N husanov m. Husanova r. Xo‘jaqulova


-topshiriq. Maqoladagi iqtisodiy so‘z va terminlarning qo‘llanishini tahlil qiling. Matn mazmuni va tuzulishidagi yutuq hamda kamchiliklarini ko‘rsating



Download 1,03 Mb.
bet39/87
Sana21.02.2022
Hajmi1,03 Mb.
#1107
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   87
5-topshiriq. Maqoladagi iqtisodiy so‘z va terminlarning qo‘llanishini tahlil qiling. Matn mazmuni va tuzulishidagi yutuq hamda kamchiliklarini ko‘rsating.
Tijorat banklarini soliqqa tortishni takomillashtirish
Respublikamizda bozor munosabatlari shakllana boshlagandan keyin unga xos bo‘lgan ayrim iqtisodiy terminlar birin-ketin fanga kirib kela boshladi. Shulardan biri bozor infratuzilmasi tushunchasidir. Hozirda mamlakatimizda bozor infratuzilmasining eng rivojlangan bo‘g‘inlaridan biri shubhasiz, bu - bank tizimidir. Ayni vaqtda bank tizimining iqtisodiyotimizdagi o‘rni juda katta bo‘lib, uning samarali faoliyat yuritishi boshqa tarmoqlarga ham ijobiy ta’sir etadi. Banklar faoliyatining samarali tashkil etilishi ularning davlat budjeti bilan munosabatlariga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.
Tijorat banklarini soliqqa tortish masalasi boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarni soliqqa tortishga nisbatan farqli o‘laroq o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bu o‘ziga xoslik tijorat banklari soliq tizimida ikkita bir-biriga mos bo‘lmagan rolni o‘ynashida namoyon bo‘ladi. Avvalo, banklar soliq to‘lovchilar bilan davlat o‘rtasida soliqlarning undirilishi va uni nazorat qilish yuzasidan vositachi hisoblanadi. Shu bilan birga banklarning o‘zlari ham bir qancha soliqlarni to‘lovchi hisoblanadi.
Hozirda amaldagi soliq qonunchiligiga asosan tijorat banklaridan quyidagi soliqlar undiriladi:

  1. Daromad solig‘i.

  2. Qo‘shilgan qiymat solig‘i.

  3. Mol-mulk solig‘i.

  4. Ekologiya solig‘i.

  5. Yer solig‘i.

  6. Suv solig‘i.

  7. Ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i.

Bulardan tashqari, tijorat banklari mahalliy organlar tomonidan belgilanadigan har xil yig‘im va to‘lovlarni to‘laydilar.
Mamlakatimizda oxirgi yillarda olib borilayotgan soliq siyosatida asosiy e’tibor soliq to‘lovchilardan shu jumladan, tijorat banklaridan ham bosqichma-bosqich soliq yukini pasaytirish masalasiga qaratilmoqda.
Darhaqiqat, daromad soliqlariga oid soliq stavkalaridagi bosqichma-bosqich pasayish tendensiyasini soliq to‘lovchilar uchun soliq yukini kamaytirish borasidagi muhim ishlardan biri deb qaralishi mumkin. Lekin shunga qaramasdan, hozirda respublikamiz bank daromadlarini soliqqa tortish obyektining belgilanishi bo‘yicha turli muammolar ham mavjud. Tijorat banklarining daromadidan olinadigan soliqning budjetga to‘liq undirilayotganiga ko‘p vaqt o‘tmagan bo‘lsa-da, bu soliq mexanizmida bir necha kamchiliklar majud ekanligi yaqqol ko‘rinib qoldi.
Amaldagi tartibga asosan, tijorat banklari tomonidan to‘lanayotgan daromad solig‘iga tortish ob’ektini foyda va soliq solinadigan bazaga qayta qo‘shiluvchi xarajatlar tashkil etadi. Lekin daromad solig‘iga tortiladigan obyektni aniqlashdagi muammo shundan iboratki, boshqa yuridik shaxslar uchun soliq solinadigan bazaga qayta qo‘shiluvchi xarajatlarga ish haqi xarajatlari kiritilmaydi, tijorat banklarida ish haqi xarajatlari ham soliq solinadigan bazaga qayta kiritilib, undan daromad solig‘i undiriladi. Bu jahon tajribasiga ham mos kelmaydi hamda soliqqa tortish tamoyillarini ham chetlab o‘tadi. Chunki, ish haqidan belgilangan stavkalarda jismoniy shaxslar daromadidan soliq undiriladi, unga nisbatan ijtimoiy to‘lov ajratiladi. Yana ushbu ish haqi xarajatlari miqdori soliqqa tortiladigan bazaga qayta kiritilib, banklardan daromad solig‘ining undirilishi soliqqa tortishning adolatlilik tamoyiliga sira mos kelmasa kerak.
Soliqqa tortishning bir necha universal tamoyillari mavjud ekanligini ko‘pchilik iqtisodchilar va iqtisodchi olimlar juda yaxshi bilishadi. Har bir davlat o‘zining soliq tizimida biror bir o‘zgarishlarni amalga oshirar ekan, dastavval, bu o‘zgarishlar soliq tizimining asosi bo‘lgan shu umumiy tamoyillar talablariga qanchalik mos kelayotganligi yoki mos kelmayotganligini inobatga olmog‘i kerak. Har bir davlat soliq tizimining eng asosiy tamoyillaridan biri, vujudga kelish manbaidan qat’i nazar, barcha daromadlar soliqqa tortilishining zaruriyligidir yoki shu narsaning majburiyligidir.
Tijorat banklarining mavjud daromadidan soliqqa tortilishi soliqqa tortish tamoyillaridan biri hisoblanadigan, ya’ni manbaidan qat’i nazar, daromadlar soliqqa tortilishi zarur deyilgan tamoyilga mos keladi. Lekin shu bilan birga, soliqqa tortishning yana bir muhim tenglik tamoyili mavjud bo‘lib, buni nazardan chetda qoldirish kerak emas. Tijorat banklari uchun barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlari singari daromad (foyda) solig‘iga tortish obyektini belgilashda bir xillik, tenglik tamoyilining mavjud emasligidir.

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish