N. J. Toshmanov rivojlanish biologiyasi


Qо‘shni  hujayralar  yon  yuzasidagi  maxsus  tuzilmalar



Download 9,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/97
Sana20.01.2022
Hajmi9,16 Mb.
#393918
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   97
Bog'liq
Ривожланиш биологияси дарслик

Qо‘shni  hujayralar  yon  yuzasidagi  maxsus  tuzilmalar.
  Har  xil  hujayralar 
yon  qismlarida  moddalarni  diffuziya  qilishga  tо„sqinlik  beruvchi  maxsus 
tuzilmalar joylashadi (8-rasm). Bu tuzilmalar bir necha turga farqlanadi: 
1.
 
Oddiy birikish
. Hujayra plazmatik membranalari bir-biriga parallel yotib, 
ular  orasida  taxminan  20  nm  kenglikdagi  hujayra  oraliq  moddasi  joylashadi.  Ana 
shu modda ikki plazmatik membrananing bog„lanishini ta‟minlaydi. 
2. Zich birikish
 
yoki membranalarning zich jipslashgan zonasi. 
Bu birlashish 
epiteliy tо„qimasiga xos bо„lib, u hujayrani har tarafdan о„rab turadi. Bu birlashish 
sohasida umuman hujayra oraliq moddasi bо„lmay, qо„shni membranalarning oqsil 
molekulalari  о„zaro  qо„shilib  ketadi.  Elektron  mikrofotografiyalarda  bu  sohada 
besh  qavatli  membranani  kо„ramiz  (har  bir  plazmatik  membrana  elektron 
mikroskop  ostida  3  qavat  bо„lib  kо„rinsa,  bu  sohada  2  plazmatik  membrananing 
tо„q  qavatlari  birlashib,  5  qavatli  bо„lib  kо„rinadi).  Bu  birlashish  ichak  epiteliy 
hujayralari sohasida turli moddalarning ichak bо„shlig„idan ichki muhitga о„tishiga 
tо„sqinlik qiladi. Natijada, zaharli moddalar ichak bо„shlig„idan ichki muhitga о„ta 
olmaydi.  Moddalar  faqat  epiteliy  hujayralariga  sо„rilish  hisobiga  ichki  muhitga 
о„tishi mumkin. 
Oddiy  birikish  va  zich  birlashish  hujayralarni  hamma  tarafdan  о„rab  turadi 
va natijada о„ziga xos belbog„ni hosil qiladi. 
3.
 
Epiteliy  hujayralarida  desmosomalar  orqali  birlashish
,  ham  farqlanadi. 


39 
 
Elektron  mikroskopda  kо„rilganda  desmosoma  sohasida  qо„shni  hujayralar 
sitoplazmalarining  bir-biriga  tomon  yо„nalgan  bо„rtmalari  kо„zga  tashlanadi.  Bu 
bо„rtmalar  plazmolemma  bilan  qoplangan  bо„lib,  elektron  zich  hujayralararo 
joylashgan  sementlovchi  modda  yordamida  о„zaro  birlashadi.  Plazmolemmaning 
ichki  tarafida  elektron  zich  disk  shaklidagi  tuzilmalar  joylashib,  ularni 
birlashtiruvchi  plastinka  deyiladi.  Sitoplazma  ichidagi  tonofibrillalar  shu 
plastinkaga yopishadi. 
4.
 
Tirqishli  tutashish
  –  bu  tutashishda  ikki  qо„shni  hujayralar  plazmatik 
membranalari orasida 2–3 nm kenglikda oraliq (tirqish) qoladi. 
Bо„yovchi moddalar bir hujayra sitoplazmasiga kiritilganda shu 
soha orqali qо„shni hujayraga о„tadi. Demak, tirqishli tutashish 
sohasida nozik kanalchalar bо„ladi. Tadqiqotchilar fikricha, ikki 
qо„shni  hujayra  plazmatik  membranalarining  oqsillari  silindr 
shaklida  tuzilmalar  (konneksonlar)  hosil  qilib,  shu  tuzilma 
ichida  naysimon  tuzilmalar  (kanalchalar)  joylashgan.  Bu 
naysimon  tuzilmalar  orqali  ionlar  bir  hujayradan  ikkinchi 
hujayraga о„tadi. Shunday qilib, tirqishli tutashish hujayralararo 
ionlar va turli molekulalar almashinuvida muhim о„rin tutadi.  
8-rasm.  Hujayralarning  birikish  turlari.  1–oddiy  birikish;  2–
interdigitatsiya; 3–desmosoma; 4–zich birikish; 5–tirqishli birikish.
 
Undan  tashqari,  bu  tutashish  orqali  bir  hujayradan 
ikkinchi  hujayraga  impuls  tarqalishi  mumkin  (masalan,  yurak  mushak 
hujayralarida). 
5. Sinapslar va sinaptik birikish.
 Bu bog„lanish nerv hujayralari uchun xos. 
Sinaps  ikki  nerv  hujayrasi  orasida  –  neyronlararo  sinaps  yoki  nerv  va  nerv 
bо„lmagan tuzilmalar (retseptor va effektorlar) orasida bо„lishi mumkin. 
6.  Hujayra  yon  yuzasidagi  interdigitatsiyalar
  tez  о„zgaruvchan  tuzilma 
bо„lib,  bunda  bir  hujayraning  barmoqsimon  sitoplazmatik  о„siqchalari  qо„shni 
hujayraning xuddi shunday о„siqchalari orasiga kirib birlashadi. 

Download 9,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish