O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA .O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
NIZMONIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAR PEDAGOGIKA UNIVERITETI
Tillar fakulteti o`zbek tili va adabiyoti ta`lim yo`nalishi
308- guruh talabasi Ahmedova Shahnozaning
hozirgi o`zbek adabiy tili fanidan
“O’zbek tilshunosligida hosila uslub talqini” mavzusidagi
KURS ISHI
Toshkent-2023
MUNADJIRA.
KIRISH ……………………………………………………………………….….3
I.BOB TILSHINOSLIK FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI.
1.1 Til –ijtimoiy hodisa. ………………………………………………………….4
1.2 Til – fikr ifodalashning muhim vositasi. ……………………………………..11
II.BOB O’ZBEK TIL SHUNOSLIGIDA HOSILA VA USLUB TALQINI.
2.1 So’z yasalish qolipi hosilalarida leksemalashish …………………………….15
2.2 Hosila lug‘aviy ma’nolarning lisoniy sathga ko‘tarilish bosqichlari…………19
XULOSA ………………………………………………………………………… 25
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………….28
KIRISH
Respublikamizning mustaqil davlat sifatida jahon hamjamiyatiga qo’shilganligi boshqa fanlar qatori milliy tilshunoslikning ham imkoniyatlarini kengaytirdi. Natijada o’zbek tili hodisalarini sistema sifatida o’rganish, milliy tilimizni boshqa tillar andozalariga solmasdan, o’z ichki tabiatiga muvofiq tarzda tadqiq etish, tadqiqotlar metodologiyasini zamonaviylashtirishga erishildi. Keyingi yillarda amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida o’zbek tilining fonetik, leksik va grammatik sathlari sistemali ravishda tadqiq etilib, milliy tilimizning yaxlit sistemaviy ta’limoti ishlab chiqildi. O’n yilcha oldin tilshunosligimizda tor yo’nalish sifatida ish boshlagan bu yangilik jahon tilshunosligi tomonidan e’tirof etildi va hatto unga ta’sir ko’rsata boshladi. Tabiiyki, yangilikning tan olinishi qanchalik qiyin kechmasin, uning amaliyotga tadbiqi muvaffaqiyatli bo’lsa, u shunchalik katta yutuqlarga ega bo’ladi.
O’zbek tiliga lisoniy qolip, hosila, leksemalashish kabi tushunchalar kirib keldi. Sistem-struktur tilshunoslikning yetuk vakillaridan X.Ne’matov, R.Rasulov, R.Sayfullayeva va ularning izdoshlari ishlarida lisoniy sintaktik qolip tushunchasiga oydinlik kiritildi. Biroq har qanday lisoniy qolip hosilasining davrlar o’tishi bilan ma’no taraqqiyotiga uchrashi natijasida lisoniylashuvi – leksemaga aylanishi masalalari atroflicha tadqiq qilinmagan. Ishda lisoniylashayotgan – leksemalashish jarayonlarini boshidan kechirayotgan so’z yasash qolipi, qo’shma, juft, takroriy so’zlar, so’z birikmasi va gap qolipi hosilalarini o’rganish, ularni lisoniy va nutqiy yasalma ekanligini aniqlash bosh maqsad qilib olindi.
Ma’lumki, til jonli mavjudot bo’lib, davrlar o’tishi bilan u turli o’zgarishlarga uchraydi – tublashish, soddalashish, yaxlitlanish, ixtisoslashish jarayonlarini boshidan kechiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |