fikrini tasdiqlaydi:
Juda mo‘I bo'lar shokoladlar ham,
Stolga to‘lar marmeladlar ham.
Ko ‘payar yana shirin kulchanon,
Holva-yu, konfet obakidandon.
Borlarda o'ynab-kulib yurgan, turli noz-ne’matlardan bahramand bo'lgan
bolalar ham, jahon mehnatkashlari ham elning, yurtning tinch va obod
bo'lishini, ota-onalarining tashvish tortmasligini xohlaydi. Shuning uchun ham
shoirning kichik qahramonlari olamga jar solib, tinchlik bo'lsin, deydilar
Bog‘larimizda yayraymiz har dam,
Bilim olamiz, kuylaymiz bardam.
Dunyoda xalqlar kun kechirsa tinch,
Ota-onalar tashvish tortmas hech.
Bu murojaatda lirik qahramonning — bolalarning urushga qarshi nafrati,
ozodlik bilan do‘stlikning qudratiga zo‘r ishonch o'z ifodasini topgan.
Ilyos Muslim «Sening sovg'ang» nomli she'rida o‘z hunari bilan
hammaning diqqatini tortgan chevar qizning lirik obrazini yaratadi. Shoir
bu obrazda o‘z hunari bilan faqat onasinigina emas, hammani o'ziga jalb
qilgan jajji qizning fazilatini ko'rdi va uni gavdalantirdi. Chevar qizdagi
eng yaxshi fazilatlardan biri uning mehnatga mehr-dili bilan berilishidir.
Buni shoir turli istioralar yordamida ifodalaydi:
Chaqnab turgan quvnoq ko‘zingni
Qo ‘lingdagi ishdan olmaysan,
Ishni har kun olib yoningga,
Zehn qo*yib kashta tikasan.
Shoir chevar qiz o'zining butun mehr-muhabbati bilan tikkan
kashtasini onasiga sovg'a qilishi — bolaning ota-onaga bo'lgan cheksiz
muhabbatini davr yoshlariga xos xislatlarga ega ekanligini ulug'laydi.
Shoir «chaqnab, quvnab turgan ko'zlaring», «dildan toshib chiqqan
Do'stlaringiz bilan baham: |