YENGILLASHGAN DIFFUZIYA AKTIV TRANSPORT
9 – rasm. Moddaning membrana orqali о„tishi
Y
44
Hujayra organoidlari
Hujayra organoidlari – hujayraning doimiy tarkibiy qismi bо„lib, ma‟lum
tuzilishga ega va maxsus vazifalarni bajaradi. Organoidlar ikki xil bо„ladi:
1. Umumiy organoidlar.
2. Xususiy organoidlar.
Umumiy organoidlar (deyarli) barcha hujayralarda mavjuddir. Hujayraning
faoliyatiga kо„ra u yoki bu organoid miqdor va shakl jihatdan turlicha bо„lishi
mumkin. Umumiy organoidlar guruhiga mitoxondriyalar, hujayra ichki tо„ri,
ribosomalar, Goldji kompleksi, lizosomalar, hujayra markazi – sentrosoma,
peroksisoma va mikronaychalar kiradi. О„simlik hujayralarida vakuolalar,
xloroplastlar ham bо„ladi.
Xususiy organoidlar ayrim hujayralargagina xosdir. Ular miofibrillalar,
tonofibrillalar, neyrofibrillalar, xivchin, kiprikchalar hamda xoshiya hosil qiluvchi
mikrovorsinkalardan iborat.
Hujayra organoidlarini tuzilishiga qarab membranali va membranasi
bо„lmagan hujayra organoidlariga bо„lish mumkin.
Membranali hujayra organoidlariga mitoxondriya, endoplazmatik tur,
plastinkasimon kompleks (Golji kompleksi), lizosoma va peroksisomalar
kirib,
ularning tuzilishida elementar biologik membrana ishtirok etadi. Membranalar
asosan lipid, oqsil, suvdan tashkil topgan. Hujayra ichki tuzilmalarining
membranalari oqsil va lipid tarkibining о„zgarishi bilangina farqlanmasdan
ularning tarkibiga kiruvchi molekulalarning joylashishi va ultrastruktur tuzilishi
bilan ham farqlanadi. Membrananing bunday о„ziga xos tuzilishi ularning
funksional ixtisoslanishiga bog„liq. Turli xil vazifani bajaruvchi membranalar
fermentlar va ularning aktivlik darajasiga qarab farqlanadi. Fermentlarning
aktivligi esa hujayraning boshqa komponentlari, ayniqsa suv va lipidlar bilan
munosabatiga bog„liq. Bu holatda membranalar fermentlarning aniq joylashishi
uchun struktur karkas rolini о„ynaydi. Shunday qilib, hujayra sitoplazmasining
membranalari funksional va struktur tarafdan aniq ixtisoslashtirilgan va bu holat
membrananing kimyoviy tuzilishi va molekulalarning joylashishiga bog„liq.
45
Membranasi bо„lmagan hujayra organoidlarga turli xil tuzilishga ega
bо„lgan va spetsifik vazifani bajaruvchi organoidlar: ribosoma va polisoma,
mikronaycha, sentrosoma va kiprikcha, xivchin va fibrillyar tuzilmalar kiradi.
Ribosomalar alohida tuzilmalar hisoblanib, ular kо„pincha endoplazmatik tо„r bilan
kompleks hosil qiladi.
Mikronaycha va sentrosomalar oqsil tabiatli subbirliklardan tashkil topgan.
Oqsil globulalari marjonlar singari о„zaro bog„lanib ipsimon tuzilmalar hosil
qiladi. Hujayrada sentrosoma singari mikronaychalardan tashkil topgan
kiprikchalar, xivchinlar ham bо„lib, ular yuqorida qayd qilingan organoidlardan
farqli ravishda ustki tarafdan membranali struktura bilan qoplangan. Hujayraning
fibrillyar tuzilmalari hujayrada turli funksiyalarni bajaradi. Fibrillyar tuzilmalar
hujayra sitoplazmasiga ma‟lum tartibda joylashishi yoki hujayraning
mikrovorsinka, tonofibrilla, neyrofibrillalar, miofibrillalarni hosil qilishi mumkin.
Mitoxondriyalar.
Mitoxondriyalar har bir hayvon hujayralarida uchraydigan
organoidlardir. Mitoxondriya nomi (yunon. mitos – ip, chondros – dona) birinchi
marta 1898 yilda Benda tomonidan berilgan bо„lsada, Flemming (1882) va Altman
(1890) boshqa nom bilan bu organoidni undan ilgariroq ta‟riflab bergan edilar.
Mitoxondriya shakli о„zgaruvchan bо„lib, kо„pincha, ipcha yoki donacha
holida kо„rinadi. Ma‟lum funksional holatlarda uning formasi о„zgarishi mumkin.
Masalan, uzun mitoxondriya bir tarafdan shishib yoki bir tarafidan botib tennis
raketkasi shaklini olishi mumkin. Ba‟zan mitoxondriyaning markaziy zonasi
tiniqlashib, pufakcha tusiga kiradi.
Mitoxondriya
kattaligi
о„zgaruvchan. Kо„pincha hujayralarda bu
organoidlarning eni nisbatan о„zgarmas (0,5 mkm ga yaqin). Uzunligi esa о„zgarib
turadi (eng uzuni 7 mkm). Lekin hujayraning funksional holatiga qarab juda
ingichka (0,2 mkm) va yо„g„on (2 mkm) tayoqchasimon xillarini uchratish
mumkin.
Mitoxondriya shakli va kattaligi osmotik bosimga va fiksatorning pH iga
qarab о„zgaradi. Mitoxondriya, asosan, sitoplazmada bir tekis joylashadi. Ba‟zan
esa bu qonda buziladi. Mitoxondriyaning bunday joylashishi ularning funksional
46
holatiga bog„liq. Ular qayerda energiya kо„proq kerak bо„lsa о„sha yerga
tо„planadi.
Masalan, diafragmaning mushak tolalarida mitoxondriyalar
miofibrillalarning disklari atrofida bо„ladi, kо„z tо„r pardasnning tayoqcha va
kolbachasimon hujayralarida esa ichki bо„g„imning bir qismiga yig„iladi. Buyrak
kanalchalari hujayralarida mitoxondriya bazal plazmatik membranada yotadi.
Hujayralardagi mitoxondriyalarning sonini aniq aytish qiyin. Ularning
miqdori hujayra tipiga va funksional holatiga bog„liq, jigarda 30–35%, buyrakda
20% oqsil mitoxondriyaga tо„g„ri keladi. Jigar gomogenatining 1 grammiga
8,7
•
10
10
mitoxondriya tо„g„ri keladi. Sog„ jigar hujayrasi 2500 mitoxondriya,
regeneratsiya bо„layotgan jigar hujayralarida va jigar о„smalari hujayralarida
ularning soni kam. Elektron mikroskopik tadqiqotlar mitoxondriyaning ikki qobiq
bilan о„ralganligini kо„rsatadi (l0-rasm, A). Tashqi membrananing qalinligi
A
B
10-
rasm. (A) Mitoxondriyaning ultramikroskopik tuzilishi (sxema):
1– mitoxondriyaning tashqi membranasi; 2– mitoxondriyaning ichki membranasi;
3– membranalararo bо„shliq; 4- kristalar; 5- ATF sintetaza malekulalarilar; 6- mtDNK; 7–
ribosomalar; 8- mitoxondriya matriksi.
(B) Mitoxondriya ichki membranasi tuzilishi (sxema): 1– tashqi membrana; 2 – ichki
membrana – kristalar; 3 – elementar tanacha; 4– membranalararo bо„shliq; 5 – matriks.
taxminan 6 nm bо„lib, shu organoidning о„tkazuvchanlik xususiyatini
belgilasa kerak. Ichki tarafda yotuvchi ichki mitoxondrial membrana
tashqarisidagidan farqli о„laroq, tekis bо„lmay, о„simta (krista)lar hosil qiladi
47
(10- rasm, B). Bu membrananing ham qalinligi taxminan 6 nm. Ichki membranalar
orasidagi bо„shliq mayda donador moddalar bilan tо„lgan bо„lib, matriks deb
ataladi. Mitoxondriya matriksida elektron zich (tо„q) granulalar bо„lib, ularning
zichligi Ca
+ 2
va Mg
+2
ionlariga bog„liq.
Mitoxondriya kristalari organoid matriksini butunlay ajratmaydi va shuning
uchun ham matriks yaxlit bо„ladi. Mitoxondriya membranalari murakkab
tuzilishga ega bо„lib, ikkita tashqi elektron zich (tо„q) qavatlardan va о„rta och
qavatdan tuzilgan. Har xil tipdagi hujayralarda kristalar soni turlicha. Buyrak
hujayralarida, skelet va yurak mushagida kristalar soni kо„p va zich joylashgan.
Jigar hujayralarnda, spermatidlarda esa kam va siyrak. Bir tipdagi hujayralarda
ham mitoxondriya kristalarining soni har xil bо„lishi mumkin(11-rasm).
11-rasm. Mitoxondriyani elektron mikroskopda kо„rinishi.
Sо„nggi vaqtlarda mitoxondriyalar ichki membranasida zamburug„simon
yana bir nozik komponent topilgan bо„lib, u dumaloq zarracha (diametri 6–10 nm)
va krista bilan tutashuvchi oyoqchadan (uzunligi 3–5 nm) iborat (10-rasm, b).
Bunday «Elementar tanachalar» har xil tipdagi hujayra mitoxondriyalarida
topilgan. Taxmin bо„yicha ana shu zamburug„simon strukturalarda ATF sintezi
48
bilan bog„liq bо„lgan fermentlar joylashgan. Mitoxondriya kimyoviy tarkibining
asosiy qismi proteindan (quruq og„irligining 65–70%), yog„dan (quruq
og„irligining 23– 30%) iborat bо„lib, fosfolipid, DNK, RNK, noorganik kationlar
K
+
, Mg
+
, Fe
+2
, Ca
+2
va boshqa moddalar mavjud. Mitoxondriya asosiy funksiyasi
ADF va noorganik fosfatdan ATF hosil qilishi hamda Krebs sikli oraliq
moddalarining aerob yо„l bilan oksidlanishini ta‟minlashdir. ATF makroergik
bog„larning energiyasi mexanik (mushaklarda), elektrik (bosh miya hujayralarida,
nerv hujayralari о„simtalarida, retseptorlarda va baliqning elektr organida),
yorug„lik osmotik energiyalarga aylanishi mumkin.
Mitoxondriya uzoq hayot kechirmaydi. Mitoxondriyaning biologik yarim
hayot (bor mitoxondriya yarmining yangilanishi) davri kо„p hujayralarda 9,6–10,3
kunga teng (buyrak hujayrasida esa 12,4 kun). Mitoxondriya kurtak otish yо„li
bilan yoki kо„ndalangiga ikkiga bо„linishi natijasida kо„payadi. Mitoxondriyaning
о„sishi va bо„linishi davrida mitoxondriya ichidagi sintetik protsesslar
mitoxondriya lipoproteid membranasini va asosiy fermentlarini hosil qiladi, ba‟zi
bir enzimlar esa (masalan, sitoxrom C) ribosomalarda sintez bо„lib
mitoxondriyalarga keltiriladi.
Hujayraning funksional aktivligi oshsa, masalan, buyrakning kompensator
gipertrofiyasida, mitoxondriya yiriklashadi va matriksni zich joylashgan kristalar
tо„ldirib turadi. Oxirgi yillarda о„tkazilayotgan tadqiqotlar mitoxondriyalarning har
xil ta‟sirlarga nospetsifik ravishda bir xil shishish bilan javob berishini kо„rsatdi.
Bunda
mitoxondriya
kengayadi,
kristalar
kattalashadi
va
kamayadi.
Mitoxondriyaning ultramikroskopik tuzilishi, hajmi, oksidlanish fermentlarining
aktivligi
о„rganilganda mitoxondriya shishishi natijasida nafas olish
fermentlarining о„zgarishi, ya‟ni mitoxondriya shishishiga sababchi faktorlar
mitoxondriyaning oksidlanish-qaytarilish fermentlarining aktivligini susaytirib
yuborishi qayd qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |