Endoplazmatik tо‘r.
Endoplazmatik tо„r yoki retikulum elektron mikroskop
ostida 50-yillarda ochilgan organoid bо„lib, uning tuzilishini о„rganish elektron
mikroskopik texnikaning taraqqiyoti bilan birga rivojlandi. Endoplazmatik tо„r
49
membranasida ribosomalar bо„lishiga qarab donador va donasiz endoplazmatik
tо„r farq qilinadi (12-rasm). Donador endoplazmatik tо„r membranasining tashqi
qismida ribosomalar bо„ladi.
Endoplazmatik tо„r hujayra ichi kanalchalar sistemasidan, vakuolalar va
sisternalardan tashkil topgan bо„lib, devori elementar biologik membrana bilan
о„ralgan. Kanalchalar, sisternalar va vakuolalar о„zaro birlashib, murakkab tо„r
sistemasini hosil qiladi. Endoplazmatik tо„r bо„shlig„i gomogen kam elektron
zichlikdagi modda tutadi. Endoplazmatik tо„r yetilgan eritrotsitlardan tashqari
hamma hayvon hujayralarida topilgan. Endoplazmatik turning tuzilishi takomil
darajasi turlicha bо„lgan hujayralarda har xil bо„ladi. Yog„ bezlarining kam
differensiallashgan bazal hujayralarida endoplazmatik tо„r yomon rivojlangan
bо„lib, markazda yotuvchi yetilgan hujayralarda esa endoplazmatik tо„r yaxshi
rivojlangan. Donador endoplazmatik tо„r oqsil sintezlovchi sekretor hujayralarda,
masalan, me‟da osti bezining atsinar hujayralarida, jigar hujayralarida, plazmatik
hujayralarda va boshqa hujayralarda yaxshi rivojlangan.
A
B
12-rasm. A –Endoplazmatik tо„r (sxema). B –Donador endoplazmatik tо„rning elektron
mikroskopda kо„rinishi: 1–donador endoplazmatik tо„r; 2– silliq endoplazmatik tо„r; 3–
ribossomalar, 4–membrana; 4–endoplazmatik tо„r bо„shlig„i.
Endoplazmatik tо„rning shakli va yaxshi rivojlanganligi hujayraning
50
funksional holatiga qarab ham о„zgarib turadi. Bez hujayralarida endoplazmatik
tо„r sisternalarining formasi va zichligi ham sekretsiya davriga qarab о„zgaradi.
Har
xil
hujayralarda
endoplazmatik
tо„r
bо„shliqlari va ular
membranalarining zichligi ham bir emas. Endoplazmatik tо„r membranasining
qalinligi 4 dan 7,5 nm gacha bо„ladi. Sisternaning ichki bо„shliqlarining ham
о„lchamlari farq qilinadi. 70 nm dan (kanalcha)–500 nm gacha (sisterna).
Endoplazmatik tо„r shakli va о„lchamlarining turli xilda bо„lishi bu sistemaning
yuqori funksional о„zgaruvchanligi bilan ifodalanadi, Masalan, me‟da osti bezining
atsinar hujayralarining endoplazmatik tо„r membranalarining qalinligi ochlikda 6–
7 nm, kanalchalar esa zich joylashib oraliq masofa 100 nm ga teng bо„ladi. Ovqat
qabul qilingach bir soatdan sо„ng membranalar ingichkalashadi (5 nm),
kanalchalar kengligi esa bir necha marta oshadi (100–700 nm), ular orasidagi
masofa esa ikki marta kengayadi. Donador endoplazmatik tо„r membranalarining
tashqi tomonida ribonukleoproteid donachalari – RNK donachalari joylashadi.
Endoplazmatik tо„r membranasida joylashgan RNK donachalari hujayraning
bazofil qismlarini belgilaydi. Ribonukleoproteid donachalari membrananing tashqi
tomonida joylashib, rozetka yoki aylanma shaklida tо„planmalar hosil qiladi. RNK
donachalari sitoplazmatik tо„rda hamma vaqt bо„lmagani uchun, yuqorida qayd
etganimizdek, endoplazmatik tо„rning granullyar va agranullyar turlari farq
qilinadi. Bir qator olimlar endoplazmatik tо„rning kanalchalari va sisternalar
sistemasi hujayra qobig„i hamda perinuklear bо„shliq bilan bog„liq deb fikr
yuritadilar. Shuning bilan birga, u endoplazmatik tо„rning Golji kompleksi
sohasidagi sisternalar bilan ham aloqada bо„ladi. Ba‟zi bir hujayralarda
endoplazmatik tо„r membranalari qalpoqcha singari mitoxondriyani о„rab turadi.
Shunday qilib, endoplazmatik tо„rni plazmatik qobiq, yadro va hujayra
organoidlari bilan bog„liq bо„lgan yagona sirkulyar sistema deb ta‟riflasa bо„ladi.
Endoplazmatik tо„rning plazmatik qobiq bilan aloqasi borligi kam kuzatilgan.
Endoplazmatik tо„r bilan Golji kompleksi orasida aloqa ham doimiy bо„lmay, balki
dinamik aloqadan iboratdir.
Hozirgi vaqtda granulyar endoplazmatik tо„rning oqsil va ferment
51
sintezidagi roli hamma olimlar tomonidan tan olinadi. Granulyar endoplazmatik
tо„r oqsil ishlab chiqaruvchi (oqsil bezlari) hujayralarda yaxshi rivojlangan.
Nooqsil (oqsil bо„lmagan) sekret mahsulotlari hosil qiluvchi hujayralar (me‟daning
qoplama hujayralar, buyrak usti bezining xromofil hujayralari va boshqalar) da
silliq endoplazmatik tо„r yaxshi rivojlangan. Dengiz chо„chqasining me‟da osti
bezining atsinar hujayralari stimulyatsiya qilinganda (och qolgan hayvonni
boqqandan sо„ng 1–3 soat keyin donador setoplazmatik tо„rning о„zgarishi
kuzatilgan (bu sistemaning bо„shliqlari kengayadi va sisternalar ichida katta
bо„lmagan «intersisternal» donachalar topiladi. Bu donachalar mayda bо„lib,
tuzilishi bо„yicha zimogen granullalarni eslatadi). Elektron mikroskopik
radioavtografiya
bilan olingan dalillar
ham
radioaktiv
N
3
– leysin
aminokislotasining ma‟lum bir tartibda hujayraga kirishini kо„rsatdi. Izotop
kiritilganda 4–5 min. о„tgach granulyar endoplazmatik tо„rda, 20 min dan sо„ng
Golji kompleksida, 4 soatdan sо„ng esa zimogen granulalarida leysin borligi
kuzatiladi.
Shunday qilib, keltirilgan dalillar hujayra ichidagi oqsil sintezida quyidagi
bosqichlarni ajratishga imkon beradi: 1) hujayraga tushgan aminokislotalarning
RNK donachalariga о„tishi va bu strukturada oqsil sintezlanishi, 2) oqsilning
endoplazmatik tо„r membranalaridan о„tishi (va kanalcha ichida «intersisternal»
granulalarning hosil bо„lishi), 3) granulalarning endoplazmatik tо„r orqali Golji
kompleksiga о„tishi va u yerda granulalar kondensiyasi hamda zimogen
donalarning shakllanishi. Bu batartib sistema Xirsh tomonidan «hujayra ichki
konveyeri» deb nomlangan. Agar bu «konveyer»da Golji kompleksiga «о„rovchi
sex» о„rni berilsa, endoplazmatik tо„r «kimyoviy sexdir». Lekin hujayra ichidagi
«konveyer»da endoplazmatik tо„r va Golji kompleksidan tashqari hujayraning
boshqa komponentlari va ayniqsa, yadro (informatsion RNKning sitoplazmaga
о„tishi, oqsil sistezining kontrol qilinishi) va mitoxondriyaning (oqsil sintezini
energiya bilan ta‟minlash) roli katta.
Silliq endoplazmatik tо„r esa, kо„pgina olimlarning fikri, boshqa –
metabolik protsesslarda, birinchi galda hujayradagi lipid va glikogenning sintezida,
52
agregatsiyasida va transportida ishtirok etadi. Silliq endoplazmatik tо„r asosan yog„
(yog„ bezlari hujayralari, buyrak usti bezi, urug„donning interstitsial hujayralari) va
karbonsuvlarning sintezida ishtirok etadi. Silliq endoplazmatik tо„r glikogenning
parchalanishida ham ishtirok etadi.
Endoplazmatik tо„rning kelib chiqishi va tо„planish yо„llari ham yetarli
ma‟lum emas edi. Kо„pgina sitologlar uni hujayra qobig„idan va mavjud
sitoplazmatik tо„rdan kelib chiqishini aytdilar. Hujayra qobig„ining divertikula va
pinotsitoz pufakchalari sitoplazmatik tо„rning membranalari bilan birlashib si-
toplazmatik tо„r sistemasini tо„ldiradi. Sitoplazmatik tо„r yadro qobig„i hisobiga
tiklanadi, degan fikr ham bor. Tadqiqotchilar fikricha, takomillashish vaqtida yangi
membrana materiallari donador endoplazmatik tо„rda hosil bо„lib, u keyinchalik
silliq sitoplazmatik tо„rga о„tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |