Umurtqalilarning kelib chiqishi va evalutsion taraqqiyotiga doir palentologik tasavvurlar.
Reja:
Umurtqalilarning kelib chiqishi
Palentologik tasavvurlar.
Xonakilashtirish jarayoni uz-luksiz olib borilmoqda. Masalan, bizning ko`z oldimizda tulki, oq tulki, norka, maral bug`u, tuyaqushlar xonakilashtirilmoqtsa. Umurtqali hayvonlar qishloq va o`rmon xo`jaliklari, bog` va xiyobon zararkunandalariga qarshi biologik usul bilan ko`ra shda bebaho hisoblanadi. Xordali hayvonlar faqat foydali bo`libgina qolmasdan, bularning ba'zi turlari xo`jaliklarimiz uchun zararli hamdir. Masalan, yumronqoziqlar, sichqonlar, kalamushlar, chumchuqlarning ba'zi turlari vabo, tulyaremiya, entsefalit, brutsellez singari xavfli kasalliklarni tarqatuvchi bo`lib hisoblanadi.Uchinchidan, xordalilar har doim ilmiy-tadqiqot ishlari uchun material bo`lib xizmat qilgan. Bu guruh misolida sistematika, qiyosiy anatomiya, zoogeografiya, embriologiya, ekologiya, paleontologiya, filogeniya, evolyutsion nazariya kabi fanlarning qonuniyatlari va umumiy masalalari hal etilgan va hal etilmoqda.“Umurtqalilar zoologiyasi” fanining navbatdagi vazifasi tabiatni muhofaza qilish va uning boyliklaridan to`g`ri foydalanish masalalari bilan bog`liq.Yosh avlodning tabiatga do`stona munosabatda bo`lishi, uni sevishi, qo`riqlashi va undan oqilona foydalanishida qo`riqxona, zoologiya muzeylari, milliy bog`lar hamda hayvonot bog`larining roli nihoyatda katta va bu ishda umurtqali hayvonlar bebaho material hisoblanadi.Hayvonlarni qo`riqlash va ulardan to`g`ri foydalanishsa qo`riqxonalar, buyurtmaxonalar, “Qizil kitob” va 1997 yil 26 dekabrda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining sessiyasida qabul qilingan “O`zbekiston Respublikasi hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida”gi Qonun katta ahamiyatga ega.Umurtqali hayvonlar zoologiyasining kelajakdagi rivojlanishi tabiatni muhofaza qilish va uning boyliklaridan to’g’ri foydalanish masalalari bilan bog`liq bo`ladi.Umurtqalilar zoologiyasi fanining qisqasha rivojlanish tarixi. Umurtqali hayvonlar to`g`risidagi dastlabki ma'lumotlar qadimgi yunon faylasufi va tabiatshunosi Arastu (Aristotel, eramizga qadar 384-332 yillar) tomonidan berilgan. Uning “Hayvonlar tarixi”, “Hayvonlarning kelib chiqish tarixi”, “Hayvonlarning qismlari to`g`risida” kabi asarlarida 452 tur hayvon to`g`risida ma'lumotlar mavjud. Arastu hayvonlarni ikki guruhga ajratgan:
1) qoni yo`q hayvonlar;
2) qoni bor hayvonlar.
Bu guruhlar hozirgi sistemaga muvofiq umurtqasizlar va umurtqalilarga mos keladi. Qadimgi Rim tabiatshunos olimi Gay Pliniy (eramizning 23-79 yillari) o`zining 37 kitobdan iborat “Tabiiy tarix” asarida o`sha davrda ma'lum bo`lgan barcha hayvonlarni ta'riflab byergan.Eramizning boshidan to o`rta asrlarga qadar fanda turg`unlik davri boshlandi. Uyg`onish davrida (XV—XVI asrlar) tabiatni, shu jumladan, hayvonlarni o`rganishga qiziqish qayta jonlandi. Bu davrda hayvonlar to`g`risida to`plangan materiallarni sistemaga solish talab qilinar edi. Mana shunday zoologik ishlardan biri shveytsariyalik olim, shifokor va naturalist Ye.Gesnyerning (1516-1565) 17 tomli “Hayvonlar tarixi” degan kitobidir. Hayvonot dunyosining zamonaviy sistemasi to`g`risidagi ta'limotni XVIII asrga kelib shved olimi K.Linney yaratdi. K.Linney hamma hayvonlarni 6 ta sinfga bo`ldi: sutemizuvchilar, qushlar, suvda va quruqlikda yashovchilar, baliqlar, hasharotlar va chuvalchanglar. U o`zining mashhur “Tabiat sistemasi” nomli asarida sinflarni turkumlarga, turkumlarni avlodlarga va avlodlarni turlarga ajratdi. Lekin K.Linney o`sha davrda fanda hukmron bo`lgan turlarning o`zgarmasligi g`oyasini himoya qilgan.Fransuz naturalisti va anatomi J.Kyuve (1769-1832) organizmning bir butunligi hamda organ va qismlarning o`zaro bog`liqligi (korrelyatsiya) to`g`risidagi ta'limotni yaratdi. J.Kyuve zoologiya faniga “tip” tushunchasini kiritdi. U hayvonot dunyosini to`rtta tipga bo`ldi. Cho`lardan biri umurtqalilar bo`lib, bu tipni 4 ta sinfga: sutemizuvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar va baliqlarga ajratdi. Lekin J.Kyuve ham K.Linney kabi turlarning o`zgarmasligi g`oyasini ma'qulladi.
Turlarning o`zgaruvchanligi to`g`risidagi ta'limotni, ya'ni organik olam evolyutsiyasi to`g`risidagi g`oyani yaratuvchilardan biri fransuz naturalisti J.B.Lamark (1744-1829) edi. Lekin J.B.Lamarkevo-lyutsion jarayonning sabablarini yechib bera olmadi.Rossiyada umurtqali hayvonlar bo`yicha ilmiy materiallar Fanlar akademiyasi ekspeditsiyalarining ishi natijasida yig`ildi. Akademik P.S. Pallas Volgabo`yi, Sibir, Qozog`iston va Ural faunasini o`rgan-di. G.V. StellyerUzoqSharqni, I.G. Gmelin Rossiyaning yYevropa qismi janubini, Y.I. Lepexin mamlakatning shimoliy va markaziy qismlarining umurtqali hayvonlarini o`rgandilar. Ana shu materiallar asosida P.S. Pallas o`zining “Rus Osiyosi zoografikasi” (1811 y.) degan asarini yozdi. Bu kitobda o`sha davrda Rossiyada tarqalgan umurtqali hayvonlarning turlari, sistematikasi, geografik tarqalishi to`g`risida qimmatbaho materiallar berilgan. Akademik A.F.Middendorfning (1815-1844) umurtqalilar ekologiyasi va zoogeografiyasi to`g`risidagi materiallarni o`z ichiga olgan “Sibirning shimoliga va sharqiga sayohat” nomli asari katta ahamiyatga ega bo`ldi. Zoologiyada ekologik yo`nalishni rivojlantirishda Moskva univyersiteti professori K.F.Rulening (1814-1858) xizmatlari katta. U hayvon organizmi bilan tashqi muhitning bir butunligi, yashash muhitining o`zg`arishi hayvonning o`zgarishiga sabab bo`lishini tushuntirib byerdi. K.F.Rulening shog`irdi NASevyertsov (1827-1885) ustozi ishlarini umurtqali hay-vonlar ekologiyasi va geofafiyasi yo`nalishlarida kuchaytirdi.Rossiyaning umurtqali hayvonlarini o`rganishda L.S.Byerg (baliqlar), G.V.Nikolskiy va P.V.Terentev (amfibiya va reptiliyalar), G.P.Dementev (qushlar), S.I.Ognev (sutemizuvchilar) kabi olimlarning xizmatlari juda katta. Umurtqali hayvonlarning ekologiyasini keyinchalik prof.D.N.Kashkarov (1878-1941), akademik S.S.Shvarts (1919-1976), prof. N.P.Naumovlar (1902-1982) batafsil va har tomonlama o`rgandilar. Umurtqali hayvonlarning anatomiyasi, kelib chiqishi va evolyutsiyasi sohasida akademik I.I.Shmalgauzen (1884-1963) va uning ustozi A.N.Sevyertsovlar (1866-1936) buyuk ishlar qildilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |