Qor bo‘rar... qattiq chilla,
Pisand qilmas Abdulla.
Har minut — unga tilla,
Qahraton qish unga yoz.
(«Chirchiq esdaliklari».)
Bolalar adabiyoti kichkintoylaming vatanparvarlik his-tuyg'ularining
shakllanishida katta rol o'ynaydi. Shu sababli ulaming psixologiyasi, intilishi,
orzu umidlarini ifodalovchi biron asar yozish va ma’qullash ancha murakkab
ish. Ilyos Muslim ana shunday mas’uliyatli vazifani chuqur his etgani holda,
bolalar adabiyoti bo'yicha umr bo'yi qunt va sabot bilan ijod qildi.
Ha, kichkintoylaming katta adabiyotini yaratib berish uchun bel
bog'lagan. Ilyos Muslim 1909 yilning 2 avgustida Qiig'izistonning Bishkek
shahrida cho'yan quyuvchi — hunarmand oilasida dunyoga keladi. U 1924
yilda shahardagi Narimonov nomli 1-boshlang'ich o'zbek maktabiga kiradi.
Maktabda o'zbekcha, qirg'izcha va ruscha kitoblami sevib o'qiydi, atrofda
bo'layotgan o'zgarishlarga sinchkovlik bilan qaraydi. Dastlabki maqola va
she’rlarini maktab devoriy hamda respublika gazetalarida bostirib turadi.
1927 yilning kuzida Ilyos Muslim Toshkentga kelib, o'zbek erlar
bilim yurtiga o'qishga kiradi. 1930 yilda u bilim yurtini muvaffaqiyatli
tamomlab, Qashqadaryoga boradi. Yakkabog' tumanidagi shaman, qirg'iz
va Sherozi qishloqlarida o'qituvchiiik qilib, yoshlami ilm-fan nurlaridan
bahramand etadi.
1931 —1942 yillarda Ilyos Muslim O'zbekiston Davlat nashriyotida,
badiiy adabiyot, yoshlar va bolalar adabiyoti nashriyotlarida muharrir,
bosh muharrir, direktor o'rinbosari vazifalarida ishlaydi. Shoirning dastlabki
she’rlari «Er yuzi», «O'zbek adabiyoti va san’ati», «Yosh kuch» kabi bir
Do'stlaringiz bilan baham: |