N. K. Jamalov mehnat huquqi


Yillik asosiy ta’tilni olish huquqini beradigan



Download 2,79 Mb.
bet51/98
Sana19.01.2022
Hajmi2,79 Mb.
#391849
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   98
Bog'liq
ma\'ruza mehnat (6)

6.Yillik asosiy ta’tilni olish huquqini beradigan

ish stajini hisoblab chiqarish

Ta’tildan foydalanish huquqining yuzaga kelishi, qoida tariqasida, muayyan ish staji mavjud bo’lishi bilan bog’liq bo’lib, uning muddatini to’g’ri hisoblab chiqarish muhim amaliy ahamiyatga ega.

Yillik asosiy ta’tilni olish huquqi­ni beradigan ish stajini hisoblab chiqarishning faqat qonun hujjat­larida belgilangan tartibi: birinchidan, har bir ish yilida asosiy ta’tilni olish huquqini beradigan ish sta­ji hisoblab chiqarilishi lozim bo’lgan aniq muddatni aniqlashni, ik­kinchidan esa, ko’rsatilgan ish stajiga qo’shilishi kerak bo’lgan davr­larning aniq ro’yxatini belgilashni o’z ichiga oladi.

Yillik asosiy ta’tilni olish huquqini beruvchi ish stajiga

ish yili davomida haqiqatda ishlangan vaqt;

xodim haqiqatda ishlamagan bo’lsa ham, lekin uning ish joyi (lavozimi) saqlangan vaqt, bundan bolani parvarishlash uchun qisman haq to’lanadigan ta’til va ish haqi saqlanmagan holda beriladigan muddati ikki haftadan ko’p bo’lgan ta’tillar mustasno;

mehnat shartnomasi g’ayriqonuniy ravishda bekor qilinganligi yoki xodim g’ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o’tkazilganligi,xodim keyinchalik avvalgi ishiga tiklangan bo’lsa va buning natijasida haq to’lanadigan majburiy progul vaqti;

tarmoq kelishuvlari, jamoa shartnomalari va korxonaning o’zga lokal hujjatlari, mehnat shartnomasining shartlarida nazarda tutilgan boshqa davrlar quyidagilar kiradi.

Xodim hakiqatda ishlagan vaqt - bu sinov, xizmat safarlari muddatla-rini qo’shgan holda, xodim o’z zimmasiga yuklangan mehnat vazifalarini bevosita bajarishda band bo’lgan davrdagi vaqtdir.

Haqiqatda ishlan­gan vaqt qoida tariqasida, yillik ta’tilni olish huquqini beradigan ish stajining asosi hisoblanadi.SHuningdek, xodim ish beruvchining farmoyishiga binoan mehnat shartnomasida shartlashilmagan ishni bajargan vaqt ham haqiqatda ishlangan vaqt hisoblanadi.

Haqiqatda ishlangan vaqtga ish (smena) jadvalida nazarda tutil­gan dam olish davrlari ham qo’shiladi.

Yuqorida qayd etib o’tilganidek, yillik asosiy ta’tilni olish huquqini beradigan ish stajiga haqiqatda ishlangan vaqt bilan bir qatorda, muayyan holatlarda, xodim ishlamagan ayrim davrlar ham qo’sh­iladi. Bular jumlasiga qonun hujjatlari xodimga ish joyining (la­vozimining) saqlanishini kafolatlaydigan davrlar kiradi. Masalan, Mehnat kodeksining 165-moddasiga muvofiq, xodim davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotgan vaqtida (saylov huquqini amalga oshirish, deputatlik vazifalarini bajarish, tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi ishida ishtirok etish, harbiy burchni bajarish, surishti­ruv organiga, tergovchi, prokuror huzuriga chaqirilish, shuningdek sud majlislarida xalq maslahatchisi, jamoat ayblovchisi va jamoat himoya­chisi, jamoat birlashmalari va mehnat jamoalarining vakili sifatida ishtirok etish va hokazo) ish beruvchi uning ish joyini (lavozimini) saqlagan holda uni ishidan ozod qilishi shart bo’lib, ana shu davrlarning hammasi yillik asosiy ta’tilni hisoblab chiqarish uchun stajga qo’shilishi lozim.

Xuddi shunday majburiyat ish joyini (lavozimini) saqlash, binobarin, tegishli vaqtni asosiy ta’tilni hisoblab chiqarish uchun stajga qo’shish nazarda tutilgan barcha hollarda qo’llaniladi. Jumladan, ish beruvchi va mehnat jamoasi manfaatlariga doir vazifalarni bajarish vaqti (MKning 166-moddasi); xodim jamiyat manfaatlariga doir harakatlar qilgandagi (MKning 167-moddasi) vaqti ish stajiga qo’shib hisoblanadi.

Bolani parvarishlash uchun beriladigan qisman haq to’lanadigan ta’til va muddati ikki haftadan ko’p bo’lgan ish haqi saqlanmagan holda beriladigan ta’til davrlarida xodimning ish joyi salanib qolishiga qaramay, bu davrlar istisno holda asosiy ta’tilni hisoblab chiqarish ish stajiga qo’shib hisoblanmaydi.

Yillik asosiy ta’tilni olish huquqini beradigan ish stajini hisoblab chiqarish uchun tarmoq kelishuvlari, jamoa shartnomalari va korxonalarning boshqa lokal hujjatlari, mehnat shartnomasi shartlarida boshqa davrlar ham nazarda tutilishi mumkin.

Ta’til uchun stajni hisoblashda ish yili muddati kalendarь yili singari o’n ikki oyni tashkil etadi. Biroq kalendarь yilidan farqli ravishda ish yili muddatiga barcha emas, balki ta’til olish huquqini beradigan ish stajiga qo’shiladigan muayyan davrlargina kiradi.

Umumiy qoidaga ko’ra, ish yilini hisoblab chiqarish xodim ishga kirgan kundan e’tiboran boshlanadi. Ish yilining tugash sanasi esa faqat ta’til olish huquqini beradigan ish stajiga hisoblanadigan muayyan davrlarnigina o’z ichiga oladigan o’n ikki oy o’tganidan keyin aniqlanadi. Ayni shu sanaga ko’ra har yili joriy ish yilining tugashi va keyingi ish yilining boshlanishi hisoblab chiqariladi.

Agar xodimning mazkur ish yili mobaynida ta’tilni hisoblab chiqarish uchun stajga qo’shilmaydigan davrlari bo’lsa, bu ish yilining tugash sanasi tegishlicha davrga suriladi.



Masalan, xodimga belgilangan ta’tilni hisoblab chiqarish uchun uning ish yili 5 aprelda tugaydi. Biroq shu yil mobaynida xodim ishlamagan va ta’tilni hisoblab chiqarish uchun stajga qo’shilmaydigan barcha davrlarning umumiy muddati 30 kalendarь kunni (masalan, 10 kun ma’muriy qamoq, 20 kun - ish haqi saqlanmaydigan ta’til) tashkil etgan. Illy munosabat bilan mazkur xodimga ta’tilni hisoblab chiqarish uchun ish yilining tugash sanasi tegishincha boshqa muddatga ko’chirilmog’i lozim. Binobarin, bundan buyon ish yilining hisoblanishi har bir keyingi yilning 5 aprelida emas, balki 5 mayida boshlanadi va tugaydi. Buni tegishlicha rasmiylashtirib qo’yish zarur.

Bolani parvarishlash ta’tilida bo’lgan ayollar ish yilining tugashi ham shu tartibda suriladi.

Ish stajini hisoblab chiqarish qoidalarining aniq mazmuni bevosita jamoa kelishuvida, jamoa shartnomasida yoki uning ilovasi tariqasida yoxud alohida lokal hujjatda belgilanishi mumkin.


Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish