N. K. Jamalov mehnat huquqi



Download 2,79 Mb.
bet58/98
Sana19.01.2022
Hajmi2,79 Mb.
#391849
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   98
Bog'liq
ma\'ruza mehnat (6)

Ta’lim muassasalari pedagog xodimlari bilan tuziladigan mehnat shartnomasi. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’­risida”gi qonuni 5-moddasiga ko’ra: tegishli ma’lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo’lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish huquqiga ega.

Pedagog xodimlarni oliy o’quv yurtlariga ishga qabul qilish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan Nizomga muvofiq tanlov asosida amalga oshiriladi.

Pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish sud hukmiga asosan man etilgan shaxslarning ta’lim muassasalarida bu faoliyat bilan shug’ullanishiga yo’l qo’yilmaydi99.

Oliy ta’lim muassasalariga o’z ijodiy qobiliyati, ma’naviy-axloqiy fazilatlari bo’yicha yoshlarga ta’lim-tarbiya berishga qodir bo’lgan shaxslarni tanlab olish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi 20-son qaroriga muvofiq “Oliy taьlim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to’g’risida NIZOM” tasdiq­langan100.

CHuqur kasbiy bilimlarga va ilmiy yutug’ilarga, ijodiy, ilmiy salohiyatga, yuksak intellektual qobiliyatlar va axloqiy fazilat­larga ega bo’lgan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari darajasida mutaxassislar tayyorlash bilan shug’ullanishga munosib bo’lgan eng malakali pedagog kadrlarni tanlash uchun raqobat muhitini yaratish va ta’minlash tanlovning maqsadi hisoblanadi.

Tanlov bo’yicha saylov oliy ta’lim muassasalarining ilmiy kengashlarida yoki fakulьtetlarning ilmiy kengashlarida o’tkazila­di. Oliy ta’lim muassasasining ilmiy kengashida yoki fakulьtet­ning ilmiy kengashida saylanadigan lavozimlarni belgilash huquqi oliy ta’lim muassasasining rektoriga tegishli bo’ladi.

Kafedra mudirlari va professorlar oliy ta’lim muassasalarining ilmiy kengashlarida tanlov bo’yicha o’tadilar.

Tanlovlar vaqtli matbuotda yoki boshqa ommaviy axborot vosita­larida, shu jumladan, oliy ta’lim muassasasining ko’p nusxali gazetasida e’lon qilinadi. Tanlovda qatnashish uchun arizalar e’lon chiqqan kundan boshlab bir oydan kechikmay berilishi kerak.

Ushbu oliy ta’lim muassasasida ishlamaydigan va professor-o’qituvchilar tarkibidagi lavozimga tanlovdan o’tgan shaxslar bilan belgilangan tartibda mehnat shartnomalari tuziladi, mehnat shart­nomalari asosida ularni 5 yil muddatga ishga qabul qilish to’g’risida buyruq chiqariladi.

Mehnat shartnomalarida ish beruvchi tomonidan har 5 yilda xodim egallab kelgan lavozim uchun tanlov o’tkazilishi belgilab qo’yiladi, xodim esa tanlovda qatnashishga haqlidir.

Xodim mehnat shartnomasi tuzilgandan keyin ishga kirishishi shart bo’lgan muddat tomonlarning kelishuviga ko’ra belgilanadi, biroq ushbu muddat uch oydan oshishi mumkin emas.

Tanlov o’tkazilayotgan oliy ta’lim muassasasida ishlaydigan va tanlov bo’yicha saylangan shaxslarning mehnat shartnomalariga:

a) ular ilgari egallab kelgan lavozim uchun - mehnat munosa­batlarini yangi muddatga uzaytirish to’g’risidagi ma’lumotlar yozila­di va tegishli buyruq chiqariladi;

b) boshqa lavozimlar uchun - tanlovdan o’tganlik to’g’risida ilmiy kengash bayonnomasida qayd etilgan holda tegishli o’zgartirishlar yoziladi va boshqa lavozimga o’tkazish to’g’risida buyruq chiqariladi.

Kasb-hunar kollejlarining O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005 yil 28 martda 1461-son bilan “O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari direktor o’rinbosarlari, pedagog va muhandis-pedagoglarning bo’sh lavozimlarni egallash uchun ularni tanlov asosida tanlab olish to’g’risida”gi Nizom ro’yxatga olingan bo’lib101, tanlov ta’lim muassasalariga zamonaviy talablarga javob beruvchi yuqori malakali, chuqur kasbiy bilimga, ijodiy va ilmiy potentsialga, yuksak axloqiy va ma’naviy sifatlarga ega bo’lgan kadrlarni saralab olish maqsadida o’tkaziladi.

Kasb-hunar kollejlarining:

direktor o’rinbosarlari lavozimlariga o’tkazilayotgan tanlovda ilmiy daraja (ilmiy unvon)li yoki pedagogik (kasbiy-taьlim) yoki taьlim muassasasining yo’nalishi bo’yicha magistr, diplomli muta­xassislar ishtirok etishlari mumkin;

umumtaьlim fanlar bo’yicha pedagog bo’sh o’rinlarini egallash uchun tanlovda ilmiy daraja (ilmiy unvon)li yoki pedagogik muta­xassislik bo’yicha magistr diplomli mutaxassis va bakalavrlar ishtirok etishlari mumkin;

maxsus fan va kasbiy taьlim (amaliyot) pedagoglari lavozimlariga o’tkazilayotgan tanlovda taьlim muassasasi yo’nalishi va ixtisosliklariga mos keladigan ilmiy daraja (ilmiy unvon)li yoki magistr diplomli mutaxassis va bakalavrlar ishtirok etadilar. Xalq hunarmandchiligi, sport va madaniyat yo’nalishlaridagi kasb-hunar kollejlarining kasbiy taьlim (amaliyot) pedagog lavozim­larini egallash uchun tanlovda ishlab chiqarish korxonalarining yuqori razryadli xodimlari va milliy hunarmandchilik ustalari, shuningdek sport ustasi yoki madaniyat sohasida unvonga ega o’rta yoki o’rta maxsus maьlumotli shaxslar ham ishtirok etishlari mumkin.

Bo’sh (vakant) direktor o’rinbosarlari lavozimiga tanlov o’rta maxsus, kasb-hunar taьlim markazining hududiy boshqarmalari yoki bo’ysinuvida ta’lim muassasasi bo’lgan vazirlik yoki idora tomoni­dan, pedagog lavozimlariga - taьlim muassasalari rahbariyati tomo­nidan markaziy yoki mahalliy matbuot orqali 1 oy oldin eьlon qilinadi.




Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish