xotira taassurotlari namoyon bo’ladi. Tafakkur kabi xayol ham o’tmish
tajribasini qayta ishla bilan yangi bilimlarni yaratishga qaratilgan.
Shunday qilib,
xayol
- bu real voqelikni aks ettiruvchi taassurotlami, qayta
tuzish va shu asosda yangi taassurotlami yaratish jarayoni. Xayol - bu obraz,
tasawur yoki g’oya shaklidagi yangilik yaratishning psixik jarayoni.
Xayol obrazlari idrok obrazlari va xotira tasavvurlaridan
ularda inson hali
duch kelmaganlari aniqlanishi va shu tarkibda bo’lishi bilan farq qiladi. Bular
inson ko’z o’ngida sodir bo’lmagan va bo’lishi mumkin bo’lmagan hodisalar,
dalillar, voqealardir. Xayol obrazlari o’zida sodir bo’lishi kutilgan voqea va
hodisalami tutishi mumkin. SHu bilan birga, xayollarda
kashf etilgan yangilik
doimo haqiqatda mavjud bo’lganlar bilan u yoki bu darajada bog’langan bo’ladi.
Xayol obrazlari idrok obrazlariga, shuningdek, xayolda chuqur o’zgarishlarga
uchraydigan xotira tasavvurlariga ham tayanadi. Insonning individual
taraqqiyoti jarayonida xayol tafakkur bilan uzviy aloqada shakllanadi. Xayol
obrazlarini tuzish inson aqliy taraqqiyotining yuqori
darajasidagina amalga
oshishi mumkin.
Ko’p hollarda xayol yangi yechimni topish zaruriyati tug’ilganida, ya’ni,
harakatdan o’zib ketgan holda aks ettirish talab etilgan muammoli vaziyatda
yuzaga keladi.
Xayol natijasida inson kelajakni oldindan ko’ra oladi va o’z hulq-atvorini
boshqaradi, atrof-olamni ijodkorlik bilan o’zgartiradi. Xayol - mehnat
faoliyatida shakllangan psixik faollikning maxsus tarzda inson tomonidan
ifodalanishi. Xayol voqelikni avvaldan aks ettirishni ta’minlaydi,
bunda
o’tmishning kelajakdagi proektsiyasi hosil qilinadi. Xayol insonga vaziyatda
yo’l topishga va bevosita amaliy harakatlaming aralashuvisiz masalalami hal
etish imkonini yaratuvchi ko’rgazmali-obrazli tafakkuming asosi bo’lib xizmat
qiladi. Xayol obrazlari faqat insonda mavjud bo’lgan real olam obrazlarining
alohida tomonlarini qayta ishlab chiqish yo’li bilan yaratiladi.
Xayol doimo insonning amaliy faoliyatiga yo’naltirilgan bo’ladi.
Inson
biror harakatni amalga oshirishdan aw al, uni qanday bajarish zarurligi va uni
qanday bajarishini tasawur qiladi. SHunday qilib, u awaldan keyinchalik sodir
bo’ladigan amaliy faoliyatda ishlab chiqariladigan moddiy jism obrazini
yaratadi.
Xayol faoliyati inson hissiy kechinmalari va
uning iroda harakatlarini
tadbiq etish bilan uzviy holda bog’langan.
Xayolning
fiziologik asosi
nerv aloqalarini dolzarblashtirish, ulaming
yemirilishi, qayta guruhlarga qo’shilib, yangi tizimlarga birlashishi, o’tmish
tajribada shakllanib bo’lgan vaqtinchalik aloqalar yangi uyg’unliklarining hosil
bo’lishidan iborat. Bunda mavjud bo’lgan vaqtinchalik aloqalarning oddiy holda
244
dolzarblashtirilish yangilikning yaratilishiga olib bormaydi.
Yangilikning
yaratilishi avval bir-biri bilan uyg’unlashmagan vaqtinchalik nerv aloqalaridan
hosil bo’lgan uyg’unlikni taqazo etadi. Xayol jarayoni ikkila xabarlovchi
tizimlaming hamkorlikdagi faoliyatidan iborat. Bunda ikkinchi xabar tizimi -
so’z katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Barcha ko’rgazmali obrazlar u bilan uzluksiz ravishda bog’langandir. So’z
xayol obrazlarining hosil bo’lish manbai bo’lib xizmat qiladi,
ularning tarkib
topish yo’lini nazorat qiladi, ulami saqlab qolish, mustahkamlash, o’zgartirish
vositasi hisoblanadi. Xayol doimo voqelikdan chetga chiqishdir.lekin istalgan
vaziyatda xayol manbai - ob’ektiv voqelik hisoblanadi.
Inson hayotida xayol qator maxsus
Do'stlaringiz bilan baham: