N. B. Dilmurodov



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/230
Sana22.07.2022
Hajmi6,96 Mb.
#837042
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   230
Bog'liq
hayvonlar anatomiyasi

Sut bezlari – glandulae lactiferae 
murakkab, naysimon alveolyar tuzilishga 
ega bo‘lib, cho‘chqalar va itlarda alohida bo‘lak – 
lobus 
dan iborat, qaysiki 
hammasi birgalikda qo‘shilib ko‘p bo‘lakchali elin hosil qiladi. Qoramol va 
biyalarda ikki juft bo‘lagining qo‘shilishidan bitta kompakt elin hosil bo‘lgan. 
Ularda son orasida qorin devorida joylashadi.
Sut bezi tana – 
corpus uberis
va surg‘ichlar – 
papillae uberis
dan tashkil 
topgan. Sut bezining har bir bo‘lagi parenxima va o‘qdan tashkil topgan. Bezning 
parenximasi bo‘lakcha 
– lobuli
dan iborat. Ularning hosil bo‘lishida sut alveolalari 
– 
alveolae lactiferae,
sut naychalari – 
tubulae lactiferae,
sut kanallari – 
canales 
lactiferes
va sut yo‘llari – 
ductus lactiferes
ishtirok etadi. 
Sut yo‘llari sut sisternasi – 
sinus lactiferes
ga ochiladi. Sut alveolasi va sut 
naychasida sut ishlab chiqariladi, kuchli laktatsiya davrida, hatto, sut kanachalarida 
ham sut ishlab chiqariladi. 
Sut kanallari va sut yo‘llari, odatda sutni sut sisternasiga o‘tkazish uchun 
xizmat qiladi. Sut alveolasi, naychalari va kanallari bir qavat kubsimon bezli 
hujayralardan hamda mioepiteliydan tuzilgan. Sut sisternasidan so‘rg‘ich ichiga 
tomon so‘rg‘ich kanali – 
canalis papillaris
keladi va u so‘rg‘ich kanalining teshigi
bo‘lib so‘rg‘ichning oxiriga ochiladi. So‘rg‘ich kanalining shilliq pardasi ko‘p 
qavatli qalin epiteliydan tarkib topgan. Chiqish teshigining asosida muskul 
so‘rg‘ich sfinkteri – 
m. sphincter papillae
joylashadi. 
So‘rg‘ichlar tashqi tomondan junsiz teri bilan qoplangan. So‘rg‘ich terisi va 
so‘rg‘ich kanalining shilliq pardasi o‘rtasida elastik va muskul to‘qimalari yotadi. 
Bez o‘qi biriktiruvchi to‘qima hamda yog‘ qatlamlaridan tashkil topgan. 
Biriktiruvchi to‘qima qatlami orqali arteriyalar, venalar, kapillyarlar, limfa 
tomirlari va nerv tolalari o‘tadi. 
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari. 
Sigirlarning sut bezi yoki elini 
yaxshi rivojlangan bo‘lib, ikki juft yarim sharsimon, kvadrat bo‘laklardan iborat. 
Elinning o‘ng bo‘lagi va chap bo‘lagidan sagittal ariqcha orqali – 
sulcus sagittalis,
ajralib turadi. Elinning har bir bo‘lagida 2 tadan so‘rg‘ichi bo‘ladi. 
So‘rg‘ich – 
papillae
silindr shaklida, uzunligi 7-10 sm, bittadan chiqaruv 
teshigi mavjud. 
Elinning oldingi va keyingi bo‘laklari bir-biriga birlashib ketgan. So‘rg‘ich 
asosi – 
basis papillaris
ning to‘g‘risida aylana shaklida burma 
– plica anularis 
bo‘lib, u sut sisternasini yuqorigi bezli qismiga 
– pars glandularis
va pastki 
so‘rg‘ich qismi – 
pars papillaris
ga bo‘lib turadi. Sut bezi tashqi tomondan kam 
tukli yupqa teri bilan qoplangan, kam sut beruvchi sigirlarda esa jun bilan 
qoplangan.


Elin terisi elinning orqa yuzasida ikkita burma hosil qiladi: birinchisi jinsiy 
ariqchadan pastga yo‘naladi, ikkinchisi – elinning yon yuzalari tomon o‘tadi. Ular 
o‘rtasida sut bezi oynachasi – 
planum lactiferum
hosil bo‘ladi. 
Teri ostida elinning yuza fassiyasi – 
fascia uberis superficialis,
uning ostida 
esa elinning chuqur fassiyasi – 
fascia uberis profundus
joylashadi. U qorinning 
sariq fassiyasidan ajralib, elinning o‘rta qismida 2 ta qorinning oq liniyasi 
(yo‘li)dan elin asosiga boruvchi elastik varaqcha beradi. Bu varaqchalar elinning 
o‘ng va chap bo‘laklariga ajratib turuvchi elin so‘rg‘ichi elin to‘sig‘i – 
septum 
uberis
ni hosil qilib, u bir vaqtning o‘zida elinni ko‘tarib turuvchi pay – 
ligamentum suspensorium
ham hisoblanadi. 
Cho‘chqalar sut bezlari tananing pastki devorida tush suyagidan to qov 
suyagigacha cho‘zilib joylashadi. 5 – 8 juft sut bezi bo‘lib, so‘rg‘ichlari kalta 
bo‘ladi va har bir surg‘ichga 2 – 3 tadan so‘rg‘ich kanali ochiladi. Sut sisternasi 
kichik kengaytma shaklida bo‘lib, so‘rg‘ichlar asosida joylashadi. Otlarda elin ikki 
bo‘limdan iborat bo‘lib, har birida ikkitadan bo‘lak mavjud, har bir so‘rg‘ichda 2 ta 
so‘rg‘ich kanali ochiladi, so‘rg‘ich kanalining sfinkterlari yaxshi rivojlangan, 
oldingi va keyingi bo‘laklari bir-biriga qo‘shilib ketgan, sut naychalari bir-biri 
bilan birlashmagan bo‘ladi, sut sisternasi yaxshi rivojlangan. Itlar so‘rg‘ichida 6 – 
20 tagacha sut yo‘llari ochiladi, sisternasi bo‘lmaydi. 

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish