N. J. Toshmanov rivojlanish biologiyasi



Download 9,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/97
Sana20.01.2022
Hajmi9,16 Mb.
#393918
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   97
Bog'liq
Ривожланиш биологияси дарслик

Hujayra yadrosi 
 
Yadro  (yunon.  karuon  lat.  nucleus)  atamasi  1833-yilda  Broun  tarafidan 
kiritilgan bо„lib, u о„simlik hujayralaridagi sharsimon doimiy tuzilmalarni shu nom 
bilan atagan. 
Yadro  hamma  eukariot  hujayralarida  bо„ladi.  Yadro  faqat  eritrotsitlarda 
bо„lmaydi.  Eritrotsitlar  –  yuqori  ixtisoslangan  hujayra  bо„lib,  differensirovka 
vaqtida о„z yadrosini yо„qotadi. Yadroning shakli hujayra shaklini qaytaradi, lekin 


71 
 
notо„g„ri  formada  ham  bо„lishi  mumkin.  Sharsimon,  kubsimon  va  kо„p  qirrali 
hujayralarda  yadro  yumaloq  shaklga  ega.  Prizmatik,  silindrsimon,  duksimon 
hujayralarda yadro uzun ellips, yassi hujayralarda esa duksimon bо„ladi. Notо„g„ri 
shakldagi yadrolarga ba‟zi bir leykotsitlariing yadrosi misol bо„ladi (taqasimon va 
parraksimon). Yadro hujayrada asosan  bitta  (bir  yadroli  hujayra)  yoki  ikkita  (ikki 
yadroli hujayra) bо„ladi. Kо„p yadroli hujayralar va simplastlar ham mavjuddir. 
Yadroning  kattaligi  turlicha  bо„lib,  4  mkm  dan  (spermatozoid)  40  mkm 
gacha  (tuxum  hujayra)  boradi.  Yadro  о„lchami  sitoplazma  о„lchamiga  kо„pincha 
tо„g„ri  proporsional  bо„ladi.  Yadro  va  sitoplazmaning  hajm  nisbati  yadro-
sitoplazma  nisbati  deb  ataladi.  Yadroning  hujayrada  joylashishi  har  xil  bо„lib, 
hujayraning faoliyati va shakliga bog„liq bо„ladi. 
Bez  hujayralarida  yadro  hujayraning  bazal  qismida  joylashib,  apikal  qismi 
sekret  bilan  banddir.  Differensiallashmagan  hujayrada  yadro  geometrik  markazda 
joylashadi.  Yadro  quyidagi  asosiy  struktur  komponentlardan  iborat  (21,  22-
rasmlar). 
 
21- rasm. Yadroning elektron mikroskopik tuzilishi (sxema). 
1–yadro qobigi; 2–yadro teshiklari. 3–karioplazma; 4 –xromatin; 5– yadrocha; 6–
interxromatin donachalar; 7 – perixromatin donachalar; 8 – spiral tanacha. 


72 
 
1.  Yadro  qobig„i.  2.  Xromatin  strukturalari  (xromatin,  xromosoma).  3.  Bir 
yoki bir necha yadrocha. 4. Karioplazma (yadro shirasi). 
Yadroning  asosiy  komponent  xromosomalar  DNK  dan  iborat bо„lib, о„zida 
genetik  informatsiyani  saqlaydi.  DNK  dan  tashqari  hujayra  yadrosida  3  xil: 
informatsion,  ribosomal  va  transport  RNK  bor.  Hujayra  yadrosi  tarkibida  yana 
giston  tipidagi  oqsillar  bо„lib,  DNK  bilan  tuzlar  tipidagi  birikmalar  hosil  qiladi. 
Shuning  bilan  birga  nogiston  tipidagi  oqsillar  ham  mavjud.  Yadroda  bir  qancha 
fermentlar  –  ATF-aza,  glikolitik  fermentlar  bor,  lekin  oksidlanish  fermentlari 
uchramaydi.  Gistokimyoviy  va  biokimyoviy  usullar  orqali  yadro  oqsillar  bilan 
lipoproteid  va  liponukleoproteidlar  holida  birikkan  lipidlar  topilgan.  Ular  yadro 
quruq og„irligining 10–20% ni tashkil qiladi. 
Yadroda  kalsiy,  magniy,  natriy,  fosfor,  temir,  rux,  mis,  kobalt  va  boshqa 
elementlar ham  topilgan. 
Yadro  qobig‘i  (kariolemma).
  Yadro  qobig„ining  mavjudligi  oddiy 
(yorug„lik)  mikroskop  ostida  kо„rilgan  edi.  Elektron  mikroskop  yadro  qobig„i 
murakkab tuzilishga egaligini kо„rsatdi. U ikki membranadan tashkil topgan bo„lib, 
har  birining  qalinligi  10  nm  va  aniq  3  qavatdan  tuzilgan.  Ichki  va  tashqi  yadro 
qobig„i orasida 10–30 ba‟zan 100 nm ga teng perinuklear bо„shliq bо„ladi (21,22-
rasmlarga).  Yadroning  tashqi  qobig„i  endoplazmatik  tо„r  membranasiga  о„tadi. 
Yadro qobig„ining har bir membranasi boshqa hujayra membranalari singari oqsil 
va lipiddan tashkil topgan. Yadro qobig‟ining о„ziga xos xususiyati kо„p miqdorda 
yadro teshiklarining bо„lishidir. 
Teshiklarning diametri о„rtacha 80–90 nm. Teshiklar atrofida yadro qobig„i 
membranalari  о„zaro  birlashadi.  Teshiklar  murakkab  tuzilishga  ega  bо„lgan 
globulyar va fibrillyar tuzilmalar bilan tо„lgan. 
Yadro  teshiklari  bilan  bu  tuzilmalarni  qо„shib  yadro  teshiklari  kompleksi 
deb  yuritiladi.  Bu  kompleks  oktogonal  tuzilishga  ega  bо„ladi.  Yadro  teshigi 
devorini  hosil  qiluvchi  yadro  qobig„ida  uch  qator  donachalar  joylashadi.  Har  bir 
qatori  8  tadan  donacha  tutadi  (23-rasm).  Birinchi  qator  donachalar  yadro  shirasi 
tarafida, ikkinchisi sitoplazma tarafida, uchinchi  


73 
 
 
22- rasm. Yadro. Me‟da osti bezi atsinar hujayrasi. Elektron mikrofotegramma.                         
1 –yadro; 2– yadrocha; 3– karioplazma; 4– euxrematin; 5–geteroxromatin, 6–donador 
endoplazmatik tо„r

qator  donachalar  esa  teshikning  markazida  yotadi.  Donachalar  kattaligi  25 
nm  ga  teng.  Bu  donachalardan  fibrillyar  tortmalar  chiqib  teshik  markazida 
joylashgan  markaziy  granulaga  kelib  birlashadi.  Bir  yadroda  taxminan  12000 
teshik  bor  yoki  1  mm
2
  ga  45  ta  teshik  tо„g„ri  keladi.  Teshiklar  soni  hujayraning 
funksional aktivligiga bog„liq.  
Sitoplazma  bilan  yadro  aloqasi  oddiy  emas.  Hatto  mayda  ionlar  K
+
,  Na+, 
Sa
++
  yadro  qobig„idan  erkin  о„tolmaydi.  Na 
+
,  K
+
  ionlarining  miqdori  bо„yicha 
yadro  hujayra  oraliq  moddasiga  yaqin.  Yadro  qobig„ining  endoplazmatik  tо„r 
membranalariga qadar davom etishi, yadro bilan sitoplazmaning о„zaro ionlar bilan 
almashinishiga  imkon    yaratadi.  Endoplazmatik  tо„rning  ba‟zi  bir  bо„limlari 
plazmatik  membrana  bilan  aloqa  qiladi,  degan  dalillar  ham    bor.  Shuning  uchun 
bо„lsa  kerak,  ba‟zi  bir  bо„yoq  moddalari  yadroga  hujayrani  bо„yamasdan  о„ta 
oladi. 
 


74 
 
 
23-rasm. Yadro teshigining tuzilishi (sxema). 
1-perinuklear bо„shliq; 2–ichki yadro qobig„i; 3–tashqi yadro qobig„i; 4–periferik 
donachalar; 5 – markaziy donacha; 6 – donachalardan tarqaluvchi fibrillalar; 7– diafragma. 
 
Yadro qobig„ining о„tkazuvchanligi tufayli nasl informatsiyasining yadrodan 
sitoplazmaga  yuqori  polimer  RNK  orqali  о„tishi  tо„g„risidagi  zamonaviy  bilimlar 
alohida  ahamiyatga  ega.  Bir  tomonidan, ionlarning  mayda  molekulalari  uchun  bu 
teshiklar  о„tib  bо„lmas  chegara  bо„lsa,  ikkinchi  tarafdan,
 
katta  molekula 
informatsion  RNK  yadrodan  sitoplazmaga  о„ta  oladi.  Sitoplazmadan  yadroga 
sitoplazmada sintezlanuvchi va yadroni energiya bilan ta‟minlashda kerak bо„lgan 
mononukleotid trifosfatning katta molekulalari о„tadi. 
Aminokislotalar,  purin  va  pirimidin  asoslari,  ATF  yadroga  aktiv  transport 
yо„li bilan о„tadi. Ba‟zan yadrodan sitoplazmaga yadro moddasining ajralib о„tishi 
mumkin  degan  fikr  bor.  О„z  navbatida  yadro  qobig„ida  botiqlar  paydo  bо„lib, 
xuddi fagotsitoz kabi sitoplazma moddasini qamrab oladi. 
Yadro qobig„i endoplazmatik tо„r hosil bо„lishida ishtirok etadi, degan fikr 
ham  bor.  Profazada  yadro  qobig„i  fragmentatsiyaga  uchrab,  donador 
endoplazmatik  tо„r  bilan  birlashadi.  Telefazada  esa  qobiqlar  qaytadan 
endoplazmatik tо„r elementlaridan hosil bо„ladi. 

Download 9,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish