Taraqqiyot strategiyasi



Download 17,62 Kb.
bet1/2
Sana13.06.2022
Hajmi17,62 Kb.
#664592
  1   2
Bog'liq
Ayol baxtli bo\'lsa oila baxtlidir


AYOL BAXTI – XALQIMIZ VA JAMIYATIMIZ BAXTIDIR
06 Mar. 2021 y. "TARAQQIYOT STRATEGIYASI" MARKAZI
Ayol — oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko'rki. Ayollar bilan hayotimiz go'zal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafshondir. Xotin-qizlari e'zozlangan, qadrlangan yurtning esa buguni va ertasi farovon. Chunki ayol mehnati bilan jamiyat to'laqonli rivojlanadi, taraqqiy etadi.
Shu bois mamlakatimizda xotin-qizlarga munosib shart-sharoitlarni yaratib berish, ularni hayotdan rozi bo'lishlarini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Ma'lumki, 2017 — 2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi hamda uning asosida har yili qabul qilinayotgan Davlat dasturlarida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni davlat va jamiyat boshqaruvidagi o'rnini kuchaytirish, xotin-qizlar, kasb-hunar kolleji bitiruvchi qizlarining bandligini ta'minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, oila asoslarini yanada mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish masalalariga alohida e'tibor qaratilyapti hamda bu borada ko'plab chora-tadbirlar belgilanib, ularning ijrosi izchil ta'minlanmoqda.
Darhaqiqat, keyingi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq-manfaatlarini, gender tenglikni ta'minlash, oila, onalik va bolalikni himoya qilish, ayollar o'rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, ular uchun yangi ish o'rinlari yaratish, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash davlat siyosatining ustuvor yo'nalishiga aylandi.
Bugungi kunda mamlakatimizda erkaklar va xotin-qizlarga teng huquq va imkoniyatlarni yaratish, gender tenglikni ta'minlashga qaratilgan huquqiy asoslar mustahkamlandi. Yurtimizda ayol rahbarlar — vazirlar, hokimlar, ishlab chiqarish birlashmalari, bank va kompaniyalar raislari, huquq-tartibot idoralarida, Qurolli Kuchlarimiz tarkibida mas'ul vazifalarda xizmat qilayotgan opa-singillarimiz soni ortib bormoqda.
Xotin-qizlar ham zimmalaridagi mas'uliyatni to'liq his etib, qaysi sohada bo'lmasin, samarali mehnat qilib, yurt ravnaqi, xalq farovonligiga o'zlarining munosib hissalarini qo'shib kelishmoqda.
Ta'kidlash lozim, bugungi kunda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylangan 150 nafar deputatning 48 nafari yoki 32 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. Senatda esa, bu ko'rsatkich qariyb 25 foizga yetdi. Mahalliy Kengashlar deputatlarining 31 foizi ham faol ayollardan iborat. Ana shunday natijalar tufayli O'zbekiston parlamenti ayol deputatlar soni bo'yicha dunyodagi 190 ta milliy parlament o'rtasida 37-pog'onaga ko'tarildi. Holbuki, bundan 5 yil ilgari 128-o'rinda edi.
Shu bilan birga, oila, xotin-qizlar va keksalarni qo'llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari bilan hamkorlikni kuchaytirish maqsadida Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi tashkil etilganini alohida ta'kidlash joiz.
Ma'lumki, bugungi kunda xotin-qizlar manfaatlarini oila, mahalla va jamiyat manfaatlaridan ajratgan holda tasavvur etib bo'lmaydi. Ana shu masalalarni kompleks hal etish, bu borada davlat siyosatini yanada yuqori bosqichga ko'tarish yangi vazirlikning asosiy vazifasi sifatida belgilandi.
Bugungi kunda xotin-qizlarning ijtimoiy turmushini yaxshilash, ularga munosib shart-sharoitlar yaratishga davlat siyosati darajasida e'tibor qaratilmoqda. Xususan, respublikamizning barcha hududlarida Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari tashkil etildi. Bugungi kunda ular tomonidan 28 mingga yaqin opa-singillarimizga tadbirkorlik, hunarmandlik, kasbga qayta tayyorlash, bandlikni ta'minlash yuzasidan amaliy yordam ko'rsatilmoqda. Shuningdek, besh muhim tashabbus doirasida 21 ming 500 nafar qiz qisqa muddatli kasb-hunar kurslarida o'qitildi. Ana shunday imkoniyatlar tufayli tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'ygan ayollar soni bir yilda qariyb 45 ming nafarga ko'payib, ular tomonidan minglab yangi ish o'rinlari barpo etilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 apreldagi “Og'ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo'lgan, kam ta'minlangan, farzandlarini to'liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori asosida Xotin-qizlar va oilani qo'llab-quvvatlash jamoat fondi mablag'lari hisobidan har yili respublika bo'yicha mingdan ziyod og'ir turmush sharoitida yashayotgan, nogironligi bo'lgan, uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga berilgan uylarning 10 foizlik boshlang'ich badal to'lovlari to'lab berilmoqda.
Bir so'z bilan aytganda, xotin-qizlar hamisha davlat e'tiborida, e'zozu ardog'ida. Chunki ayol o'zini baxtli his qilsa, jamiyat baxtli bo'ladi, oilada ma'naviy muhit barqarorligi ta'minlanadi.
Fursatdan foydalanib, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi jamoasi O'zbekiston xotin-qizlarini go'zallik va nafosat ayyomi — 8 mart 
Download 17,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish