N. K. Jamalov mehnat huquqi


Ta’tillarni berish va undan foydalanish tartibi



Download 2,79 Mb.
bet52/98
Sana19.01.2022
Hajmi2,79 Mb.
#391849
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   98
Bog'liq
ma\'ruza mehnat (6)

7.Ta’tillarni berish va undan foydalanish tartibi
Mehnat kodeksining 144-moddasiga muvofiq, yillik mehnat ta’­tillarini berish navbati har bir kalendarь yil boshlangunga qadar ish beruvchi kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib tasdiqlanadigan lokal normativ hujjatlardan biri byuo’lib hisoblanadigan, har bir korxonada majburiy tartibda qabul qilinishi shartbo’lgan jadvalga muvofiq belgilanadi.

Ta’tillarni berish navbati jadvalda ulardan foydalanish normal ishlab chikarish jarayonini buzmasligini nazarda tutgan xolda belgilanishi kerak.

Bundan tashqari, jadvalni tuzishda xodimlarning ayrim toifa­lari uchun mehnat ta’tillaridan foydalanish bilan bog’liq qonun hujjatlarida belgilab qo’yilgan kafolatlarga rioya etish, korxonaning boshqa xodimlari manfaatlarini hisobga olish zarur. Ya’ni, xodimlar­ga mehnat ta’tili agar bu ishlab chikarish jarayoniga va korxonaning normal ishlab turishiga xalal bermasa, yilning ular uchun qulay vaqtida berilishi kerak.

Mehnat kodeksining 144-moddasi uchinchi qismiga ko’ra quyidagi xodimlarga ta’til ularning xohishiga ko’ra yozgi yoki ular uchun qulay bo’lgan boshqa vaqtda berilishi kerak:

1) o’n to’rt yoshga to’lmagan bitta yoki undan ortiq bolani (o’n olti­yoshga to’lmagan nogiron bolani) tarbiyalayotgan yolg’iz ota, yolg’iz onaga (beva erkaklar, beva ayollar, nikohdan ajrashganlar, yolg’iz onalarga) va muddatli harbiy xizmatni o’tayotgan harbiy xizmatchilarning xotinla­riga;

2) I va II guruh nogironlariga;

3) 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari buyicha ularga tenglashtirilgan shaxslarga;

4) ta’lim muassasalarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o’qiyotganlarga.

Ishlayotgan erkaklarga yillik ta’til ularning xohishlariga binoan xotinlarining xomiladorlik va tug’ish ta’tili davrida beriladi. Bundan tashqari, jamoa kelishuvida yoki jamoa shart­nomasida boshqa toifadagi xodimlarga ham Ta’tildan yozgi yoki boshqa qulay vaqtda foydalanish huquqini berish nazarda tutilishi mumkin.

Yillik mehnat ta’tillarini berish navbati kalendarь yil boshlangunga qadar ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib tasdiqlanadigan jadvalga muvofiq belgilanadi.

Ta’tillar jadvalini kelishib olish - uni tasdiqlash uchun xodimlarning vakillik organi roziligini olishni bildiradi. SHu sababli bunday rozilikni berishdan oldin, xodimlarning vakillik organi:

- korxonaning mehnat ta’tilini olish huquqiga ega bo’lgan barcha xodimlari ta’tillar jadvaliga kiritilgan - kiritilmaganligini;

- har bir xodimga belgilangan mehnat ta’tili muddati to’g’ri aniqlangan - aniqlanmaganligini;

- mehnat ta’tillaridan foydalanish tartibini va ta’tillarni berish navbatini belgilashda xodimlarning ayrim toifalariga beriladigan kafolatlarni nazarda tutuvchi qonunlar va mehnat to’g’risidagi boshqa normativ hujjatlarning talablariga rioya etilgan – etilmaganligini tekshirishi zarur.

Mehnat ta’til quyidagi xodimlarga ularning xohishi bo’yicha olti oy o’tmasdan beriladi:

1) ayollarga-homiladorlik va tug’ish ta’tili oldidan yoki undan keyin;

2) I va II guruh nogironlariga:

3) o’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslarga;

4) muddatli harbiy xizmatdan zaxiraga bo’shatilgan va ishga joy­lashgan harbiy xizmatchilarga;

5) o’rindoshlik asosida ishlayotganlarga asosiy ish joyidagi ta’til bilan bir vaqtda, o’rindoshlik asosida ishlagan vaqtiga mutano­sib ravishda haq to’lagan holda;

6) ishlab chiqarishdan ajralmagan holda umumiy ta’lim maktablarida, hunar-texnika bilim yurtlarida, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida, kadrlarning malakasini oshirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash institutlari va kurslarida o’qiyotganlarga, agar ular o’zlarining yillik ta’tillarini imtihonlar, sinovlar (zachyotlar) topshirish, diplom, kurs, laboratoriya va boshqa o’quv ishlarini bajarish vaqtiga to’g’rilab olishni xohlasalar;

7) texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o’zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ishlar xususiyati o’zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan xodimlarga;

8) maktablar, hunar-texnika bilim yurtlari, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari, kadrlarning malakasini oshirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash institutlari va kurslarining muallimlar tarkibiga birinchi ish yilida yozgi ta’til davrida beriladi.

Jamoa kelishuvi, jamoa shartnomasi yoki bevosita mehnat shart­nomasi bilan birinchi ish yili uchun ta’tildan muddatidan oldin foydalanish huquqiga ega bo’lgan xodimlar ro’yxati to’ldirilishi mumkin. Jumladan, ba’zi korxonalarning jamoa shartnomalari birinchi ish yili uchun ishning olti oyi o’tmasdan mehnat ta’tilidan foydalanish huquqiga, masalan ish beruvchining taklifiga binoan ishga kirgan xo­dimlar ega bo’lishlarini nazarda tutadi va hokazo.

Ko’rsatilgan hollarda ish beruvchi shuningdek xodimning unga ishga kirgan kunidan boshlab olti oy o’tmasdan to’liq muddatli haq to’lanadigan ta’tilni berish to’g’risidagi iltimosini qanoatlantirishi shart.

Mehnat kodeksining 144-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq, ta’til berish vaqti haqida xodim ta’til boshlanishidan kamida o’n besh kun xabardor qilinishi kerak. Xodimni ogohlantirishning aniq muddati va tartibi ichki mehnat tartibi bilan belgilab qo’yilishi mumkin.


8.Ta’tilni uzaytirish yoki uni boshqa muddatga ko’chirish.

Xodimlar quyidagi hollarda: vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida; homiladorlik va tug’ish ta’tili muddati boshlanganda; yillik ta’til o’quv ta’tiliga to’g’ri kelib qolganda; davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotganda, basharti qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda bunday vazifalarni bajarish uchun xodimni ishdan ozod etish nazarda tutilgan bo’lsa ta’tilni uzaytirish yoki boshqa muddatga ko’chirish huquqiga egadirlar.

Ta’tilni uzaytirish deganda, xodim qonunlar va mehnat to’g’risi­dagi boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan ob’ektiv sabablarga ko’ra dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun foydalana olmay, uzilib qolgan ta’tilning foydalanilmay qolgan qismini keyinroq muddatga surish tushuniladi.


Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish