonetik
199
tasavvurlar biror so’zni ma’lum tovush bilan bog’lamagan holda tasavvur
qilganimizda paydo bo’ladi.
Ohang-ifodali nutqiy
tasavvurlar biror odamning
ovoz maromi va tovushining o’ziga xos xususiyatlarini tasavvur qilganimizda
paydo bo’ladi.
Musiqali
tasawurlaming mohiyati asosan tovushlar balandligi va
davomiyligining nisbati haqidagi tasavvurdan iborat, chunki musiqali kuy aynan
baland tovush va jadallik nisbatlari bilan aniqlanadi.
Harakatli tasavvurlar
o’tmish sezgilami oddiy tarzda hosil qilish bo’lmay,
muntazam ravishda dolzarb sezgilar bilan bog’liq bo’lgani uchun ko’rish va
eshitish tasawurlaridan farq qiladi. Tajribalarga ko’ra, biror so’zning talaffuz
harakatini tasavvur qilsak, maxsus asboblar til, lablar, hiqildoq va boshqa
organlar mushaklarining qisqarishini qayd etadilar. Harakatli tasavvurlarsiz
nutqdan foydalanish va o’zaro muloqotni amalga oshirish amri mahol bo’lar edi.
Harakatli tasavvurlami ikki guruhga ajratish mumkin:
buturi tana harakati
haqidagi tasavvurlar.
Birinchisi, odatda, harakat sezgilarining ko’rish obrazlari
bilan qo’shilishining natijasi hisoblanadi, masalan, o’ng qo’l
tirsagining
bukilishini tasavvur qilib, bukilgan qo’l obrazi shu qo’l mushaklari orqali
tarqaluvchi harakat sezgilariga ega bo’lamiz. Nutqiy harakat tasavvurlari nutqiy
harakat sezgilarining so’zlarning eshitish obrazlari bilan qo’shilishidir. Harakatli
tasavvurlar yoki ko’rish-harakatli (tana harakati tasavvurlari), yoki eshitish-
harakatli (nutqiy tasavvurlar) bo’ladi
Fazoviy tasavvurlar
- ob’ektlaming fazoviy shakli va joylashuvi aniq
tasavvur qilinadi, lekin ob’ektlaming o’zi noma’lum tasavvurga ega bo’ladi. Bu
tasavvurlar chizmali va rangsiz bo’ladi.
Fazoviy tasavvurlar asosan ko’rish-harakatli tasavvurlar bo’lib, ba’zan
ko’rish, ba’zan esa harakatli tasavvurlar aniq ko’rinishga ega bo’ladi. Ushbu
tasavvurlami shaxmat o’yinchilari faol tarzda qo’llaydilar. Kundalik hayotda
ushbu turdagi tasawurlardan ko’pchilik , masalan, bir yashash joyidan
ikkinchisiga yetib olish zamr bo’lganda foydalanadi. Bunday vaziyatda
yo’nalishni tasavvur qilib, harakatlanamiz, bunda yo’nalish obrazi doimo
ongimizda bo’ladi.
Fazoviy tasavvurlar qator ilmiy fanlami o’zlashtirishda ham juda muhim
o’rin tutadi. Fizika, geometriya, geografiya bo’yicha o’quv materialini
o’zlashtirish uchun o’quvchi fazoviy tasavvurlami qo’llay bilishi kerak. Bunda
yassi
va
uch o ’lchamli
(stereometriya) fazoviy tasavvurlami farqlash kerak
bo’ladi.
Barcha tasavvurlar umumlashtirish darajasiga ko’ra yagona va umumiy
tasavvurlarga bo’linadi.
Yagona tasavvurlar
- bu bir jismni kuzatishga
200
asoslangan tasavvurlar.
Umumiy tasavvurlar
— bu qator o’xshash jismlar
xossalarini umumlashtirgan tarzda aks ettiruvchi tasavvurlar.
Bundan tashqari, barcha tasavvurlar iroda kuchlarining ifodalanish
darajasiga ko’ra ixtiyoriy va ixtiyorsiz tasavvurlarga bo’linadi.
Ixtiyorsiz
tasavvurlar
- bu inson irodasi va xotirasini faollashtirmay turib, o’z-o’zidan
paydo bo’ladigan tasavvurlar,
ixtiyoriy
tasavvurlar esa - bu insonda ko’zlangan
maqsad yo’lidagi iroda kuchi natijasida paydo bo’ladigan tasavvurlar.
TA’LIM OLUVCHINING MAVZU BO’YICHA O’Z - O’ZINI
TEKSHIRISHGA OID SAVOLLAR:
1. Inson hayotida sezgilar qanday o’rin egallaydi?
2. Sezgi nima va uning asosiy belgilari nimalardan iborat?
3. Sezgilaming fiziologik mexanizmi nimadan iborat?
4. Analizator qanday qismlardan iborat?
5. Sezgilaming qanday kontseptsiyalari va nazariyalarini bilasiz?
6. Sezgilaming qanday tasniflarini bilasiz?
7. Sezgilar qanday psixofiziologik qonuniyatlarga bo’ysunadi?
8. Sensor moslashuvchanlik haqida gapirib bering.
9. Sensibilizatsiya nima? Sinesteziya nima?
10. Bolalarda sezgilaming rivojlanishi haqida gapirib bering.
11. Tasavvurlaming tasniflanishi qanday? Tasavvurlaming asosiy
turlarining xususiyatlari nimalardan iborat.
1.
What is the role of sense in human life?
2.
What is the sense and its main signs?
3.
What is the physiologic mechanism of the sense?
4.
What are the parts of the analyser?
5.
What conceptions and theories o f the sense do you know?
6.
What classifications of the sense do you know?
7.
What psychophysiological laws does the sense follow?
8.
Tell about the sensor adaptability.
9.
What is the sensibilisation? What is synesthesia?
10.
Tell about the development of senses at children.
11.
What is the classification of imagination? What are the characteris
tics of the main kinds of imagination?
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1. Davletshin M.G. Umumiy psixologiya. - Toshkent, 2003.
2. Karimova V.M. Psixologiya. - Toshkent, 2000.
3. Nemov R.S. Psixologiya. V 3-x kn. - M., 1999. Kn.l.
4. G’oziev E.R. Psixologiya. - Toshkent, 1994.
201
MAVZU BO’YICHA TEST TOPSHIRIQLARI
1. Sezgi - bu:
a) moddiy dunyo jismlari va hodisalarining alohida xossalarini aks
ettirishdan iborat bo’lgan miya ta’sirlanishi;
b) sodda tuzilgan psixik jarayon bo’lib, u moddiy dunyo jismlari va
hodisalarining
alohida
xossalarini
aks
ettirishdan,
shuningdek,
seskantiruvchilaming mos bo’lgan retseptorlarga bevosita ta’siri ostidagi
organizmning ichki holatlaridan iborat;
v) moddiy dunyo jismlari va hodisalarining bosh miya po’stlog’ida aks
etish jarayoni;
g) atrof-olamga bo’lgan munosabatningsub’ektiv kechinmasi jarayoni.
2. Retseptorda hosil bo’lgan qo’zg’alishlaming asab tizimining yuqori
darajalariga o’tkazilish yo’llari ... deb ataladi:
a) afferent;
b) efferent;
v) samarali;
g) affektiv.
3. Seskantiruvchining ikkila jadalligi o’rtasidagi eng kichik o’lchami
ta’sirida paydo bo’ladigan dastlabki his etish... deb ataladi:
a) absolyut quyi bo’sag’a;
b) farqlash bo’sag’asi;
v) sezgilaming vaqtinchalik bo’sag’asi;
g) jadallikka nisbatan sezuvchanlik ko’lami.
4. Organizmning ichki muhitidagi ta’sirlami aks ettiradigan retseptorlar ...
deb ataladi:
a) eksteroretseptorlar;
b) interoretseptorlar;
v) proprioretseptorlar;
g) ichki retseptorlar.
5. Eksteroretseptiv sezgilar;
a) ko’rish;
b) organik;
v) tebranma;
g) harorat.
6. Tasavvurlaming asosiy turlari:
a) ko’rish, eshitish, hid bilish, teri-tuyish, ta’m bilish;
b) birlamchi, umumiy, eshitish, harorat, organik;
v) ixtiyorsiz, ko’zlangan, harakatli, fazoviy, vaqtga bog’liq;
g) ta’m bilish, distantli, aloqaviy, tushunchali, birlamchi.
202
XMAVZU. IDROK
REJA:
10.1. Idrokning umumiy tavsifi.
10.2. Idrokning fiziologik mexanizmlari.
10.3. Idrokning asosiy xossalari va turlari.
10.4. Idrokda predmet va fon, yaxlit va xususiy o’zaro munosabatlar.
Mavzu o’quv m aqsadi:
T a’limiy: talabalar tomonidan idrokning umumiy xarakteristikasi, fiziologik
mexanizmlari, idrokning asosiy xossalari va turlari haqidagi bilimlami
o’zlashtirilishini tashkil etish.
Tarbiyavly: bo’lajak pedagoglar tomonidan, idrokning umumiy xarakteristikasi,
fiziologik mexanizmlari, idrokning asosiy xossalari va turlari haqidagi bilim,
ko’nikma va malakalari asosida dunyoqarashini kengaytirish.
Rivojlantiruvchi: mavzuning ta’limiy va tarbiyaviy o’quv maqsadlari asosida
talaba shaxsini rivojlantirish.
TAYANCH TUSHUNCHALAR:
Idrok-
sezgi a’zolariga bevosita ta’sir etib turgan narsa-hodisalar obrazlarini
kishi ongida bir butun holda aks ettirilishi.
Perception is the sensory experience of the world around a person and involves
both the recognition of environmental stimuli and actions in response to these
stimuli.
Do'stlaringiz bilan baham: |