N. S. Safaev, N. A. Mirashirova, N. G. Odilova, Sh. D. Turabekova, Sh. K. Karimova



Download 12,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/208
Sana04.07.2022
Hajmi12,63 Mb.
#739058
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   208
Bog'liq
fayl 196 20210327

appertseptsiya
deb ataladi.
Appertseptsiyada insonning bilimlari, orttirilgan tajribasi, avvalgi 
amaliyoti katta o’rin egallaydi. Bilim va tajriba idrokning aniqligi va 
yorqintigiga muhim ta’sirga ega. Chet tilini idrok qilishda tanish bo’lmagan 
so’zlami bilmasdan turib, o’z ona tilimizni, hatto, so’zlar tushunarsiz talaffuz 
etilganda ham, bexato anglaymiz.
Idrok mazmuni inson oldiga qo’yilgan vazifa, hamda uning faoliyati 
motivlari, uning qiziqishlari va yo’nalganligi bilan belgilanadi.
Appertseptsiyada asosiy o’rin idrok mazmunini o’zgarishi mumkin bo’lgan 
mayl va hissiyotlarga ajratiladi. Uxlayotgan bolaning onasi ko’chadagi 
shovqinlami eshitmasada, bola tomondan kelgan har bir tovushga darhol 
munosabat bildiradi.
Noto’g’ri (soxta) yoki izdan chiqqan idrok hodisasi 
idrok illyuziyasi
deb 
ataladi. Illyuziyalar idrokning turli ko’rinishlarida (ko’rish, eshitish va b.) 
kuzatiladi. Illyuziyular tabiati faqat mayl. yo’nalganlik, hissiy munosabatlar va 
h.k.lar kabi sub’ektiv sabablar bilan emas, balki, yoritilganlik, fazoviy holat va 
boshqalar kabi jismoniy omillar va hodisalar bilan belgilanadi.
Idrokning 
anglanganligi.
Pertseptiv obrazlar har doim ma’lum mazmun 
ahamiyatiga ega bo’ladi. Inson idroki, avval ta’kidlaganimizdek, tafakkur bilan 
uzviy bog’langan. Tafakkur va idrokning aloqasi, awalambor, jismni ongli 
idrok qilish - unga tafakkurda nom berishda, ya’ni, uni ma’lum guruh, sinfga 
tayinlab, ma’lum so’z bilan bog’lashda ifodalanadi.
Idrok etiladigan axborotni anglash jarayoni struktura-mantiqiy chizma 
yordamida taqdim etilishi mumkin. Idrok jarayonining birinchi bosqichida 
axborot oqimidan rag’batlar to’plamini ajratib olish va ulaming aynan bir xil 
ob’ektga tegishli ekanliklari haqida qaror qabul qilish amalga oshiriladi. 
Ikkinchi bosqichda ob’ektni identifikatsiyalash mumkin bo’lgan sezgilaming 
belgilar to’plamining tarkibiga yaqin yoki o’xshash bo’lgan sezgilami xotirada 
izlash jarayoni sodir bo’ladi. Uchinchi bosqichda idrok etilgan ob’ektni, qabul


qilingan qaromi e’tirof yoki inkor etuvchi qo’shimcha belgilami izlash bilan 
birga, ma’lum darajaga kiritish jarayoni sodir bo’ladi. Va, nihoyat, to’rtinchi 
bosqichda ob’ekt bilan bir sinfga tegishli ob’ektlarga xos bo’lgan, lekin hall 
idrok etilmagan xossalari bilan birgalikda, ob’ekt haqida yakuniy xulosa 
shakllanadi. SHunday qilib, idrok - bu ahamiyatga molik darajadagi intellektual 
jarayon.
Va idrokning у ana bir muhim xossasi - bu uning 
faolligi,
yoki 
tanlab
o ’tkazishi.
Bu xossa bizning istalgan vaqtda faqat bir jism yoki ma’lum jismlar 
guruhini idrok qilishimizdan, real olamning boshqa ob’ektlari esa idrokimizning 
foni bo’lib xizmat qilishidan iborat. Xuddi shunday, ma’ruza tinglab yoki kitob 
o’qib o’tirganingizda ortingizda nimalar sodir bo’layotganiga e’tibor bermaysiz. 
SHunday qilib, idrok faolligi tabiati ongimiz tabiati tomonidan belgilangan.
Endi idrok turlarini ko’rib chiqamiz. Hozirgi zamon psixologiyasiga oid 
adabiyotlarda idrokning tasniflanishiga doir bir qancha yondoshuvlami keltirish 
mumkin. Tasniflanishlardan birining asosida idrokda ishtirok etuvchi 
analizatorlardagi tafovutlar yotadi. Idrokda qaysi analizator yoki modallikning 
ahamiyatliligiga muvofiq ravishda ko’rish, eshitish, teri- tuyish, kinestetik, hid 
bilish va ta’m bilish idroklari mavjud.
Odatda, idrok - qator analizatorlar o’zaro ta’sirining natijasi bo’lib 
hisoblanadi. Misol tariqasida taktil va kinestetik analizatorlar ishtirokidagi teri- 
tuyish idrokini aytib o’tish joizdir. Idrok turlari sof holda juda kam uchraydi. 
Odatda, ularning o’zaro uyg’unlashib ketishi natijasida idrokning murakkab 
turlari hosil bo’ladi. O’quvchi tomonidan matn idroki ko’rish, eshitish va 
kinestetik idrokni o’z ichiga oladi.
Idrokning boshqa tur tasnifming asosini materiyaning mavjud bo’lish 
shakllari: fazo, vaqt va harakat tashkil etadi. Bunga muvofiq ravishda fazoviy 
idrok, vaqt idroki va harakat idroki ajratiladi (10.1 rasm).
210


Idrok asosiy turlarining tasnifl
Asosiy modallik bo’yicha
I
Ko’rish orqali idrok qilish
_________ т_________
Eshitish orqali idrok килиш
__________т__________
Tcri-tuyish idroki vospriyatic
_______▼
_______
Hid bilish orqali idrok
Ta’m bilish orqali idrok

Download 12,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish