3. Kafolatli va kompensatsiya to’lovlari tushunchasi va xodim huquqlarini ta’minlashda ularning ahamiyati
O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi va uning asosida qabul qilingan boshqa qonun hujjatlari xalqaro standartlarga mos ravishda xodimlar huquqlarini ular o’zlariga bog’liq bo’lmagan tarzda o’z xizmat vazifalarini bajara olmaganlari taqdirda, shuningdek, ish manfaatlari yo’lida chiqimdor bo’lganlari hollarda moddiy manfaatlari ta’minlanishini kafolatlaydi.
Xodimlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda o’z xizmat vazifalarini bajarish o’rniga ish beruvchi tomonidan, tegishli hollarda esa vakolatli davlat yoki jamoat organlari tomonidan boshqa vazifalarni bajarishga jalb etilganlari taqdirda ularning vazifa(lavozim)lar hamda ish haqlari saqlanib qolishi qonun bilan oldindan kafolatlanadi.
Ish haqi va vazifasi saqlanib qolishi haqidagi qonun talablari barcha turdagi ish beruvchilar uchun majburiy kuchga egadir.
Kompensatsiya to’lovlari deganda xodim tomonidan o’z xizmat vazifalarini bajarishi bilan bog’liq ravishda o’z hisobidan qilingan xarajatlarni ish beruvchi to’liq qoplab berishi nazarda tutiladi.
Kompensatsiya to’lovlari berish tartib-qoidalari va shartlari qonun bilan belgilab qo’yilgan bo’lib, bu qoidalar korxonaning lokal me’yoriy hujjatlarida qonundagidan xodim uchun afzal tarzda aniqlashtirib qo’yilishi mumkin.
Mehnat qonunchiligida xodim uchun kafolatli va kompensatsiya to’lovlari berilishini nazarda tutilganligi xodim va uning oila a’zolari moddiy manfaatlari himoya qilinishga, ularning turmush darajasi pasayib ketishiga yo’l qo’ymaslikka hamda ijtimoiy mehnat munosabatlari chog’ida ijtimoiy adolatni qaror toptirishga qaratilgan insonparvar tadbirdan iboratdir.
Kafolatli to’lovlar berish asoslari va tartibi
Yuqorida qayd etilganidek, kafolatli to’lovlar deganda xodim o’z xizmat vazifalaridan boshqa ishlarni bajarishga qonun hujjatlariga muvofiq jalb etilganida uning o’rtacha ish haqini saqlanib qolishidan iboratdir.
Mehnat kodeksi va tegishli qonun hujjatlariga ko’ra xodimning o’z vazifasidan vaqtincha ozod etilib, boshqa vazifalarni bajarishi va bu vaqt uchun uning o’rtasida ish haqi saqlanib qolish asoslari turlicha bo’lib, ular quyidagicha tasniflanishi mumkin :
1) Davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotgan vaqtida beriladigan kafolatlar;
2) Ish beruvchi va mehnat jamoasi manfaatlariga doir vazifalarni bajarish vaqtida beriladigan kafolatlar;
3)Jamiyat manfaatlariga doir harakatlar qilganda beriladigan kafolatlar.
Kafolatli to’lovlarni berish asoslari va tartibi Mehnat kodeksida, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi “O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan normativ hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi 133-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Xodimlarning davlat yoki jamoat vazifalarini bajarishlari, shuningdek, ularning jamiyat manfaatlariga doir harakatlarni amalga oshirishlari bilan bog’liq kafolatli to’lovlarni berish TARTIBI” bilan belgilab qo’yilgan.
Ushbu Tartibga muvofiq xodimlar tomonidan davlat yoki jamiyat manfaatlariga doir bajariladigan vazifalar deganda ular tomonidan saylov huquqini amalga oshirish; deputatlik va senatorlik vazifalarini bajarish; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili (ombudsman) huzuridagi Konstitutsiyaviy huquqlarga va inson erkinligiga rioya qilish komissiyasi faoliyatida qatnashish; tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi ishida ishtirok etish; harbiy burchni bajarish; surishtiruv organlariga, tergovchi, prokuror huzuriga, sudga guvoh, jabrlanuvchi, ekspert, mutaxassis, tarjimon, holislar tariqasida (chaqiriq bo’yicha) borish; xalq maslahatchilari, jamoat ayblovchilari va jamoat himoyachilari, jamoat birlashmalari va mehnat jamoalari vakillari sifatida sud majlislarida, shuningdek, qonun bilan nazarda tutilgan boshqa hollarda ishtirok etish kabilar nazarda tutiladi.
Ular davlat yoki jamiyat manfaatlariga doir vazifalarga jalb etilganlarida qonun hujjatlarida bevosita nazarda tutilgan muddatlar davomida ish joylari (lavozimlari) hamda o’rtacha ish haqlari saqlanib qoladi. Ushbu vazifalarni bajarish uchun xodimlarni jalb etilishi asoslari, tartibi va shartlari tegishli maxsus qonunlar bilan ham nazarda tutilgan. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 75-moddasiga ko’ra jabrlanuvchi yoki uning vakili, guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimon yoki holis sifatida chaqirilgan shaxsning ish joyidagi o’rtacha oylik maoshi uning surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud huzuriga chaqirilishi munosabati bilan ketgan hamma vaqt uchun saqlanadi. Bunda surishtiruvchi shaxs, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan berilgan chaqiruv qog’ozi ish haqi saqlanishiga asos bo’ladi.
Ish beruvchi va mehnat jamoasi manfaatlariga doir vazifalarni bajarish vaqtida beriladigan kafolatlar. Mehnat kodeksining 166-moddasiga binoan Ish beruvchi va mehnat jamoasi manfaatlariga doir vazifalarni bajarish (malaka oshirish, ratsionalizatorlik takliflarini joriy etish ishida qatnashish, xizmat safarida bo’lish, tibbiy ko’rikdan o’tish va boshqa hollarda) maqsadida xodimni ishdan ozod etish shartlari, shuningdek ana shu davr uchun to’lanadigan kafolatli to’lovlar miqdori jamoa shartnomalarida belgilab qo’yiladi, lekin bu to’lov miqdori o’rtacha ish haqidan kam bo’lmasligi kerak.
Majburiy tibbiy ko’rikdan o’tishi shart bo’lgan xodimlarga, ularning ishga yaroqliligini aniqlash maqsadida statsionar tibbiy muassasalarda tekshiruvdan o’tadigan davri uchun, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan kafolatlar beriladi.
ish (malaka oshirish, ratsionalizatorlik takliflarini joriy etish ishida qatnashish, xizmat safarida bo’lish, tibbiy ko’rikdan o’tish va boshqa hollarda) maqsadida xodimni ishdan ozod etish shartlari, shuningdek ana shu davr uchun to’lanadigan kafolatli to’lovlar miqdori jamoa shartnomalarida belgilab qo’yiladi, lekin bu to’lov miqdori o’rtacha ish haqidan kam bo’lmasligi kerak.
Majburiy tibbiy ko’rikdan o’tishi shart bo’lgan xodimlarga, ularning ishga yaroqliligini aniqlash maqsadida statsionar tibbiy muassasalarda tekshiruvdan o’tadigan davri uchun ham yuqoridagi kafolatlar beriladi. Korxona jamoa shartnomasi yoki ish beruvchi xodimlar vakillik organi bilan kelishib qabul qilgan boshqa lokal hujjatlarda ish beruvchi va mehnat jamoasi manfaatlariga doir vazifalarni bajarish uchun qonundagidan afzalroq kafolatlar berilishi nazarda tutib qo’yilishi mumkin.
Xodimlar tomonidan jamiyat manfaatlari yo’lida qilinadigan harakatlar jumlasiga avariyalar, tabiiy ofatlarning oqibatlarini tugatish; inson hayotini saqlab qolish; quyish uchun qon topshirish va boshqa hollar kiritilishi mumkin.
Tibbiy tekshiruvdan o’tadigan kuni va quyish uchun qon topshiradigan kuni xodimlarga sog’liqni saqlash muassasalariga borishlariga ish beruvchi moneliksiz ruxsat berishi shart.
Donorlik qiluvchi xodimlarga har safar quyish uchun qon topshirgan kunning albatta ertasiga dam olish uchun bir kun beriladi. Xodimning xohishiga ko’ra bu kun ta’tilga qo’shib beriladi. Tekshiruvdan o’tadigan va quyish uchun qon topshiradigan kuni ishdan ozod etilgan davr uchun, shuningdek dam olish kunlari xodimning o’rtacha ish haqi saqlanadi.
Davlat yoki jamoat vazifalarini bajarish vaqtida (qonun bilan belgilangan yoki tegishli organning chaqiriq qog’ozida, xabarnomasida ko’rsatilgan vaqtda) ish beruvchi xodimning ish joyi (lavozimi)ni saqlagan holda uni ishdan ozod qilishi shart.
Xodimning davlat yoki jamoat vazifalarini bajarishi, shuningdek uning jamiyat manfaatlariga doir qilayotgan harakatlari vaqtida ushbu vazifalarni bajarish uchun qonun bilan belgilangan vaqtdagi yoki tegishli organ tomonidan berilgan ma’lumotnomada ko’rsatib o’tilgan muddatdagi limitga muvofiq o’rtacha ish haqi saqlab qolinadi.
Xodimlarning davlat yoki jamoat vazifalarini bajarish, shuningdek jamiyat manfaatlariga doir harakatlar qilishlari vaqtidagi ularning o’rtacha ish haqini saqlab qolish bilan bog’liq xarajatlar:
- byudjetdan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlar tomonidan amalga oshirilganida- byudjet hisobidan xo’jalik hisobi asosida ishlovchi korxona va tashkilotlarda esa - hisobot davridagi amalda hisoblangan kafolatli to’lovlar miqdorida soliq to’lovlari summasini kamaytirish bilan moliyaviy faoliyatni amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlar tomonidan qoplanadi.
Kafolatli to’lovlar berish chog’ida o’rtacha oylik ish haqini hisoblash O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 133 – sonli qarori bilan belgilangan.
Kafolatli to’lovlar bilan bir qatorda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda xodimlarga kafolatli qo’shimcha to’lolar ham to’lanadi. Jumladan, Mehnat kodeksining 243-moddasiga ko’ra o’n sakkiz yoshga to’lmagan xodimlarning kundalik ish vaqti qisqartirilgan hollardagi mehnatiga haq kundalik ish vaqti to’liq bo’lgan chog’da tegishli toifadagi xodimlarga beriladigan miqdorda to’lanadi. Bunda ya’ni, ularga qolgan vaqt uchun qo’shimcha haq to’lanadi. Masalan, 16 yoshga to’lmagan o’smir haftasiga 24 soat mehnat qilgani holda 40 soatlik vaqt uchun ish haqi oladi (unga 16 soat uchun qo’shimcha kafolatli to’lov to’lanadi); 236-moddaga ko’ra ikki yoshga to’lmagan bolasi bor ayollarga, dam olish va ovqatlanish uchun beriladigan tanaffusdan tashqari, bolani ovqatlantirish uchun qo’shimcha tanaffuslar ham beriladi. Bu tanaffuslar kamida har uch soatda bir marta har biri o’ttiz minutdan kam bo’lmagan muddat bilan beriladi. Ikki yoshga to’lmagan ikki va undan ortiq bolasi bo’lgan taqdirda, tanaffusning muddati kamida bir soat qilib belgilanadi.
Bolani ovqatlantirish uchun beriladigan tanaffuslar ish vaqtiga kiritiladi va o’rtacha oylik ish haqi hisobi bo’yicha haq to’lanadi. 227-moddaga ko’ra, ikki yoshga to’lmagan bolasi bor ayollar avvalgi ishini bajarishi mumkin bo’lmagan taqdirda, bolasi ikki yoshga to’lgunga qadar avvalgi ishidagi o’rtacha oylik ish haqi saqlangan holda yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’siridan holi bo’lgan ishga o’tkaziladi; Mehnat kodeksining 230-moddasiga ko’ra nogiron bolasini tarbiyalayotgan ota-onaning biriga (vasiyga, homiyga) bola o’n olti yoshga to’lgunga qadar davlat ijtimoiy sug’urtasi mablag’lari hisobidan bir kunlik ish haqi miqdorida haq to’lagan holda oyiga qo’shimcha bir dam olish kuni beriladi. Kafolatli qo’shimcha ish haqi to’alanadigan boshqa hollar ham Mehnat kodeksi va boshqa mehnat qonun hujjatlarida nazarda tutilgan.
Kafolatli qo’shimcha ish haqi to’lash haqidagi qonun talabi ham barcha turdagi korxona va tashkilotlar uchun majburiy bo’lib sanaladi.
Kompensatsiya to’lovlari
Kompensatsiya to’lovlari deganda xodim tomonidan korxona manfaatlari yo’lida qilingan moddiy sarf-xarajatlarni ish beruvchi tomonidan qoplanishi tushuniladi va bu to’lovning maqsadi xodim va uning oila a’zolari moddiy manfaatlarini himoya qilish, ishlab chiqarishda qatnashishlari oqibatida ziyon ko’rishlariga yo’l qo’ymaslikdan iboratdir.
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 170-moddasiga binoan Xodimning o’z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog’liq qo’shimcha xarajatlar qonun hujjatlari, jamoa shartnomalari va kelishuvlari, shuningdek mehnat shartnomalarida belgilangan shartlar va tartibda ish beruvchi tomonidan qoplanishi lozim.
Mehnat kodeksiga ko’ra ish beruvchi tomonidan quyidagi xarajatlar xodimga qoplab berilishi kerak :
1) Xizmat safari davrida va ko’chib yurish bilan bog’liq ishlarda xarajatlar;
2) Boshqa joydagi ishga ko’chib borganda xarajatlar;
3) Xodimga tegishli mol-mulkdan foydalanganlik uchun xarajatlar.
Xizmat safari va xizmat safari bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarni qoplanishi masalalari O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003 yil 29 avgustda 1268-son bilan ro’yxatga olingan “O’zbekiston Respublikasi hududidagi xizmat safarlari to’g’risidagi Yo’riqnoma” bilan tartibga solinadi109.
Ushbu yo’riqnomaga ko’ra, xizmat safari deb xodimni tashkilot, muassasa, birlashma, korxona rahbarini farmoyishi bo’yicha, o’zining doimiy ish joyidan tashqarida xizmat topshirig’ini bajarish uchun boshqa joyga, ma’lum bir muddatga yuborilishi (borib kelish) tushuniladi.
Tashkilotni tarkibiga kiruvchi filiallar (shaxobchalar), uchastkalar va boshqa bo’linmalar boshqa yerda joylashgan hollarda doimiy ish joyi bo’lib mehnat shartnomasida belgilangan ishlab chiqarish bo’linmasi hisoblanadi.
Doimiy ishi yo’lda yoki ko’chib yurish bilan bog’liq bo’lgan, yoxud doimiy harakatlanuvchi tusga ega bo’lgan ishchilarni xizmat yuzasidan borib kelishlari xizmat safari hisoblanmaydi.
Xodimlarni xizmat safarlariga yuborish tashkilot rahbarining buyrug’i (farmoyishi)ga ko’ra amalga oshiriladi va xizmat safariga borish haqidagi ushbu farmoish xodim uchun majburiy sanaladi.
Ayni paytda Mehnat kodeksiga ko’ra homilador ayollarni va o’n to’rt yoshga to’lmagan bolasi (o’n olti yoshga to’lmagan nogiron bolasi) bor ayollarni ularning roziligisiz xizmat safariga yuborishga yo’l qo’yilmaydi.
Xizmat safari muddati tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi va har bir holat uchun yo’ldagi vaqtni hisobga olmagan holda 40 kundan ko’p bo’lmasligi kerak.
Ushbu xizmat safarining eng ko’p muddati xodimlarni taftish va tekshirishlarni o’tkazish uchun xizmat safariga yuborishga ham taalluqlidir.
Montaj, sozlash va qurilish ishlarini bajarish uchun yuboriladigan xodimlar, rahbarlar va mutaxassislarni xizmat safarlari muddati 12 oydan ko’p bo’lishi mumkin emas.
Xizmat safari muddatini uzaytirishga istisno tariqasida faqat xizmat safariga yuborgan tashkilot rahbarining yozma ruxsatnomasiga asosan yo’l qo’yiladi.
Xizmat safariga yuborilgan joyda haqiqatda o’tkazilgan vaqt xizmat safari guvohnomasida xizmat safari joyiga kelgan kundan xizmat safari joyidan ketgan kun joyiga belgi qo’yish orqali aniqlanadi.
Tashkilotlarda xizmat safarlariga ketayotgan shaxslar va ushbu tashkilotga xizmat safariga kelayotgan shaxslar maxsus jurnallarda ro’yxatga olinadilar. Tashkilotni rahbari xizmat safarlariga yuborilayotgan, xizmat safariga ketayotgan shaxslarni ro’yxatga olish jurnalini yuritish va xizmat safarlari guvohnomasiga belgi qo’yish uchun javobgar bo’lgan shaxsni buyruq chiqarish yo’li bilan tasdiqlaydi.
Xizmat safarida bo’lgan xodimlarga ular yuborilgan korxonalardagi ish vaqti rejimi va dam olish vaqtlari taalluqli bo’ladi. Xizmat safari vaqtida foydalanilmagan dam olish kunlari, boshqa dam olish kunlari xizmat safhaqidan qaytganda tiklanmaydi.
Xizmat safariga yuborilgan xodimni xizmat safhaqida bo’lgan muddatida va yo’lda bo’lgan muddatda ish joyi (lavozimi), ishbaylar uchun o’rtacha ish haqi yoki mansab maoshi yoki ishchilarni boshqa toifalari uchun stavkalari saqlanib qoladi
O’rindoshlik bo’yicha ishlayotgan shaxs xizmat safariga yuborilganda uning o’rtacha ish haqi uni xizmat safariga yuborgan tashkilotda saqlanadi. Agar xizmat safariga bir vaqtni o’zida ham asosiy ham o’rindoshlik ishi bo’yicha xizmat safariga yuborilganda ish haqi har ikkala mansab bo’yicha saqlanadi, xizmat safariga haq to’lash bo’yicha xarajatlar esa xizmat safariga yuboruvchi tashkilotlarni o’zaro kelishuviga binoan taqsimlanadi.
Xizmat safariga yuborilgan xodimlarga quyidagi xarajatlar kompensatsiya qilinishi lozim :
a) Yo’l xarajatlari;
b) Sutkalik xarajatlar;
v) Turar joy ijarasi bilan bog’liq xarajatlar;
g) Ish beruvchi (korxona rahbari) roziligi bilan qilingan boshqa xarajatlar kompensatsiya qilinadi.
Yo’l xarajatlari. Xizmat safariga yuborilgan joyga borish va doimiy ish joyiga qaytish bilan bog’liq bo’lgan yo’l xarajatlari xizmat safariga yuborilgan shaxsga quyidagi miqdorlarda qoplanadi:
umumiy foydalaniladigan transportni barcha turlarida yurish (taksidan tashqari) qiymati;
transportda yo’lovchilarni majburiy davlat sug’urtalash bo’yicha to’lovlar;
yo’lda yurish hujjatlarini oldindan sotish bo’yicha, samolyot va poezdlarda joylarni bronlash xizmatlari bo’yicha tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lgan taqdirda haq to’lash;
agar ular aholi yashaydigan hududdan tashqarida joylashgan bo’lsa, umumiy foydalaniladigan transport bilan (taksidan tashqari) stantsiyagacha, sohilgacha (pristangacha), aeroportgacha yetib olish xarajatlari. Istisno tariqasida (kechki poezd, umumiy foydalaniladigan transport yo’q bo’lgan taqdirda) tashkilot rahbariga taksida yurganlik uchun haq to’lash huquqi beriladi.
Yo’lda o’rin-ko’rpa buyumlaridan foydalanganlik uchun xarajatlar tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmasdan haq to’lashga qabul qilinadi.
Yo’l hujjatlari yo’q bo’lgan taqdirda korxona rahbariga har bir aniq holat bo’yicha xizmat safariga yuborilgan xodimni yo’l xarajatlariga haq to’lash masalasini yechish huquqi beriladi. Bunda, yo’l xarajati bo’yicha qoplanadigan summa xizmat safariga temir yo’l orqali borish qiymatidan ortiq bo’lmasligi, lekin yo’lovchilarni aviada tashish tariflarini 30%dan ko’p bo’lmasligi kerak.
Xizmat safarida va yo’lda bo’lgan vaqt uchun sutkalik xarajatlar. Sutkalik xarajatlar xizmat safariga yuborilgan xodimlarga jamoa shartnomalari, jamoa kelishuvlari va mehnat shartnomalarida ko’zda tutilgan miqdorlarda, lekin quyidagi miqdorlardan kam bo’lmagan holda belgilanadi (Respublika bo’yicha o’rnatilgan eng kam oylik ish haqiga nisbatan koeffitsientlarda):
Toshkent shahrida, shahar va viloyatlar markazlarida-0,1, boshqa shaharlar va aholi yashaydigan punktlarda - 0,08.
Ushbu ko’rsatilgan xarajatlarni qoplash haqiqatda qilingan xarajatlarni hujjatlar bilan tasdiqlashsiz amalga oshiriladi.
Xizmat safari davrida turar joyni ijaraga olish (mehmonxonada yashash) xarajatlarini qoplash. Xizmat safari joyidagi turar joyni ijaraga olish bo’yicha xarajatlar xizmat safariga yuborilgan xodimnini kelish va ketish kunlari bo’yicha haqiqatdagi xarajatlar bo’yicha (lyuks-nomerlardan xonalardan tashqari), jumladan, mehmonxonalarda ko’rsatiladigan qo’shimcha xizmatlar (joylarni bronlash, dazmoldan foydalanish, saqlash kamerasidan, televizor, muzlatgich, idish-tovoq, aloqa xizmatidai foydalanish)ga haq to’lash bo’yicha xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lgan taqdirda qoplanadi.
Agar, mehmonxonalarni lyuks-nomerlarida (xonalarida) yashaganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda, turar joy xonasini ijaraga olish bo’yicha haq to’lash ushbu nomer (xona) qiymatining 70% miqdorida amalga oshiriladi.
Turar joy xonasini ijaraga olganlikni tasdiqlovchi hujjatlar yo’q bo’lgan hollarda, xarajatlar har bir sutka uchun belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorini 2 % miqdorida qoplanadi.
Xizmat safariga yuborilgan xodimga shuningdek istisno tariqasida, tasdiklovchi hujjatlar mavjud bo’lganda, tashkilot rahbarining ruxsati bilan havo, temir yo’l, suv va umumiy foydalanishdagi avtomobil transportida bagajni olib o’tish bilan bog’liq xarajatlar qoplanadi.
Xizmat safariga yuborilgan xodimni o’zining doimiy ish joyiga har kuni qaytish imkoniyatiga ega bo’lsa, u holda sutkalik xarajatlar to’lanmaydi. Xodimni xizmat safariga yuborilgan joydan o’zining doimiy ravishda yashaydigan joyiga har kuni qaytishi mumkinmi, yo’qligi xizmat safariga yuborgan tashkilotni rahbari tomonidan masofaning uzoqligi, transport aloqasi sharoiti, bajariladigan topshiriqni tusi, ishchi uchun dam olish sharoitlarini yaratish kabilarni hisobga olgan holda ochiladi.
Xizmat safariga yuborilgan ishchini vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo’qotishi, shuningdek sog’lig’ini holati bo’yicha o’zining doimiy yashash joyiga qaytish imkoniyatini yo’qligi belgilangan tartibda tasdiqlangan bo’lishi kerak.
Vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo’qotgan davr uchun xizmat safariga yuborilgan ishchiga umumiy asoslarda vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi to’lanadi. Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik kunlari xizmat safari muddatiga qo’shilmaydi.
Montaj, sozlash va qurilish ishlarni bajarish uchun xizmat safariga yuborilgan xodimlar, rahbarlar va mutaxassislarga ko’zda tutilgan me’yorlar bo’yicha ikki oy mobaynida sutkalik pul to’lanadi. Ikki oydan ortiq muddatda xizmat safarida bo’lgan vaqt uchun sutkalik o’rniga ish haqi yoki mansab maoshiga tarif stavkasini 50% miqdorida, lekin har bir sutka uchun belgilangan me’yordan yuqori bo’lmagan ustama haq to’lanishi mumkin..
Xizmat safariga yuboriladigan xodimga xizmat safariga ketishdan oldin ko’zda tutilgan miqdorlarda sutkalik, yo’l xarajatlari, turar joy xonasini ijaraga olish xarajatlari chegarasida pul ko’rinishidagi avans (bo’nak) to’lanadi. Xodim xizmat safhaqidan qaytgan kundan e’tiboran uch kun mobaynida avans (bo’nak) hisobotini taqdim qilishi shart.
O’zbekiston Respublikasidan tashqaridagi xizmat safariga yuborish masalalari Vazirlar Mahkamasining "Vazirliklar, idoralar va boshqa Respublika organlari xodimlarining chet el xizmat safarlariga borishini tartibga solish chora-tadbirlari to’g’risida" 1999 yil 9 sentyabrdagi 417-son Qarori hamda uning asosida qabul qilingan va O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2000 yil 7 fevralda 16-son bilan ro’yxatga olingan “Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari O’zbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablag’lar berish TARTIBI” bilan belgilanadi.
Xodimni xizmat safariga yuborish uchun tashkilot rahbari tomonidan buyruh chiqariladi va safar reja-topshirig’i tasdiqlanadi.
Xizmat safariga yuboriladigan shaxsga chet el valyutasida bo’nak berilishi lozim.
O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga xizmat safariga yuborilgandagi xizmat safari xarajatlariga quyidagilar kiradi:
- sutkali xarajatlar;
- yashash uchun (turar joy ijarasi bo’yicha) xarajatlar;
- transport xarajatlari (taksidan tashqari);
- vakillik xarajatlari;
- ko’zda tutilmagan xarajatlar;
- mazkur Tartibga muvofiq qoplanishi lozim bo’lgan xizmat safarining boshqa xarajatlari.
Xizmat safarlariga yuborilganda sutkali xarajatlar va yashash uchun (turar joy ijarasi bo’yicha) xarajatlar chet el valyutasida ko’rsatilgan me’yorlarda to’lanadi.
Sutkali xarajatlar xizmat safhaqidagi har bir kun, jumladan jo’nab ketish hamda yetib kelish kuni uchun belgilangan me’yorlarda 100 % miqdorda chet el valyutasida to’lanadi.
O’zbekiston Respublikasi chegarasini kesib o’tish kuni xizmat safariga yuborilgan shaxsning pasportida O’zbekiston Respublikasi chegara-nazorat punktlarining qo’ygan belgisi bo’yicha aniqlanadi.
Xodim ikki va undan ortiq xorijiy davlatga xizmat safariga yuborilganda bir davlatdan boshqa davlatga o’tish kuni uchun sutkali xarajatlar xodim o’tayotgan davlatdagi sutkali me’yorlarning 100 foizi miqdorida to’lanadi.
Bir kunda xizmat safariga borib o’sha kunning o’zidayoq qaytib kelinganida sutkali xarajatlar sutkali me’yorlarning 50 foizi miqdorida chet el valyutasida to’lanadi.
CHet elga xizmat safariga boradigan xodimlar boradigan davlatlarida qabul qiluvchi tomon hisobidan bepul ovqat bilan ta’minlangan hollarda sutkali xarajatlar sutkali me’yorning 30 foizi miqdorida (boshqa xarajatlar uchun) to’lanadi.
Qabul qiluvchi tomon bepul ovqatlanishdan tashqari xodimni shaxsiy ehtiyojlari uchun mablag’lar bilan ta’minlagan taqdirda jo’natuvchi tomon sutkali xarajatlarni to’lamaydi.
O’quvchilar, studentlar va muddatli harbiy xizmatchilar o’qishga yuborilganda taklif qiluvchi tomon ularni ovqatlanish bilan ta’minlashi sharoitida jo’natuvchi tomon sutkalik me’yorning 15 foizi miqdorida mablag’ to’laydi.
Yashash uchun (turar joyni ijarasi bo’yicha) xarajatlar. Yashash uchun (turar joyni ijarasi bo’yicha) xarajatlar belgilangan eng yuqori me’yorlar va tashkilotlarning rahbarlari tomonidan tasdiqlangan qo’shimcha to’lovlar bilan, agarda ular rahbar tomonidan belgilangan bo’lsa, ushbu xarajatlarni tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishi sharti bilan chet el valyutasida to’lanadi.
Transport xarajatlari. Transport xarajatlarini qoplash uchun mablag’lar haqiqiy xarajatlar bo’yicha ularni tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishi sharti bilan to’lanadi.
Vazirliklar, idoralar va boshqa Respublika organlarining xizmat safariga yuboriladigan xodimlari havo transportida borganlarida "O’zbekiston
Ayrim hollarda katta hajmdagi sport anjomlariga ega bo’lgan sportchilarga xorijiy davlat hududida yurish uchun avtomobilni ijaraga olishga yo’l qo’yiladi.
Vakillik xarajatlari. Vakillik xarajatlariga vakillarning (qatnashchilarning) rasmiy qabuli (nonushta, tushlik yoki shunga o’xshash tadbirlar)ni o’tkazish, ularning transport ta’minoti, madaniy-ko’ngilochar tadbirlarga qatnashishi, muzokaralar vaqtida bufet xizmatli va madaniy dastur tadbirlarini ko’rsatish, tashkilot shtatida bo’lmagan tarjimon xizmatiga haq to’lash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar kiradi
Xizmat safariga yuborilayotgan shaxslarga xizmat safari xarajatlarini chet el valyutasida qoplash normalari jahondagi har bir mamlakatning hayot tkechirish darajasi e’tiborga olingani holda O’bekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002 yil 6 martda 932-1 son bilan ro’yxatga olingan “Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlarining xizmat safarlarida xorijiy valyutadagi xizmat safari xarajatlari ME’YoRLARI” bilan belgilangan110.
Boshqa joydagi ishga ko’chib borganda xarajatlar. Boshqa joydagi ishga ko’chib borganda ko’chish va mol-mulkni ko’chirib borish bilan bog’liq xarajatlar, yangi joyda o’rnashib olish bilan bog’liq xarajatlar va xodim tomonidan ish beruvchi bilan kelishib qilingan boshqa xarajatlar to’lab beriladi.
Boshqa joydagi ishga (avvaldan shartlashib olib) qabul qilinganligi munosabati bilan o’sha joyga (mavjud ma’muriy-hududiy bo’linish bo’yicha boshqa aholi punktiga) ko’chib boruvchi xodimlarga O’zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan miqdorda:
1. Xodimning o’ziga va oila a’zolariga yo’l kira haqi (ma’muriyat tegishli transport vositasi bergan hollar bundan mustasnodir);
2. Mol-mulkini olib ketish xarajati;
3. Yo’lda bo’lgan har kun uchun beriladigan sutkalik haq;
4. Yo’lga otlangan kun va yangi istiqomat joyiga o’rnashish davri uchun (bu davr olti kundan ortib ketmasligi kerak), shuningdek yo’lga ketadigan vaqt uchun beriladigan ish haqi to’lanadi.
Mazkur xodimlarga beriladigan bir yo’la nafaqa taraflarning kelishuvi bilan to’lanishi mumkin.
Avtomobil transportidan foydalanganda - hamma foydalanadigan avtomobilь transporti (taksidan tashqari) uchun haq to’lanadi.
Xodimning o’ziga 500 kg.gacha, ketayotgan har bir oila a’zosiga esa 50 kg.gacha bo’lgan miqdordagi uy-ro’zg’or buyumlarini temir yo’l, suv va avtomobilь transportida tashish xarajatlari to’lanadi.
Yo’lda bo’lgan vaqt uchun sutkalik pul xodimga har bir kun uchun belgilangan miqdorida to’lanadi.
Xodim o’z iltimosiga ko’ra, boshqa joydagi ishga o’tganda to’la yoki qisman kompensatsiya to’lash haqida oldindan kelishilishi lozim. Bunday kelishuv bo’lmagan taqdirda xodim kompensatsiya to’lashni talab qilishi mumkin emas. Biroq ma’muriyat oldindan kelishuv bo’lmagan hollarda ham boshqa joydagi ishga ko’chirilgan xodimga kompensatsiya to’lashga haqlidir.
Xodimga tegishli mol-mulkdan foydalanganlik uchun xarajatlar. Ish beruvchining roziligi bilan va uning manfaatlari yo’lida xodim o’ziga tegishli mol-mulkdan foydalanganda transport vositalarining amortizatsiyasi va ulardan foydalanganlik uchun qilingan xarajatlar, shuningdek asboblarning, texnik vositalarning yoki o’zga mol-mulkning amortizatsiyasi ish beruvchi hisobidan to’lanishi lozim. Ana shu xarajatlarni to’lashning miqdori va tartibi jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo’lsa, xodim bilan ish beruvchi o’rtasidagi kelishuvga binoan belgilab qo’yiladi.
Korxona, muassasa, tashkilotning ehtiyoji uchun o’zlariga tegishli asboblardan foydalanadigan xodimlar asboblarning eskirishi (amortizatsiyasi) uchun kompensatsiya olish huquqiga egadirlar. Bu kompensatsiyaning miqdori va to’lash tartibi, basharti markazlashtirilgan tartibda belgilanmagan bo’lsa, korxona, muassasa, tashkilot kasaba qo’mitasi kelishuviga binoan belgilanadi.
Xodimga tegishli asbobning eskirganligi uchun to’lanadigan kompensatsiyaning miqdori mazkur asbobning bozor savdosi narxlari bo’yicha qiymatiga nisbatan foizlar hisobida belgilanadi.
Bunday asbob buzilib yoki sinib qolganda xodimga asbobni tuzatish uchun haqiqatda sarflangan summa yoki shu asbobning bozor narxi bo’yicha bahosi to’lanadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 4 apreldagi 154-sonli “Byudjetdan mablag’ bilan ta’minlanadigan tashkilotlarda xizmat yengil avtotransportdan foydalanishni tartibga solish to’g’risida” qaroriga 3-ilova shaklida “Xodimlarning shaxsiy avtomobillaridan xizmat maqsadlari uchun (xizmat safarlaridan tashqari) foydalanganlik uchun kompensatsiya to’lash Tartibi” tasdiqlangan.
Mazkur Tartib O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Neftь mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan gaz sotish tizimini tartibga solish, ulardan foydalanish va avtotransport vositalarining ishlatilishi ustidan nazoratni kuchaytirish to’g’risida” 1998 yil 31 dekabrdagi 542-son qarorining 2-bandiga muvofiq ishlab chiqilgan va xodimlarning shaxsiy avtomobillaridan xizmat maqsadlari uchun (xizmat safarlaridan tashqari) foydalanganlik uchun kompensatsiya miqdori va uni to’lash tartibini belgilaydi.
Kompensatsiya, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ishlab chiqarish faoliyati muntazam transportda yurish (xizmat safarlaridan tashqari) zaruriyati bilan bog’liq bo’lgan va ushbu maqsadlar uchun o’z shaxsiy yengil avtomobillaridan foydalanadigan xodimlariga to’lanadi.
Kompensatsiya to’lash xarajatlari xizmat yengil avtomobillarini saqlash uchun nazarda tutilgan mablag’lar summasining 30 foizi doirasida amalga oshiriladi.
Bunda xo’jalik hisobidagi korxonalar (birlashmalar)da va tashkilotlarda kompensatsiya to’lash xizmat yengil avtomobillarini saqlash uchun foydani taqsimlash smetalarida nazarda tutilgan, korxonalar va tashkilotlar ixtiyorida qoldiriladigan mablag’lar hisobiga amalga oshiriladi.
Korxona, muassasa va tashkilot rahbarining buyrug’i xizmat maqsadlari uchun o’zlarining yengil avtomobillaridan foydalanuvchi xodimlarga kompensatsiya to’lash uchun asos bo’ladi. Korxona, muassasa va tashkilot rahbari ishlatish sharoitlariga qarab kompensatsiyaning cheklangan miqdorini ko’pi bilan 10 foizga oshirishga haqlidir.
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlari tomonidan kompensatsiyani to’lash yuqori tashkilotning ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Kompensatsiya olish uchun xodimlar korxona, muassasa va tashkilot buxgalteriyasiga shaxsiy avtomobilь texnik pasportining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasini taqdim etadilar.
Kompensatsiya oyiga bir marta, kalendarь kunlarning sonidan qat’i nazar, oyning ikkinchi yarmi uchun ish haqi bilan bir vaqtda to’lanadi.
Ish beruvchining roziligi bilan, shuningdek, u bilan oldindan kelishilgan holda qilingan boshqa xarajatlar ham ish beruvchi tomonidan xodimga qoplab berilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |