II BOB. TASHKILOTNING MAQSAD VA VAZIFALARI
2.1. Tashkilotning asosiy maqsadi ( bolalarni milliy g‘oya asosida Vatanning sodiq farzandlari va komil inson etib tarbiyalash, ularning huquq-manfaatlarini ifoda etish va himoya qilish, iste’dod va qobiliyatlarini namoyon qilishlari hamda rivojlantirishlari uchun shart-sharoitlar yaratib berishdan iboratdir.
2.2. Tashkilot o‘zining asosiy maqsadlaridan kelib chiqib quyidagi ustuvor yo‘nalishlar va bu yo‘nalishlar bo‘yicha asosiy vazifalarni amalga oshiradi:
I. Huquqiy savodxonlik yo‘nalishi – bolalarning huquqiy savodxonligi va madaniyatini yuksaltirish hamda ular o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasiga ko‘maklashish.
II. Ma’naviyat va ma’rifat yo‘nalishi – bolalarni ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk, komil va vatanparvar inson sifatida tarbiyalash, ularda milliy g‘urur va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish.
III. Iqtidorli bolalar yo‘nalishi – iste’dodli bolalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning iste’dodi, ijtimoiy faolligi, tashabbuskorligini rivojlantirishga ko‘maklashish.
IV. Sport, salomatlik va ekologiya yo‘nalishi – bolalar o‘rtasida sport-sog‘lomlashtirish, sog‘lom turmush tarzi va ekologik madaniyatni targ‘ib etish, ularni sport bilan muntazam shug‘ullanishga, tabiatni asrash ishiga keng jalb qilish.
V. Mehr-sahovat yo‘nalishi – kam ta’minlagan oila farzandlari, imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlash, hamda keksa va nafaqadagi faxriylar holidan xabar olish ishlarini amalga oshirish.
VI. Matbuot yo‘nalishi – tashkilot faoliyatiga oid ma’lumotlarni, o‘tkazilgan tadbirlarni umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi devoriy gazetalar, ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritilishini ta’minlash.
“KAMALAK” BOLALAR TASHKILOTI TO‘GARAKLARI
“Yosh ixtirochilar” to‘garagi
|
“O‘quvchi yoshlar teatri” to‘garagi
|
“Yosh hunarmandlar” to‘garagi
|
“Yosh qalamkashlar” to‘garagi
|
“KAMALAK” BOLALAR TASHKILOTINING VAZIFALARI
Birinchidan, bolalarning har tomonlama huquqiy manfaatlarini himoya qilish;
ikkinchidan, bolalarni milliy g’oya, umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash, bolalarda ona Vatanni sevish, ardoqlash, o’z Vatani bilan g’ururlanish va Vatan taraqqiyoti uchun o’z hissasini qo’shish tuyg’ularini kuchaytirish;
uchinchidan, bolalarda ekologik madaniyatni shakllantirish, tabiatni muhofaza qilish va asrab-avaylash ko’nikmalarini shakllantirish;
to’rtinchidan, bolalarda insonparvarlik va mehribonlik fazilatlarini tarbiyalash;
beshinchidan, bolalarning iqtidori va iste’dodini qo’llab-quvvatlash hamda rivojlantirish;
oltinchidan, bolalar o’rtasida sport bilan shug’ullanish, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya etish, ertalabki badantarbiya mashg’ulotlarini bajarish kabi qadriyatlarni targ’ib qilish;
ettinchidan, bolalarni ajdodlarimiz va xalqimiz merosi bilan yaqindan tanishtirish, ular o’rtasida turizmni rivojlantirishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |