10.1 Rasm.
Barcha jismlar fazoda joylashadi va istalgan hodisa ma’lum vaqtda mavjud
bo’ladi. Jismning fazoviy xossalariga kattalik, shakl, fazodagi holat kiradi.
Jismning kattaligiai
idrok qilishda uning to’r pardadagi tasviri muhim
o’rinni egallaydi. Idrok etilayotgan jismning ko’zning to’r pardasidagi kattaligi
ko’rish burchagining kattaligiga bog’liq bo’ladi. Ko’rish burchagi kattaligi
qanchalik katta bo’lsa, ko’z to’r pardasidagi tasvir ham shunchalik katta bo’ladi.
Jism kattaligini idrok qilish jismdan asta-sekin uzoqlashsakda, ko’z to’r
pardasidagi jism tasviri kichiklashib borishi holatida ham saqlanadi. Bu hodisa
jism kattaligi idrokining
konstatligi
deb ataladi.
Jism kattaligi idroki jismning faqat to’r pardadagi tasvirining kattaligi bilan
emas, balki, jism bilan kuzatuvchi o’rtasidagi masofaning idroki bilan
belgilanadi. Bu qonuniyatni quyidagicha ifodalash mumkin:
Idrok etilayotgan jism = Ko’rish burchagi x Masofa.
Jismlaming yo’qolishini qayd etish, asosan, ulargacha bo’lgan masofaning
o’zgarishida, bizning jismlami idrok qilishimiz tajribamiz hisobiga amalga
oshiriladi. Tanish jismlami ko’rganimizda, kattalik konstantligi ancha oshadi va
ajratib olingan geometrik shakllar idrokida sezilarli darajada kamayadi. Agar
jismdan juda uzoqda bo’lsak, u bizga haqiqiy ko’rinishidan kichkina bo’lib
ko’rinadi. Masalan, samolyotda uchib ketayotgan bo’lsak, pastdagi jismlar bizga
juda kichik bo’lib ko’rinadi.
211
Jism fazoviy idrokining boshqa xususiyati
jismlaming kontrastligidh.
Biz
idrok etayotgan jismning atrofidagi jismlar uning idrokiga sezilarli ta’sir
ko’rsatadi. Masalan, o’rta bo’yli odam bo’ylari baland odamlar orasida o’zining
haqiqiy bo’y o’lchamidan ancha kichik bo’lib ko’rinadi. Boshqa misol -
geometrik shakllar idroki. Katta aylanalar o’rtasidagi aylana, kichik o’lchamli
aylanalar orasidagi xuddi shunday diametrli aylanaga nisbatan kichik bo’lib
ko’rinadi. Bundan tashqari, jism kattaligi idrokiga
jismning rangi
ta’sir etadi.
Och rangli jismlar to’q rangli jsmlarga qaraganda bir muncha kattaroq bo’lib
ko’rinadi. Katta hajmli shakllar, masalan, shar yoki tsilindr ularga mos bo’lgan
yassi tasvirlardan kichikroqdek tuyuladi.
Jism shakli idrokida
konstantlik hodisasi xuddi shunday saqlanib qoladi.
Masalan, yon tomonimizda joylashgan kvadrat yoki dumaloq jismga
qaraganimizda uning to’r pardadagi proektsiyasi ellips yoki trapetsiya shaklida
bo’ladi. Shunday bo’lsada, aynan bir jismni bir xilda, bir shaklga ega holatda
ko’ramiz.
Uzoq masofada joylashgan jism shaklining idroki o’zgarishi mumkin.
Xuddi shunday, shaklning mayda
detallari jismning uzoqlashgani sayin
yo’qolib boradi, uning shakli sodda ko’rinishga kelib qoladi.
Katta hajmli shakl
idroki juda murakkab jarayondir. Odam ko’zlari
binokulyar ko ’rish
qobiliyatiga ega bo’lgani uchun shakl hajmini idrok etamiz.
Binokulyar ta’sir odamning ikkala ko’zi bilan ko’rishiga bog’liqdir. Binokulyar
ta’sirning mohiyati, ikkala ko’z bir xil jismga qarab turganida, bu jismning chap
va o’ng ko’zlar to’r pardasidagi tasviri turlicha bo’ladi.
Lekin, binokulyar ko’rish jism hajmli idrokining yagona sharti emasdir.
Jism katta hajmini idrok qilishda, ushbu jism hajmli belgilarini bilish,
shuningdek, katta hajmli jismda yorug’lik va soyaning tarqalishi ahamiyatga
egadir.
Insonning fazoni idrok qilishi qator o’ziga xos xususiyatlarga egadir. Bu
fazoning uch o’lchamliligi bilan bog’liq, shuning uchun, idrok qilishga bir qator
hamkorlikda faoliyat ko’rsatuvchi analizatorlami ishga tushirish lozim. Bunda
fazoni idrok qilish turli darajalarda kechishi mumkin.
Uch o’lchamli fazo idrokida, avvalambor, ichki quloqda joylashgan maxsus
vestibulyar apparatning vazifalaridan foydalaniladi. Vestibulyar apparat ko’zni
harakatlantiruvchi mushaklari bilan uzviy bog’langan, va undagi har bir
o’zgarish ko’z holatidagi refleksli o’zgarishlarga sabab bo’ladi.
Fazoviy idrokni, va, avvalambor, uning chuqurligini
ta’min etuvchi
ikkinchi vosita binokulyar ko’rish apparatidir. Chuqurlikni idrok qilish
jismlaming ko’rish masofasining idroki va bir-biriga nisbatan joylashishiga
bog’liq. Binokulyar ko’rish - bu jismlar ko’rish masofasini idrok qilishning
shartlaridan biri.
Jismlar
uzoqligi
va
fazo
chuqurligining
idrokida
ko’zlarning
Do'stlaringiz bilan baham: |