Taraqqiyot strategiyasi


Xalqaro xotin-qizlar kuni



Download 17,62 Kb.
bet2/2
Sana13.06.2022
Hajmi17,62 Kb.
#664592
1   2
Bog'liq
Ayol baxtli bo\'lsa oila baxtlidir

Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan muborakbod etadi. Barcha opa-singillarimizga tinchlik-xotirjamlik, mustahkam sog'liq, oilaviy baxt-saodat tilaydi.

Ayol baxtli boʻlsa, oila toʻkisligidan dalolat beradi. Jamiyat esa gullab-yashnaydi. Maʼlumki, “Ayollar daftar”i,“Temir daftar”ga kiritilgan xotin-qizlarimiz davlatimiz tomonidan qoʻllab-quvvatlanmoqda. Imtiyozli kreditlar, subsidiyalar ajratish natijasida ular mazkur “daftar”lardan chiqarilmoqda.


Maqsad bitta, ayol oʻz hayotidan mamnun boʻlsin. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva Toshkent viloyati Ohangaron tumaniga tashrif buyurdi. Qator mahallalardagi muammolar va takliflar oʻrganildi. Senat Raisiga viloyat hokimi D. Hidoyatov, viloyat mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari O. Parpiboyeva, xalq deputatlari viloyat kengashi kotibiyat mudiri S. Fayziyeva, tuman hokimi A. Abdullayev hamrohlik qildi.
Dastlab hududdagi “Gʻallaquduq” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi “Hunarmandlar uyushmasi" aʼzosi Qizjibek Mamatova tomonidan uy sharoitida tashkil etilgan tikuv sexi faoliyati bilan tanishildi. Ayni paytda mazkur oilaviy sexda tikilayotgan mahsulotlar Tojikiston Respublikasiga eksport qilinmoqda. Bundan oldin tadbirkor tomonidan 70 ming dona bosh kiyim Rossiyaga eksport qilingan edi. Uchrashuvda tadbirkor tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar koʻzdan kechirildi.
Tikuv sehidagi 20 nafar xotin-qizlar shu yerning oʻzida kasb sirlaridan boxabar etiladi. Ish oʻrinlarini kengaytirish maqsadida ikki yosh tadbirkor Qizjibek Mamatova hamda Husniddin Muhamadovlarga tuman hokimligi tomonidan yer ajratilishi koʻzda tutilgan. Natijada yana yuz nafar ish oʻrni yaratiladi. Mazkur sexda “Temir daftar” hamda “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan besh nafar ayollar bandligi taʼminlangan. Ishchi xotin-qizlar bilan qilingan samimiy suhbatdan soʻng muammolar tinglandi.
- Hududimiz tuman markazidan olisda joylashgan, – deydi “Gʻallaquduq” mahalla raisi Zohida Utepova. – Uch mingda ziyod aholi istiqomat qilayotgan yigʻinimiz koʻp yillardan beri eʼtiborsizlik oqibatida qishloq infratuzilmasi salohiyatini yoʻqotgandi. Hattoki, bogʻcha yoshidagi farzandlarimizning ayrimlarini 20 chaqirim naridagi bolalar bogʻchalarida tarbiyalashga majbur edik. Yigʻinimizdagi 18 ta koʻchaning 5 ta koʻpqavatli xonadonlari hamda yana shunda koʻcha aholisi ichimlik suvni toshib ichishardi. Mahallamizdagi “Obod qishloq” davlat Dasturini amalga oshirilishi natijasida koʻp qavatli uylarga ichimlik suvi chiqarildi. Beshta koʻchaga suv moslamalari keltirildi. Tez fursatda ishlar yoʻlga qoʻyiladi.Shuningdek, 240 oʻrinli maktabgacha taʼlim muassasasining qurilish ishlari boshlab yuborilgan.
Mahallada 31 nafar xotin-qizlar “Ayollar daftari”ga, 8 nafari “Temir daftar” roʻyxatiga kiritilgan. Shulardan toʻrt nafar “Temir daftar”dagilar ish bilan taʼminlanish arafasida.
Keyingi manzildagi uchrashuv masʼullar hamrohligida qizil hududga kiritilgan “Yalpoqtepa” mahalla fuqarolar yigʻinidagi “Ayollar daftari” roʻyxatida turuvchi fuqarolar bilan tashkil etildi. Ochiq muloqot tarzida oʻtgan suhbatda ayollar muammolari tinglandi. Ularni hal etish boʻyicha tegishli vazifalar belgilab olindi. Xususan, Margʻuba Qodirovaning uy-joy kadastri masalasi hamda Ohangaron shahar shifoxonasida ishlovchi hamshira Gulzira Turgʻunboyevaning bir guruh hamkasblari nomidan qilgan murojaatlari oʻrganildi. Ushbu holat yuzasidan tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi.
“Yonariq” MFYda ham ayollarni qiynayotgan muammolar tinglandi. Hududda amalga oshirish lozim boʻlgan loyihalar xususida atroflicha maʼlumot berildi. Yigʻilganlar tumanda olib borilayotgan ijobiy ishlarni taʼkidlash bilan bir qatorda mavjud muammolar haqida toʻxtaldi. Jumladan, mahalla yaqinida joylashgan Yangi Angren IESdan chiqayotgan zararli chiqindilar atrofga tarqalayotgani tufayli aholi zarar koʻrmoqda. Fuqaro Shoira Raimqulova, Sevara Parpiyeva,Shoira Mansurova, Dilorom Irsqulova hamda Tursunoy Aliqulova kabi bir qator ayollarni ekologiya, sogʻliqni saqlash tizimi, suv, yoʻl, bolalar maydonchasi masalalarida koʻtargan muammolari atroflicha oʻrganildi.
Tuman hokimining taʼkidlashicha, tumandagi 100 km ichki koʻchalar loy, tuproqlardan iborat. Aprel oyi yakuniga qadar 60 km masofadagi yoʻllarga shagʻal yotqazilib,joriy taʼmirlanadi. Shuningdek, 51 ta maktabga 120 million soʻmlik musiqa asboblari keltirilishi, maktab sport maydonlari atrofida bolalar uchun maydonchalar qurish rejalashtirilgan.
Ohangaron tumani hokimligida oʻtkazilgan yigʻilishda mavzuga oid koʻplab masalalar muhokama qilindi. Tumanda “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftarda” roʻyxatda turuvchi fuqaro va oilalar boʻyicha olib borilayotgan ishlarning holati koʻrib chiqildi. Xalq deputatlari tuman Kengashi faoliyati va deputatlarning olib borayotgan amaliy ishlari muhokama qilindi. Tumanda “mahallabay” ishlash boʻyicha shtab faoliyati bilan tanishildi.
30 yoshdan yuqori xotin-qizlarning xatlovdan oʻtkazilib anketa soʻrovnomalar toʻldirildi. Oʻrganishlar natijasiga koʻra, 872 nafar xotin-qiz ijtimoiy holatlari boʻyicha “Ayollar daftari”ga kiritildi. Kechagi kun holatiga koʻra 32 nafar ayollarning muammolari hal etilgani sabab mazkur roʻyxatdan chiqarilgan. Maʼlumotlarga koʻra, 68 nafari xotin-qizlar noturar yoki oʻz nomida boʻlmagan uy-joylarda istiqomat qiladi. Shundan 29 nafari ijarada yashaydi. Ularning ijara shartnomalari yoʻqligi bois, kompensatsiya toʻlash imkoni yoʻq. Yigirma besh nafar xotin-qizlar ichki ishlar nazoratida turadi. Ularga himoya orderlari taqdim etilgan.
Bu yil mart oyida ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz ayollardan 78 nafari bandligi taʼminlandi. Tadbirkorlik qilish istagini bildirgan 40 nafar ayollar tadbirkorlik yoʻnalishida oʻqitildi, shundan 13 nafariga imtiyozli kredit ajratildi. Tomorqasidan samarali foydalanishi uchun 13 nafar xotin-qizga subsidiya asosida issiqxona qurib berildi. Boquvchisini yoʻqotgan ehtiyojmand ayollardan 40 nafariga moddiy yordam koʻrsatildi. Bu boradagi ishlar tegishli tartibda davom etmoqda.
-Hudud ayollari mavjud muammolar boʻlsa ham olib borilayotgan bunyodkorlik ishlaridan mamnun ekanligiini aytyapti, – deydi T.Norboyeva. – Biroq hali amalda qilinadigan ishlar koʻp. Hududlardan saylangan deputatlar muntazam aholi bilan ishlashi lozim.
Suhbat davomida tumanda “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftarda” roʻyxatda turuvchi fuqaro va oilalar boʻyicha olib borilayotgan ishlarning holati bilan tanishdi. Xalq deputatlari tuman Kengashi faoliyati va deputatlarning olib borayotgan amaliy ishlari muhokama qilindi. Tumanda “Mahallabay” ishlash boʻyicha shtab faoliyati bilan tanishildi.
Download 17,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish