Xomiladorlik va tug’ish ta’tillari
Homiladorlik va tug’ish ta’tilini olish huquqiga mehnat shartnomasi bo’yicha ishlovchi barcha ayollar ish staji bo’lishidan qat’i nazar egadirlar.
Mehnat kodeksining 233-moddasiga muvofiq tuqqunga qadar 70 kalendarь kun va tuqqandan keyin 56 kalendarь kun (tug’ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tug’ilgan hollarda - 70 kalendarь kun) muddati bilan homiladorlik va tug’ish ta’tili beriladi.
Belgilangan tartibda berilgan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi homiladorlik va tug’ish ta’tilini berish uchun asos bo’ladi.
Homiladorlik va tutish ta’tilining umumiy muddati jamlangan holda hisoblab chiqilib, tibbiy xulosada belgilangan kundan e’tiboran ayolga to’liq beriladi. Uning tugash sanasi ayol tug’ishiga qadar bunday ta’tilning necha kunidan foydalanganidan qat’i nazar o’zgarmaydi.
Masalan, ikki ayolga joriy yilning 1 yanvaridan 5 mayga qadar homiladorlik va tug’ish ta’tili berilgan. Ularning ikkalasida 70 kalendarь kundan keyin emas, aytaylik, bittasida - ta’til boshlangach 64 kalendarь kundan keyin, boshqasida - 72 kalendarь kundan sung bola tug’ilgan. SHunga qaramay, ikkala ayolning ham homiladorlik va tug’ish ta’tili 5 mayda tugaydi.
Ko’rsatilgan ta’tilning umumiy muddati faqat qonun hujjatlarida belgilangan holatlarda, xususan, tug’ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tug’ilgan hollarda ko’paytiriladi. Bunday hollarda, ta’tilning umumiy muddati 140 kalendarь kungacha ko’paytirilishi kerak. Homiladorlik va tug’ish ta’tilini ko’paytirish uchun vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi asos bo’lib uni berishda bu hisobga olinadi.
Homiladorlik va tug’ish ta’tilining muddati kalendarь kunlarda hisoblanishi sababli, bu ta’til hisobiga faqat ish kunlarigina emas, balki dam olish va bayram kunlari ham qo’shib hisoblanadi.
Homiladorlik va tug’ish ta’tili davrida ayolning ish joyi (lavozimi) saqlanadi. Bu ta’til mehnat stajiga, shu jumladan mutaxassisligi bo’yicha ish stajiga, shuningdek keyinga mehnat ta’tilini olish huquqini beradigan stajga qo’shiladi. Mehnat kodeksi 235-moddasiga muvofiq, yangi tug’ilgan bolalarni bevosita tug’ruqxonadan farzandlikka olgan yoki bolalarga vasiy qilib belgalangan shaxslarga bola farzanddikka olingan (vasiylik belgilangan) kundan boshlab, bola tug’ilgan kundan e’tiboran 56 kun (ikki yoki undan ortiq bola asrab olingan (vasiylik belgilangan) taqdirda esa 70 kalendarь kun) o’tgunga qadar bo’lgan davrda nafaqa to’langan holda ta’til beriladi. Masalan, bola 1 yanvarda tug’ilgan, 10 yanvarda esa farzandlikka olingan (vasiylik belgilangan). Bolaning otasiga (vasiyga) 10 yanvardan e’tiboran (farzandlikka olish kunidan) 25 fevralga qadar (bola tug’ilgan kundan e’tiboran 56 kalendarь kun o’tgunga qadar) ta’til berilishi kerak Bu holda ta’tilning umumiy muddati 48 kalendarь kunni tashkil etadi. Homiladorlik va tug’ish ta’tili singari miqdorda va tartibda to’lanadigan nafaqani tayinlash uchun asos bo’ladigan mehnatga layoqatsizlik varaqasi xuddi shu davr uchun belgilangan tartibda beriladi. Ikki yoki undan ortiq bola farzandlikka olinganda ta’til muddati muvofiq ravishda ular tug’ilgan kundan e’tiboran 70 kalendarь kun hisobidan hisoblab chiqariladi va tayinlanadi. Keyinchalik farzandlikka oluvchiga (vasiyga) uning xohishiga ko’ra umumiy asoslarda bola ikki yoshga to’lgunga qadar bolani parvarishlash ta’tili beriladi.
Bolani parvarishlash ta’tili Mehnat kodeksining 234-moddasiga muvofiq, homiladorlik va tug’ish ta’tili tugaganidan keyin ayolning xohishiga ko’ra, ish stajidan qat’i nazar, bola ikki yoshga to’lgunga qadar parvarishlash uchun, ana shu davrda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nafaqa to’lash nazarda tutilgan.
Mazkur ta’tildan bolaning otasi, buvisi, buvasi yoki bolani amalda parvarishlayotgan boshqa qarindoshlari ham to’liq yoki uni qismlarga bo’lib foydalanishlari mumkin.
Ayolning bolasi ikki yoshga to’lgunga qadar uni parvarishlash uchun ta’til berilishini so’rab murojaat etishi, o’z qarorini o’zgartirish va shu davr mobaynida istalgan vaqtda ta’tildan umuman voz kechish yoki faqat uni biron-bir davrga to’xtatib turish va ishga tushish xuquqidan mahrum etmaydi. Bunda to’liq bo’lmagan ish vaqti rejimida yoki ish beruvchi bilan kelishib uyda ishlagan davrida ayolning bolani parvarishlash nafaqasini olish huquqi saqlanib qoladi.
Bolani parvarishlash ta’tili vaqti ish stajiga, shu jumladan mutaxassisligi buyicha ish stajiga ham qo’shiladi. Biroq bu vaqt, agar jamoa shartnomasida yoki korxonaning boshqa lokal hujjatida yoxud mehnat shartnomasida o’zgacha hol nazarda tutilmagan bo’lsa, navbatdagi mehnat ta’tilini olish huquqini beradigan ish stajiga qo’shilmaydi.
Bolani parvarishlash ta’tili davrida ayolning ish joyi (lavozimi) saqlanadi, korxonaning tugatilishi hollari bundan mustasno.
Bolani parvarishlash nafaqasi bolaning onasiga yoki bolani amalda parvarishlayotgan boshqa qarindoshiga tayinlanadi. Bu nafaqani tayinlash va to’lash tartibi Mehnat kodeksi bilan, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2002 yil 18 fevralda tasdiqlagan va O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 2002 yil 14 martda ro’yxatga olgan “Ishlayotgan onalarga bolani ikki yoshga to’lgungacha parvarish qilish bo’yicha har oylik nafaqa tayinlash va to’lash tartibi to’g’risida Nizom”98 bilan belgilangan.Nafaqa bola ikki yoshga to’lgunga qadar har oyda respublikada belgilangan eng kam ish haqining 200 foizi miqdorida, parvarishlanayotgan bolalar soni va nafaqa oluvchi shaxsning mehnat stajidan qat’i nazar, to’lanadi. Nafaqa bola ikki yoshga to’lgan oyga qadar to’lanadi.
Bolani parvarishlash uchun beriladigan nafaqani to’lash quyidagi hollarda to’xtatiladi:
parvarishlanayotgan bola ikki yoshga to’lganda;
bola to’liq davlat ta’minoti uchun ixtisoslashtirilgan muassasaga (chaqaloqlar uyiga) joylashtirilganda;
bola vafot etganda;
oila bola bilan doimiy yashash uchun O’zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketganda.
Odatda bolani parvarishlash uchun beriladigan ta’tildan (bola ikki yoshga to’lgunga qadar qisman haq to’lanadigan ta’tildan ham, bola uch yoshga to’lgunga qadar ish haqi saqlanmagan holda beriladigan ta’tildan ham) bolaning onasi foydalanadi. Ayni chog’da shunga e’tibor qaratish kerakki, Mehnat kodeksi 234-moddasining uchinchi qismiga muvofiq, bolani parvarishlash uchun beriladigan ta’tillardan bolaning otasi, buvisi, buvasi yoki bolani amalda parvarishlayotgan boshqa qarindoshi ham to’liq yoki uni qismlarga bo’lib foydalanishlari mumkin. Bunda bolani parvarishlash uchun beriladigan ta’tildan bolaning onasi emas, oilaning boshqa a’zosi foydalanadigan hollarni ikki guruhga bo’lish mumkin. Ularning birinchisi jumlasiga muayyan holatlar tufayli bolaning onasi mazkur ta’tildan to’liq yoki qisman foydalana olmaydigan hollarni kiritish kerak bo’ladi (onaning vafot etishi, uning bolani parvarishlashga xalaqit beruvchi nogironligi, onaning statsionar davolash muassasasida davolanishda bo’lishi, onaning onalik huquqidan mahrum etilishi va hokazo). Bunday hollarda, bolani ona o’rniga parvarishlashni xohlovchi shaxs bolani parvarishlash uchun beriladigan tegishli ta’tillarni va nafaqani olish uchun ariza va bolaning tug’ilganligi to’g’risidagi guvohnomaning ko’chirma nusxasidan tashqari ona bolasini parvarishlay olmasligini tasdiqlovchi hujjatlarni (ona vafot etganligi haqidagi guvohnomani, onalik huquqidan mahrum etilganligi haqida sud organlari bergan ma’lumotnomani va boshqa shu kabilarni) ham taqdim etishi kerak.
SHuni ham nazarda tutish kerakki, Mehnat kodeksi 234-moddasining uchinchi qismi bolani parvarishlash uchun beriladigan ta’tillardan foydalanish imkoniyatini ona uni parvarishlay olmaydigan hollar bilangina cheklab qo’ymaydi, hatto ona bolani parvarishlashi mumkin bo’lganda ham, amaldagi qonun hujjatlari bolani kim parvarishlashi to’g’risidagi masalani aynan oila hal etishi imkoniyatini beradi.
Bolani parvarishlash uchun beriladigan ta’tillarni rasmiylashtirish paytida ona o’rniga bolani amalda parvarishlayotgan shaxs bolaning onasi shu ta’tildan foydalanmayotganligi va bolani parvarishlash nafaqasini olmayotganligi haqida uning ish (o’qish, xizmat) joyidan ma’lumotnoma taqdim etishi zarur.
SHunga e’tibor berish kerakki, bolani parvarishlash ta’tillari bolalarni tug’ruqxonadan emas, chetdan farzandlikka olgan (vasiylik belgilangan) shaxslarga ham beriladi. Tushuntirish berib o’tilganidek, bolalarni bevosita tug’ruqxonadan farzandlikka olinganda (vasiylik belgilanganda) bolani parvarishlash ta’tillarini berish Mehnat kodeksi 235-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Biroq bu bolalarni boshqa muassasalardan (masalan, bolalar uyidan) farzandlikka oluvchilarga bolani parvarishlash ta’tillarini berish rad etilishi mumkin degan ma’noni bildirmaydi. Mehnat kodeksining 238-moddasiga ko’ra, ayollarga onalik bilan bog’liq holda beriladigan kafolatlar va imtiyozlar (tungi ishlarga va ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish kunlaridagi ishlarga jalb etish va xizmat safarlariga yuborishni cheklash, shuningdek qo’shimcha ta’tillar berish, imtiyozli ish rejalarini o’rnatish hamda mehnat to’g’risidaga qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda belgilangan boshqa kafolatlar va imtiyozlar) onasiz bolalarni (ona vafot etgan, onalik huquqlaridan mahrum etilgan, uzoqvaqt davolash muassasalarida bo’lgan va bolalari to’g’risida ona sifatida g’amxo’rlik qilmagan boshqa hollarda) tarbiyalayotgan otalarga, shuningdek voyaga yetmagan bolalarning vasiylariga (homiylariga) ham tatbiq etiladi.
Mehnat kodeksining 232-moddasiga muvofiq, o’n ikki yoshga to’lmagan ikki yoki undan ortiq bolasi yoki o’n olti yoshga to’lmagan nogiron bolasi bor ayollarga har yili uch ish kunidan kam bo’lmagan muddat bilan haq to’lanadigan qo’shimcha ta’til beriladi.
Bu ta’tilni berish tartibi uni tatbiq etishda hisobga olinishi zarur bulgan bir qator hususiyatlarga ega. Jumladan:
1)Mehnat kodeksining 149-moddasi bu ta’tilni ijtimoiy ta’tillar jumlasiga kiritadi. Bunday ta’tilni berishda ijtimoiy ta’tillar uchun nazarda tutilgan umumiy qoidalarga rioya etiladi. Xususan, Mehnat kodeksi 151-moddasining uchinchi qismiga muvofiq, ijtimoiy ta’tillarning barcha boshqa turlari singari, mazkur ta’tildan faqat asli holida foydalanish mumkin, uni pullik kompensatsiya bilan almashtirishga, keyingi ish yiliga ko’chirishga, binobarin, bu ta’tillarni bir necha yil uchun jamlashga yo’l qo’yilmaydi;
2) Mehnat kodeksi 232-moddasining birinchi qismiga muvofiq, mazkur ta’til, ayni chog’da, qo’shimcha ta’til hisoblanadi. Demak, uni berishda mehnat ta’tilining umumiy muddatini jamlashning Kodeksning 140-moddasida nazarda tutilgan tartibiga, ya’ni 48 ish kunidan oshib ketmasligiga rioya etilishi kerak Bu uning o’n ikki yoshga to’lmagan ikki va undan ortiq bolasi yoki o’n olti yoshga to’lmagan nogiron bolasi bor deyarli har bir ayolga berilishini ta’minlaydi;
3) Mehnat kodeksi 232-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan qo’shimcha ijtimoiy ta’til ayolning xohishiga ko’ra yo mehnat ta’tiliga qo’shib berilishi, yo tegishli ish yili mobaynida istalgan vaqtda alohida foydalanilishi mumkin;
Mehnat kodeksi ko’rib chiqilayotgan ta’tilning faqat eng kam muddatini nazarda tutadi. Bundan shunday xulosa chiqaish mumkinki, o’n ikki yoshga to’lmagan ikki va undan ortiq bolasi (o’n olti yoshga to’lmagan nogiron bolasi) bor ayol qaerda ishlashidan qatьi nazar, ish beruvchi unga uch ish kunidan kam bo’lmagan muddat bilan qo’shimcha ta’til berishi shart. Ayni chog’da jamoa kelishuvida, jamoa shartnomasida yoxud mehnat shartnomasida bunday ta’til muddatini uzaytirish nazarda tutilishi mumkin;
Ko’rib chiqilayotgan ta’tilni berishda, Mehnat kodeksining 238-moddasiga muvofiq, ayollarga onalik bilan bog’liq holda beriladigan kafolatlar va imtiyozlar (tungi ishlarga va ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish kunlaridagi ishlarga jalb etishni va xizmat safarlariga yuborishni cheklash, shuningdek qo’shimcha ta’tillar berish, imtiyozli ish rejimlarini o’rnatish hamda mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda belgilangan boshqa kafolatlar va imtiyozlar), onasiz bolalarni (ona vafot etgan, onalik huquqlaridan mahrum etilgan, uzoq vaqt davolash muassasalarida bo’lgan va bolalari to’g’risida ona sifatida g’amxo’rlik qilmagan boshqa hollarda) tarbiyalayotgan otalarga, shuningdek voyaga yetmagan bolalarning vasiylariga (homiylariga) ham tatbiq etiladi. Ko’rsatilgan kafolatlar va imtiyozlar, shuningdek ota-ona g’amxo’rligidan mahrum bo’lgan bolalarni amalda tarbiya qilayotgan buviga, buvaga yoki boshqa qarindoshlarga ham beriladi. Binobarin, Mehnat kodeksi 232-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan qo’shimcha ijtimoiy ta’tilni olish huquqidan, agar yuqorida keltirilgan holatlar mavjud bo’lsa, bolaning otasi, unga vasiylik (homiylik) qiluvchi, shuningdek ota-ona g’amxo’rligidan mahrum bo’lgan bolalarni amalda tarbiya qilayotgan buvisi, buvasi yoki boshqa qarindoshlari foydalanadilar. O’n ikki yoshga to’lmagan ikki va undan ortiq yoshdagi bolasi yoki o’n olti yoshga to’lmagan nogiron bolasi bor ayollar uch kunlik haq to’lanadigan ta’tildan tashqari kamida 14 kalendarь kun muddat bilan ish haqi saqlanmagan holda yillik ta’til ham olish huquqiga egadirlar.
O’quv ta’tillari
Ta’lim muassasalarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o’qib, o’quv rejasini bajarayotgan xodimlar mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda belgilangan tartibda ish joyidan haq to’lanadigan qo’shimcha ta’tilga chiqish, qisqartirilgan ish haftasi sharoitida ishlash va boshqa imtiyozlar olish huquqiga egaliklari O’zbekiston Respublikasining Meg’nat kodeksida belgilab qo’yilgan.
O’z maqsadiga ko’ra o’quv ta’tili kirish, kursdan-kursga o’tish yoki bitirish imtihonlarini topshirish, laboratoriya-imtihon sessiyasida qatnashish uchun, diplom loyihasini tayyorlash va himoya qilish davrida berilishi mumkin va hokazo. Odatda o’quv ta’tillari davrida xodimning o’rtacha ish haqi saqlanadi. SHu bilan bir vaqtda, oliy o’quv yurtlariga kirish imtihonlari topshirishga ruxsat etilgan xodimlarga oliy o’quv yurtlariga kirish uchun kamida o’n besh kalendarь kun, muddat bilan ish haqi saqlanmagan holda ta’til beriladi, o’quv yurtlari joylashgan yerga borish va qaytib kelish vaqti bu hisobga kirmaydi. Mehnat kodeksining 256-moddasi oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida ta’lim olayotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyasida qatnashish davrida quyidagi tartibda: birinchi va ikkinchi kursda ta’limning kechki shaklida oliy o’quv yurtlarida ta’lim olayotganlarga har yili kamida yigirma kalendarь kun, o’rta maxsus o’quv yurtlarida ta’lim olayotganlarga har yili kamida o’n kalendarь kun, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida sirtdan ta’lim olayotganlarga esa, har yili kamida o’ttiz kalendarь kun; uchinchi va undan keyingi kursda ta’limning kechki shaklida oliy o’quv yurtlarida ta’lim olayotganlarga har yili kamida o’ttiz kalendarь kun, o’rta maxsus o’quv yurtlarida ta’lim olayotganlarga har yili kamida yigirma kalendarь kun, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida sirtdan ta’lim olayotganlarga esa, har yili kamida qirq kalendarь kun; oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida bitiruv imtihonlarini topshirish davrida kamida o’ttiz kalendarь kun; diplom loyihasini (ishini) tayyorlash va yoqlash davrida oliy o’quv yurti talabalariga to’rt oy, o’rta maxsus o’quv yurti talabalariga esa ikki oy muddat bilan o’rtacha oylik ish haqi saqlangan holda qo’shimcha ta’tillar berilishini nazarda tutadi.
Ta’lim muassasalarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o’qiyotganlarga yillik ta’tillarni ish beruvchi ularning xohishiga ko’ra imtihonlar va laboratoriya-imtihon sessiyalari vaqtiga to’g’rilab berishi shart.
Ish beruvchi oliy o’quv yurtlarida sirtdan ta’lim olayotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyasida qatnashish maqsadida o’quv yurti joylashgan yerga borishi va u yerdan qaytib kelishi uchun hamda diplom loyihasi (ishi) tayyorlash va uni yoqlash yoki bitiruv imtihonlarini topshirish uchun borib kelinganda yiliga bir marta yo’l kiraning ellik foizdan kam bo’lmagan qiymatini to’lashi nazarda tutilgan.
Ijodiy ta’tillar Mehnat kodeksining 285-moddasiga muvofiq, Ishlab chiqarish yoki pedagogik faoliyatni ilmiy ish bilan birga qo’shib olib borayotgan shaxslarga doktorlik dissertatsiyasini yakunlash, shuningdek darsliklar va o’quv-uslubiy qo’llanmalar yozish uchun asosiy ish joyida o’rtacha oylik ish haqi va lavozimi saqlangan holda ijodiy ta’tillar beriladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 133-son qaroriga muvofiq, ilmiy darajalarga da’vogarlar doktorlik dissertatsiyalarini, shuningdek darsliklar va o’quv-uslubiy qo’llanmalarning mualliflari qo’lyozmalarini yakunlashlari uchun shart-sharoit yaratish maqsadida ishlab chiqarish yoki pedagogik faoliyatni ilmiy ish bilan muvaffaqiyatli qo’shib olib borayotgan shaxslarga asosiy ish joyida o’rtacha oylik ish haqi va lavozimi saqlangan holda doktorlik dissertatsiyasini yakunlash uchun olti oygacha muddat bilan ijodiy ta’til beriladi
Ijodiy ta’tillar uchun haq to’lash belgilab qo’yilgan ish haqi fondi, shuningdek ilmiy kadrlarni tayyorlash uchun nazarda tutiladigan mablag’lar doirasida amalga oshiriladi.
Jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomasi yoxud ish beruvchi bilan kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi o’rtasidagi kelishuvga binoan ijodiy ta’tillarning yuqorida ko’rsatilgan muddati korxonaning o’z mablag’lari hisobidan ko’paytirilishi mumkin.
Ijodiy ta’tillarni berish xodimga belgilangan yillik mehnat ta’tillarining muddatiga ta’sir etmaydi. Ish beruvchi xodimning xohishiga ko’ra mehnat ta’tilini ijodiy ta’tilga to’g’rilab berishi shart.
Ijodiy ta’til:
davlat oliy o’quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarining xodimlariga – direktor (rektor) tomonidan shu muassasalar Ilmiy kengashining tavsiyanomasi taqdim etilgandan keyin;
boshqa davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalarining xodimlariga – vazirlik (idora) tomonidan da’vogar biriktirib qo’yilgan oliy o’quv yurti yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi Ilmiy kengashining tavsiyanomasi taqdim etilgandan keyin beriladi.
Ilmiy daraja da’vogarlariga ijodiy ta’tilni rasmiylashtirish uchun kafedra (bo’lim, laboratoriya va hokazo) Ilmiy kengashga asoslantirilgan iltimosnoma yo’llaydi.
Ijodiy ta’til berish to’g’risidagi tavsiyanomalar Ilmiy kengashlar tomonidan ilmiy ishning dolzarbligini, o’tkazilgan tadqiqotlar ko’lamini va ta’til vaqti ichida dissertatsiyani yakunlash imkoniyatlarini hisobga olgan holda beriladi.
Ilmiy kengashning tavsiyasida dissertatsiyani yakunlash uchun zarur bo’lgan ta’tilni berish vaqgi va muddatlari ko’rsatiladi.
Ijodiy ta’til olgan shaxslar ta’til tugaganidan keyin qilingan ish to’g’risida hisobot taqdim etadilar.
Ijodiy ta’tillar asosiy ish joyida davlat oliy o’quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot muassasalarining xodimlariga darsliklar yoki o’quv-uslubiy qo’llanmalar yozish uchun oliy o’quv yurti, ilmiy-tadqiqot muassasasi Ilmiy kengashining tavsiyanomasiga binoan beriladi.
Ish mualliflar jamoalari tomonidan yozilganda ijodiy ta’til mualliflar jamoasining barcha a’zolari tomonidan imzolangan yozma arizaga binoan mualliflar jamoasining a’zolaridan biriga beriladi. Mualliflar ta’tilni o’zaro taqsimlashga ham haqlidirlar.
Ijodiy ta’til tugaganidan keyin muallif oliy o’quv yurti, ilmiy-tadqiqot muassasasining Ilmiy kengashiga ishning qulyozmasi tariqasidagi hisobotni, asosiy ish joyidagi muassasa, korxona, tashkilot rahbariga esa -ish yakunlangani to’g’risidaga tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi.
Ijodiy ta’tillarni berish va ularning muddati nodavlat oliy o’quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida jamoa shartnomasida (agar u tuzilmagan bo’lsa – ish beruvchi bilan kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi o’rtasidagi kelishuvga binoan) yoxud xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasida yuqorida ko’rib chiqilgan tartibga muvofiq ravishda belgilab qo’yiladi.
Ish haqi saqlanmagan holda beriladigan ta’tillar
Ana shu turdagi ta’tilning nomi amalda uning xususiyatlarini aks ettiradi. Boshqa ta’tillardan farqli ravishda bu ta’til davrida, uning muddatidan qat’i nazar, xodimning ish haqi saqlanib qolmaydi. Boshqa barcha ta’tillar uchun ham xos bo’lgan umumiy xususiyat shuki, bunday ta’tilda bo’linadigan butun davr mobaynida xodimning ish joyi (lavozimi) saqlanib qoladi.
MK 150-moddasining birinchi qismiga muvofiq, Xodimning arizasiga ko’ra unga ish haqi saqlanmagan holda ta’til berilishi mumkin, uning davomiyligi xodim va ish beruvchi o’rtasidagi kelishuvga ko’ra belgilanadi, lekin u o’n ikki oylik davr mobaynida jami uch oydan ortiq bo’lmasligi kerak.
Demak, ish beruvchi hech qanday holatda xodimning roziligisiz uni ish haqi saqlanmagan holda ta’tilga chiqarishga haqli emas.
Mehnat kodeksi 150-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, quyidagi xodimlarga ularning xohishiga ko’ra ish haqi saqlanmagan holda ta’til berilishi shart:
1941 — 1945 yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari jihatidan ularga tenglashtirilgan shaxslarga — har yili o’n to’rt kalendarь kunga qadar;
ishlayotgan I va II guruh nogironlariga — har yili o’n to’rt kalendarь kunga qadar;
ikki yoshdan uch yoshgacha bo’lgan bolani parvarish qilayotgan ayollarga;
o’n ikki yoshga to’lmagan ikki va undan ortiq bolani tarbiyalayotgan ayollarga — har yili o’n to’rt kalendarь kunga qadar.
Bundan tashqari, Mehnat kodeksi 254-moddasiga muvofiq ish beruvchi kirish imtihonlari topshirishga ruxsat etilgan xodimlarning iltimosiga binoan kirish imtihonlari topshirishga ruxsat etilgan xodimlarga o’quv yurtlari joylashgan yerga borish va qaytib kelish vaqti bu hisobga kirmagan holda oliy o’quv yurtlariga kirish uchun kamida o’n besh kalendarь kun, muddat bilan ish haqi saqlanmagan holda ta’til beriladi.
Bunday ta’tilni berish uchun o’quv yurtining tegishli buyrug’idan ko’chirma va xodimning arizasi asos bo’ladi.
Oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarining oxirgi kurslarida o’qiyotgan xodimlarga ta’til davrida talabalar va o’quvchilarga umumiy asoslarda stipendiya tayinlanishi kafolati bilan diplom loyihasiga materiallar to’plash uchun o’ttiz kalendarь kun muddat bilan ish haqi saqlanmagan holda ta’til beriladi.
Agar mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda yoki bevosita mehnat shartnomasi shartlarida nazarda tutilgan bo’lsa, boshqa hollarda ham ish haqi saqlanmagan holda ta’til berilishi kerak. Mehnat kodeksi mazkur moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, ish beruvchi 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari bo’lgan xodimlarning va imtiyozlari jihatidan ularga tenglashtirilgan shaxslarning iltimosiga binoan har yili 14 kalendarь kungacha muddat bilan ish haqi saqlanmagan holda ta’til berishi shart.
Ko’rsatib o’tilgan muddatlar doirasidagi ish haqi saqlanmagan holdagi ta’til ularning yillik mehnat ta’tiliga qo’shilishi yoki qismlarga bo’lib foydalanish mumkin. Ish beruvchi xodimga bu ta’tilni berishni rad etishga hakli emas, chunki mazkur modda xodimga bunday ta’tilni har yili berishni ish beruvchining zimmasiga yuklagan. Bu ta’tilni dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun beriladigan qo’shimcha ta’til deb hisoblash kerak Demak, Mehnat kodeksi 144-moddasining uchinchi qismiga muvofiq, urush qatnashchilari undan asosiy ta’til singari yozgi yoki o’zlari uchun qulay bo’lgan boshqa vaqtda foydalanishga haqlidirlar.
Urush qatnashchilari joriy yilda bunday ta’tildan foydalanishdan voz kechishga haqlidirlar. Biroq bu ularga ana shu ta’tilni ko’chirish va uni keyingi ish yilida berishni talab qilish huquqini bermaydi. Bunday ta’til faqat ish beruvchining roziligi bilan olinishi mumkin.
Mazkur moddaning ikkinchi qismiga muvofiq, ish beruvchi har yili ularning xohishiga ko’ra 14 kalendarь kun muddat bilan ish haqi saqlanmagan holda ta’til berishi shart.
Bu ta’tilni I va II guruh nogironlariga ham dam olish va mehnat qobiliyatini tiklash uchun beriladigan qo’shimcha ta’til deb hisoblib, Mehnat kodeksi 144-moddasining uchinchi qismiga muvofiq, ular bu ta’tildan yozgi yoki o’zlari uchun qulay bo’lgan boshqa vaqtda foydalanishga haqlidirlar.
Ish haqi saqlanmagan holda beriladigan ta’til faqat xodim bilan ish beruvchi o’rtasidaga kelishuvga binoan keyingi ish yiliga ko’chirilishi mumkin.
Ish vaqtidan tashqari ishlar odatda oshirilgan ish haqi to’lash bilan kompensatsiya qilinadi. Ammo ba’zi g’arb davlatlarida, jumladan Frantsiya, FRG, Italiya, Belьgiya, Niderlandiya, Daniya, SHveytsariya, Lyuksemburgda ish vaqtidan tashqari ishlar uchun otgul berish yo’li bilan kompensatsiya qilinishi jamoa shartnomalarida nazarda tutib qo’yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |