N. J. Toshmanov rivojlanish biologiyasi


Plazmolemmadan  moddalar  о‘tishi



Download 9,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/97
Sana20.01.2022
Hajmi9,16 Mb.
#393918
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   97
Bog'liq
Ривожланиш биологияси дарслик

Plazmolemmadan  moddalar  о‘tishi.
  Hujayra  va  atrof-  muhit  о„rtasidagi 
moddalar  almashinuvi  hujayraning  plazmatik  membranasi  orqali  tanlab  о„tkazish 
bilan  rо„y  beradi.  Bu  membrana  hujayra  tarkibining  turg„unligini  tartibga  solib 
turish  muhim  rol  о„ynaydi.  Chunki  hujayra  pardasi  orqali  unga  barcha  tо„yimli 
moddalar  kiradi  va  hujayraning  faoliyati  natijasida  hosil  bо„lgan  mahsulot 
(masalan,  sekretor  kiritmalar)  hamda  chiqindi  moddalar  chiqariladi.  Hujayra 
membranasi  ayrim  moddalarning  kirishiga  monelik  qilish  bilan  bir  qatorda 
boshqalariga tо„sqinlik qilmaydi. 
Moddalar hujayraga  diffuz  yо„li  bilan  kirishi  mumkin. Ma‟lumki, diffuziya 
hodisasi  –  bu  moddaning  yuqori  konsentratsiyali  joydan  past  konsentratsiyali 
о„ringa  tarqalishidir.  Shunga  binoan  osmos  hodisasi  ya‟ni  erituvchi  modda 


41 
 
molekulalarining  yarim  о„tkazuvchi  membrana  (masalan,  hujayra  plazmatik 
membranasi) orqali diffuziyasi rо„y beradi. 
Moddalarning hujayraga yoki hujayradan о„tkazilishi hujayra membranasida 
bо„lgan  fermentlar  yordamida  energiya  sarf  qilish  bilan  rо„y  beradi.  Ushbu 
jarayonga  moddalarni  faol  о„tkazilishi  deb  ataladi.  Shunga  kо„ra  hujayra  о„z 
sitoplazmasida ionlar konsentratsiyasini ma‟lum darajada saqlab turadi. 
Hujayrada  muntazam  ravishda  bir  qancha  katta-kichik  molekulalar,  turli 
organik  birikmalar  hamda  kaliy,  magniy,  fosfat,  natriy,  xlor  ionlari  bо„ladi. 
Hujayradagi  natriy  ionining  konsentratsiyasini  plazmatik  membrana  shu  ionlarni 
chiqarib turish yoki qabul qilish bilan boshqarib turadi. Demak, hujayradagi natriy 
ioni  konsentratsiyasining  oshib  ketmasligi  shu  ionlarni  hujayradan  chiqarib 
turuvchi mexanizm – natriy nasosi orqali bajariladi. Shy mexanizm hujayrada Na 
+
 
yig„ilib  hujayraning  bosimini  ortib  ketishidan  va  pirovardida,  hujayrani  nobud 
bо„lish (shishib, yorilib ketish)dan asraydi. Modomiki, natriy ioni hujayraga diffuz 
yо„li  bilan  kirib,  unda  konsentratsiyasini  oshirsa,  hujayraning  plazmatik 
membranasidagi  fermentlar  hamda  energiya  sarfi  (ionlarni  faol  tashqariga 
chiqarish) bilan shu ion konsentratsiyasining hujayradagi turg„unligini ta‟minlaydi. 
Ionning  hujayraga  kirishi  va  chiqarilish  mutanosibligidagi  о„zgarish  hujayra 
membranasining  funksional  holatini  о„zgartiradi  (nerv  hujayralaridagi  qо„zg„alish 
impulsini,  ayrim  hujayralarda  sekretsiya  jarayonini  yuzaga  keltiradi)  hamda 
hujayra ichi va uni о„ragan muhitdagi boshqa ionlarning holatiga ta‟sir etadi. Shu 
«nasos»ning mavjudligi о„simlik hujayralarining tarangli bosimini yuzaga keltiradi 
va  о„simliklarning  yashash  sharoitiga  qarab,  uning  sо„lib  qolish  va  qayta  oldingi 
holatga qaytarishini ta‟minlaydi. 
Hujayra  osmotik  bosimi  yuqori  (gipertonik)  muhitda  о„z  suvini  yо„qotadi, 
bujmayadi.  Bu  holat  о„simlikka  gipertonik  eritma  ta‟sir  ettirilganda  yaqqol 
kо„rinadi  –  о„simlik  hujayrasidan  suv  chiqib  ketadi,  sellyulyar  qobiqdan  hujayra 
«kо„chadi»,  bujmayadi  –  plazmoliz  hodisasi  rо„y  beradi.  Plazmolizga  uchragan 
hujayra  izotonik  (osmotik  bosimi  hujayra  osmotik  bosimiga  teng)  eritmada, 
hujayradagi  yuqori  osmotik  bosimga  kо„ra  suvni  qayta  shimib  oladida,  о„z  asliga 


42 
 
qaytaadi – deplazmoliz rо„y beradi. 
Hujayralarga  turli  ionlarning  kirishi  va  chiqishi  yuqorida  bayon  etilgan 
«nasos» jarayoni orqali yuz bersa, ayrim  organik moddalar (glyukoza) ning kirib 
chiqishi  esa  faol  о„tkazish  jarayoni  bilan  amalga  oshadi.  Agar  hujayrada  organik 
molekula  kam  bо„lsa,  u  modda  diffuziya  yо„li  bilan  hujayraga  kirishni  davom 
ettiradi.  Hujayrada  shu  moddaning  konsentratsiyasi  ortib  ketsada,  uning  normal 
faoliyati  shuni  taqozo  etsa  shu  modda  hujayraga  kirishni  davom  ettiradi.  Modda 
shu  hujayraning  plazmatik  membranasidagi  «tashuvchi»  modda  bilan  birikib, 
konsentratsiya  oqimiga  qarshi  harakat  qiladi.  Bu  «kuchli»  oqimni  yengish  uchun 
energiya  sarflanadi.  Membrana  energiyasi  tufayligina  bu  modda  yuqori 
konsentratsiyali  muhitga  о„tib  oladi.  Demak,  bu  moddaning  kirishida  ikki  narsa: 
moddani biriktirib oluvchi ya‟ni ferment va energiya sarfi muhim rol о„ynaydi. 
Hujayra  membranasi  modda  va  ionlar  harakatida  baryer  (tо„siq)  vazifasini 
bajaradi.  Hujayraning  ichki  muhiti  hujayra  atrof-muhitdan  farq  qiladi.  Masalan, 
eritrotsit  atrofidagi  K
+
  konsentratsiyasi  yuqori,  sitoplazmada  esa  Na
+
 
Plazmolemma  hujayra  ichidagi  kislota-ishqoriy  muvozanatni  muntazam  darajada 
ma‟lum kо„rsatkichda saqlab turadi. 
Ionlar hujayra membranasidan mavjud ion yо„llari (naychalari) yoki maxsus 
tashuvchilar  (ionforlar)  yordamida  о„tkaziladi.  Bunda  energiya  sarfi  bilan  rо„y 
beradigan  nasos  mexanizmi  –  faol  transport  jarayoni  amalga  oshadi.  Ionlarning 
faol transport jarayoni ham diffuziya gradiyentiga (oqimiga) qarshi kechadi. 
Hujayra  membranasida  kechadigan  Na
+
,  K 
+
,  va  Ca
+2
  nasosi  tushunchasi 
asosida hujayradagi qо„zg„alish (nerv hujayrasi о„simtasi bо„yicha qо„zg„alishning 
uzatilishi  hamda  mushakdagi  qisqarish  jarayonlari)  izohlanadi.  Na
+
,  K
+
  nasosi 
jarayoni, amalga oshishi uchun hujayra ichida Na
+
 bо„lmog„i zarur. Hujayraga K
+
 
ning kirishi sitoplazmadan Na
+
 chiqarilishini taqozo qiladi. Bu ikki jarayon о„zaro 
bog„langan bо„lib, ikkala ion nasosi birga ishlaydi. Hujayraga kirgan K
+
  ionining 
miqdori  hujayradan  chiqarilayotgan  Na
+
  miqdoriga  teng  bо„lmaydi.  Hujayradan 
chiqarilayotgan 3 ta natriy ioniga bitta kaliy ionining kirishi tо„g„ri keladi. Bunda 
bir  molekula  ATF  parchalanib  hosil  bо„lgan  energiya  yuqoridagi  ionlar 


43 
 
almashinuvi jarayonini ta‟minlaydi. Suv diffuziya yо„li bilan membranadan. о„tadi. 
Ionlar, kandlar, aminokislota, nukleotidlar kabi erigan moddalar maxsus membrana 
tashuvchilari – oqsillar yordamida о„tkaziladi. Bu oqsillar har bir tashiluvchi uchun 
ixtisoslashgan. 
Hujayradan chiqadigan modda zaryadlanmagan bо„lsa, passiv transportning 
yо„nalishi  shu  modda  membranasining  ikki  tomonidagi  konsentratsiyasi  farqi 
(konsentratsiya  gradiyenti)  bilan  aniqlanadi.  Chiqadigan  modda  zaryadlangan 
bо„lsa, uning transportiga konsentratsiya gradiyenti hamda membrananing umumiy 
elektrik  gradiyenti  –  membrana  potensiali  ta‟sir  qiladi.  Konsentratsiya  gradiyenti 
membrana  potensiali  bilan  birgalikda  hujayra  membranasining  elektrokimyoviy 
gradiyentini hosil qiladi. 
Membranadagi tashuvchi oqsil erigan moddani elektrokimyoviy gradiyentga 
qarshi  faol  transport  etib,  uni  sо„rib  о„tkazadi.  Ayrim,  passiv  tashishni  amalga 
oshiruvchi  oqsillar  hujayra  membranasida  naychalar  hosil  qiluvchi  oqsillarni 
tashkil  etib,  ma‟lum  kattalik  va  zaryadga  ega  bо„lgan,  erigan  molekulalarning 
diffuziya  yо„li  bilan  о„tishini  ta‟minlovchi  naychalarni  shakllantiradi.  Ayrim 
oqsillar tashiluvchi moddani biriktirib olib, membranadan о„tkazadi. Bunday о„tish 
jarayoni yengillashgan diffuziya hisoblanadi (9- rasm). 
 
 

Download 9,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish