N. B. Dilmurodov


Nafas oldiruvchi muskullar



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/230
Sana22.07.2022
Hajmi6,96 Mb.
#837042
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   230
Bog'liq
hayvonlar anatomiyasi

 
Nafas oldiruvchi muskullar 
Nafas oldiruvchi yuqorigi tishsimon muskul
– 
m.serratus dorsalis 
inspiratorius
tish shaklidagi bir qancha muskul tutamlaridan iborat bo‘lib, 
yag‘rinning tevaragida joylashadi. U ko‘krak – elka o‘simtalaridan boshlanib, 
qovurg‘alarning oldingi chetida tugaydi. Bu muskulning tishlari qoramolda 4 – 6 
ta, cho‘chqada 4- 5 ta, qo‘ylarda 3 ta, otlarda 7 – 8 ta bo‘ladi. 
Narvonsimon muskul
– 
m.scalenus
bo‘yin umurtqasi bilan birinchi 
qovurg‘a o‘rtasidagi burchakda joylashgan. Qoramollarda dastlabki IV – V 
qovurg‘adan, cho‘chqalarda III qovurg‘adan boshlanib, keyingi IV bo‘yin 
umurtqasining ko‘ndalang qovurg‘asimon o‘simtasiga tugaydi. Bu muskul nafas 
oldirishdan tashqari, bo‘yinni yon tomonlarga burishda ham qatnashadi. 
Ko‘krakning to‘g‘ri muskuli
– 
m.rectus thoracis
kuchliroq bo‘lib, 
dastlabki qovurg‘alardan boshlanadi va II – IV qovurg‘asimon tog‘aylar ustida 
tugaydi. Qo‘ylarda pay shaklida va juda yupqa bo‘lib, IV qovurg‘asimon 
o‘simtada tugaydi. 
Qovurg‘ani ko‘taruvchi muskul
– m.m. levatores costarum
birmuncha 
qisqa, mayda muskul tutamlaridan iborat bo‘lib, orqaning uzun muskulining ostida 
joylashadi. Bu muskul ko‘krak umurtqasining so‘rg‘ichsimon o‘simtasidan 
boshlanib, qovurg‘alarning boshiga yaqin joyida tugaydi. Bular qisqarganda 
qovurg‘ani ko‘tarib, ko‘krak qafasini kengaytiradi. 
Qovurg‘alar orasidagi tashqi muskul
– 
m.intercostalis
externi
har ikkala 
qovurg‘a oralig‘ida joylashadi. Qo‘ylarning dastlabki V – VI qovurg‘alari 
orasidagi muskullar yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Bu muskul qovurg‘aning orqa 
chetidan boshlanib, keyinida turgan qovurg‘aning oldingi chetida tugaydi. Muskul 
qisqarganda qovurg‘alar ko‘tariladi. 


Diafragma 
– 
m.diaphragma s. m.phrenicus
keng, yupqa plastinka bo‘lib, 
o‘rtasi paydan, chetlari muskuldan iborat. Diafragma ko‘krak bo‘shlig‘i bilan qorin 
bo‘shlig‘ini bir – biridan ajratib turadi. Uning ko‘krak bo‘shlig‘iga qaragan tomoni 
qavargan. Diafragma suyaklar nomi bilan bog‘liq holda uch qismga: bel, qovurg‘a 
va to‘sh qismlarga bo‘linadi. 
Bel qismi – 
pars lumbalis
ikkita diafragma oyoqchasi: o‘ng – 
crus dextrum
va chap – 
crus sinistrum
oyoqchadan tuzilgan. O‘ng oyoqcha ancha rivojlangan 
bo‘lib, u oxirgi ko‘krak va dastlabki bel umurtqalaridan boshlanadi. Oyoqchalar 
oralig‘idan, oxirgi ko‘krak umurtqasining to‘g‘risidan aorta qon tomiri teshigi va 
limfaning ko‘krak yo‘li o‘tadi. Diafragmaning payga aylanish joyi yaqinida 
qizilo‘ngach teshigi - 
hiatus oesophageus
bo‘lib, undan adashgan nerv – 
n.vagus
o‘tadi. 
Qovurg‘a qismi – 
pars costalis
qovurg‘alarning ichki yuzasiga yopishgan 
bo‘lib, VIII qovurg‘a tog‘ayidan boshlanadi va tog‘ay – qovurg‘alar orqali o‘tib, 
oxirgi qovurg‘alarda tugaydi. 
To‘sh qismi – 
pars sternalis
to‘sh suyagining kuraksimon tog‘ay o‘simtasi 
ustida birlashadi. Diafragmaning pay qismi, ya’ni pay markaziy – 
centrum 
tendinium 
yurak shaklida bo‘ladi, VI – VII qovurg‘alar ro‘parasida esa keyingi 
kovak vena o‘tadigan teshik – 
foramen venae cavae caudalis
bor. Qorako‘l 
qovurg‘a qismi VIII – XIII qovurg‘alar ro‘parasida joylashadi. Diafragma nafas 
olishda va chiqarishda xizmat qiladi, bundan tashqari tezak chiqarishda va urg‘ochi 
hayvonlar tug‘ishida ham qatnashadi. 

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish