Hujayra markazi, sentrosoma.
Hozirgi vaqtda hujayra markazi deb
nomlanuvchi tuzilmani 1875-yili Gertvig ochgan. Hujayra markazi deb, u bо„linish
dukining ustki qismidagi tuzilmani atagan. Hujayra markazi hamma hayvon
hujayralarida topilgan bо„lib, faqatgina tuxum hujayrasida yetilish davrida
yо„qoladi.
Turli hujayralar Geydengayn temir gematoksilini bilan bо„yalganda
sentrosoma ikkita sentrioladan iborat ekanligi kо„riladi. Sentriolalar sferik massa
markazida joylashib, bu massa sentroplazma yoki sentrosfera deb ataladi.
Sentriolalar zich donachalar (kattaligi 0,2–0,8 mkm) holida kо„rinib, о„zaro
61
ingichka tortma – sentrodesmoza bilan bog„langan. Interfaza holatidagi
hujayralarda hujayra markazi ikkita sentrioladan (diplosomadan) iborat. Bо„linish
davrida esa uning tuzilishi murakkablashib, atrofida nurafshon zona-astrosfera
hosil bо„ladi.
Hujayra markazining tuzilishi tо„g„risidagi asosiy ma‟lumotlar elektron
mikroskopik tadqiqotlar natijasi tо„laroq olingan. Sentriola silindrsimon tanacha
bо„lib, uzunligi 0,3–0,6 mkm, diametri 0,1–0,15 mkm (17-rasm, a). Tanachaning
devori bir-biriga parallel yotgan naychalardan tashkil topgan bо„lib, tanachaning
ichi bо„sh. Naychalar hamma hujayralarda bir xil bо„lib, bir-biridan gomogen, zich
oraliq modda bilan ajralib turuvchi 9 ta guruh bо„lib joylashadi. (17-rasm, b). Har
bir guruh 3 ta mikronaychadan tashkil topgan bо„lib, ularni triplet deb yuritiladi.
Tripletning birinchi mikronaychasi (A-mikronaycha) diametri 25 nm, devor
qalinligi 5 nm bо„lib, 13 globulyar subbirlikdan tuzilgan. Har bir triplet uzunligi
sentriola uzunligiga teng. Ikkinchi va uchinchi B va S mikronaychalar A
mikronaychadan farq qilib, ularning devori 13 emas, balki 11 globulyar
subbirlikdan tashkil topgan. Uchala mikronaycha zich yotadi. Sentriolada
mikronaychadan tashqari yana qо„shimcha tuzilmalar bor. A mikronaychadan ikki
о„siqcha (qо„lcha) lar chiqib, ularning biri qо„shni tripletning S mikronaychasiga,
ikkinchisi esa sentriola markaziga yо„nalgan. Sentriola silindrining markazida
«arava g„ildiragi» singari tuzilma bо„lib, «о„q qism» va 9 ta spitsadan tashkil
topgan. Spitsaning har biri tripletning A mikronaychasiga qarab yо„nalgan.
Sentriolalar juft bо„lib, о„zaro bir-biriga perpendikulyar joylashadi va
bunday joylashishi sentriolalarning bо„linishi vaqtida qutbga tortilganida ham
saqlanadi. Sentriolalar о„qi bо„linish о„qini belgilaydi. Elektron mikroskopik
tekshirishlar sentriolalar atrofida diametri 70 nm li strukturalar – «satellitlar»
borligini kо„rsatadi (17-rasm, v). Taxminlar bо„yicha, «satellitlar» sentriolalar
aktivligiga bog„liq bо„lib, doimiy bо„lmagan tuzilmadir.
Kо„pgina tadqiqotchilar sentriolalarni bazal tanachalar bilan о„xshashligi bor
deb ta‟riflashadi. Bazal tanachalar oddiy hayvonlarda va kо„p hujayrali
organizmlarda xivchin va kiprikchalarning hosil bо„lishi bilan kо„rinadi. Odam
62
embrioni yuqori nafas yо„llaridagi kiprikchalar prebazal tanachadan rivojlanadi.
Spermatogenez davrida yadroga nisbatan distal joylashgan sentriola bazal
tanachaga aylanib, undan esa spermatozoid dumi hosil bо„ladi.
A
B
S
17-rasm.
Hujayra
markazi.
A–hujayra
markazi
(sentrosoma)ning
elektron
mikrofetogoammasi. 1–ona sentrol; 2 – qiz sentriol; 3 –sentriola satellitlari, 4–mikronaychalar.
B – Sentriola va kiprikchalar kо„ndalang kesmalarida tuzilmalarning joylashish sxemasi. a –
sentriolaning proksimal qismidan kesma; b– sentriolaning distal qismidan kesma; s–kiprikcha
kesmasi.
1- markaziy naycha (vtulka). 2–spitsalar: 3–qо„lcha; 4– amorf modda; 5– kiprikchani
о„rab turuvchi plazmatik membrana; 6– kiprikchalar spitsalari; 7–kiprikchaning mufta bilan
о„ralgan markaziy mikronaychalari. A, B, S –mikronaychalar joylashishi sxemasi. V–Aksolot
leykotsiti diplosomasining tuzilishi (sxema). 1–ona sentriol; 2–qiz sentriol; 3– satellit oyoqchasi;
4–satellit boshchasi; 5–mikronaychalarning birlashish joyi; 6–mikronaychalar.
Yuqorida keltirilgan dalillar asosida о„tgan asr oxirida hujayra markazi,
xivchin, kiprikchalar va bazal tanachalar bir xil tuzilmadan iborat degan fikr ilgari
surildi. Elektron mikroskopik tekshirishlar sentriola va bazal tanachalarning
ultrastrukturasi bir xil ekanligini tasdiqladi. Bazal tanachalar silindrsimon bо„lib
(uzunligi 0,5 mkm, diametri 0,1–0,2 mkm) sentriola singari 9 zich tuzilmadan
63
iborat.
Kiprikchalar hujayra sitoplazmasining ingichka silindrsimon о„sig„i bо„lib,
diametri 200 nm ga teng. Bu о„siq asosidan ustki qismigacha plazmatik membrana
bilan qoplangan bо„lib, kiprikcha markazida mikronaychalar sistemasi joylashadi.
Kiprikchadagi mikronaychalar sistemasini aksonema deyiladi. Kiprikchalar
aksonemasi bazal tanacha va sentriola mikronaychalar sistemasidan farqli ravishda
9 tripletdan iborat bо„lmay, balki aksonema devorini hosil qiluvchi 9 juft periferik
va 1 juft markaziy mikronaychadan iborat. Umuman kiprikchalar mikronaychalar
sistemasini (9x2) + 2 deb yozish mumkin. Sentriolada esa bu sistema (9x3)+0 ga
teng. Bazal tanacha va kiprikchalar aksonemasi uzviy bog„liq bо„lib, ular bir-biriga
davom etuvchi tuzilmani hosil qiladi. Bazal tanachaning A va V mikronaychalari
aksonemaning A va V mikronaychalaridir.
Hujayra markazi mitotik apparatni, shu jumladan, dukchani va yulduzchani
hosil qilishda rol о„ynaydi. Hozirgi vaqtda shunisi aniqki, mitozda qutblanish
hujayra markazi tomonidan bajariladi. Qutblar hujayra markazlarining bir-biridan
qochishi natijasida hosil bо„lib, dukning va xromosomalarning joylashishini
belgilaydi.
Ba‟zi tadqiqotchilar sentriola naychalari va duk fibrillalari diametrining bir
xilligiga asoslanib, fibrillalar sentriola naychalaridan hosil bо„ladi deb fikr
yuritadilar.
Sitoplazmaning fibrillyar tuzilmalari.
Sitoplazmaning fibrillyar tuzilmalariga
yо„g„onligi 10 nm keladigan mikrofibrillalar va yо„g„onligi 5–6 nm bо„lgan
mikrofilamentlar kiradi.
Mikrofibrillalar (oraliq filamentlar) yoki tayanch fibrillalar hayvon hujayrasi
uchun harakterli bо„lib, u asosan epiteliy hujayralarida va ba‟zan glial hujayralarda
uchraydi. Mikrofibrillalar oqsil tabiatlidir. Ular bir necha yuz fibrillalardan tashkil
topgan tutamlar hosil qilishi mumkin, mikronaychalar singari tayanch funksiyasini
о„taydi.
Mikrofilamentlar sitoplazmaning chetki yuzalarida tutamlar hosil qilib
joylashadi. Ularni amyobalar psevdopodiylarida yoki harakatdagi fibroblastlarning
64
о„siqlarida kо„rish mumkin. Oxirgi vaqtlarda mikrofilament tutamlarida mushak
tо„qimasining qisqaruvchi elementlaridagi singari aktin, miozin, tropomiozin, α-
aktinin topilgan. Mikrofilamentlar qisqarish vazifasini bajaradi.
Maxsus organoidlar.
Kо„pgina qо„llanmalarda maxsus organoidlar ham
farqlanadi. Maxsus organoidlar hamma hujayralar uchun taalluqli bо„lmay, faqat
ba‟zi hujayralarda uchraydi. Ularga epiteliy hujayralaridagi tonofibrillalar, mushak
hujayralaridagi
yoki
tolalardagi
miofibrillalar
va
nerv
hujayralaridagi
neyrofibrillalar kiradi. Hozirgi vaqtda maxsus organoidlarni ajratishning hojati
yо„qdir. Chunki maxsus organoidlarni hosil qiluvchi tuzilmalar boshqa
hujayralarda ham uchraydi. Epiteliy hujayralaridagi tonofibrillalar boshqa
hujayralarda ham
uchrovchi
mikrofibrillalarning katta
bir tо„plamidir.
Elektronmikroskop ostida ular nozik ipchalar shaklida bо„lib, desmosomalarda
tugaydi. Tonofibrillalar epiteliy, hujayrasining mustahkamligini belgilasa kerak.
Miofibrillalar mushak tо„qimasida uchrab, ular aktin, miozin, tropomiozin,
α-aktinin kabi oqsillarni tutadi. Bu oqsillar boshqa hujayralarda ham topilgan.
Mushak tо„qimasida bu oqsillar juda kо„p bо„lib, tutamlar – miofibrillalarni hosil
qiladi.
Neyrofibrillalar nerv hujayralarida uchrab elektron mikroskopik tadqiqotlar
neyrofibrillalarning nozik mikrofibrillalaridan tashkil topganligi va bu sohada
mikronaychalar borligini kо„rsatdi
2
.
Do'stlaringiz bilan baham: |