N. B. Dilmurodov



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/230
Sana22.07.2022
Hajmi6,96 Mb.
#837042
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   230
Bog'liq
hayvonlar anatomiyasi

O‘rta arteriya
– 
a.mediana
elka arteriyasining davomi bo‘lib, bundan 
umumiy suyaklararo arteriya ajralgandan so‘ng, bu arteriya kaft suyagi tomon 
tushib, o‘rta-bilak arteriyasi – 
a.medianoradialis
va biriktiruvchi tarmoqni hosil 
qiladi, bu tarmoqdan ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi hamda kaftning yuza palmar 
arteriyasi – 
aa.metacarpae ralmaris superficialis secundum, tertium et quartum
ajraladi, bu arteriya kaft suyagining distal qismida barmoqning ikkinchi, uchinchi 
va to‘rtinchi umumiy palmar arteriyalariga aylanadi. 
Ikkinchi barmoqning umumiy palmar arteriyasi
 

a.digitalis secunda 
palmaris communis
kaftning ikkinchi chuqur palmar arteriyasi – 
a.metacarpea 
secunda palmaris profunda 
bilan qo‘shilib to‘rtinchi barmoqning umumiy palmar 
arteriyasiga biriktiruvchi tarmoq berib, chuqur palmar yoyi – 
arcus palmaris 
profunda
ni hosil qiladi. Ikkinchi barmoqning umumiy palmar arteriyasi, 
rudimentlashgan II barmoqqa tarmoq berib, so‘ngra barmoqning maxsus medial 
palmar arteriyasi – 
a.digitalis palmaris tertia medialis propria
ni hosil qiladi. 
Uchinchi barmoqning umumiy palmar arteriyasi
 

 a.digitalis ralmaris tertia 
communis
bosh barmoqlar oralig‘ida joylashib, ikkala bosh barmoqning yumshoq 
tovoniga arteriya beradi va so‘ngra barmoqning umumiy dorsal arteriya tarmoqlari 
– 
a.digitalis dorsales communis
ni beradi. Bu arteriya ikkinchi barmoqning maxsus 
palmar lateral arteriyasi – 
a.digitalis palmaris tertia lateralis propria
va to‘rtinchi 
barmoqning maxsus medial palmar arteriyasi – 
a.digitalis palmaris quarta 
medialis propria
ni beradi. U to tuyoqqacha tarqaladi.
To‘rtinchi barmoqning umumiy palmar arteriyasi
 
– 
a.digitalis palmaris 
quarta communis
kaftning to‘rtinchi chuqur palmar arteriyasi –
a.metacarpea 
ralmaris profunda quarta
bilan qo‘shilib ikkinchi barmoq arteriyasiga biriktiruvchi 
tarmoq beradi, so‘ngra o‘zi esa V rudiment barmoqqa borib, undan keyin to‘rtinchi 


barmoqning maxsus palmar arteriyasi – 
a.digitalis palmaris quarta lateralis 
propria
ga aylanadi. 
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari.
Otda – o‘rta arteriya muskul 
tarmoq, bilaguzuk palmar to‘ri, o‘rta bilak arteriyasi, tirsak arteriyasi tarmog‘i, 
kaftning yuza palmar arteriyasi bo‘lib, bu arteriyadan barmoqning yon palmar 
arteriyalari ajraladi. O‘rta bilak va tirsak arteriyasi bilaguzukning chuqur palmar 
yoyini hosil qiladi va bu arteriyadan kaftning chuqur palmar yoyi hosil bo‘ladi 
hamda undan kaftning chuqur palmar lateral va medial arteriyalari ajraladi. 
Cho‘chqada – o‘rta arteriya tirsak va o‘rta bilak arteriyasi bilan birgalikda yuza 
palmar yoyini hosil qiladi. Keyinchalik o‘rta arteriya kaftning dorsal kirib boruvchi 
arteriyasini beradi hamda ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi barmoqning umumiy 
palmar arteriyalarini beradi, so‘ngra bu arteriyadan I – V barmoqning maxsus 
palmar arteriyalari ajraladi. Itda – o‘rta arteriya muskul tarmoq beradi, bilak-
tirsakning palmar arteriyasi, barmoqning birinchi umumiy palmar arteriyasi, 
yumshoq tovon uchun tarmoq va ikkinchi, uchinchi hamda to‘rtinchi barmoqning 
umumiy palmar arteriyasi, buning davomi bo‘lgan barmoqning maxsus palmar 
arteriyasini hosil qiladi. 
O‘rta-bilak arteriyasi
 
– 
a.mediana radialis
bilak-tirsak suyagining o‘rtasida 
o‘rta arteriyadan ajraladi va kaftning kirib boruvchi proksimal arteriyasi – 
a.metacarpea perforans proximalis 
ni berib, u o‘z navbatida kaftning chuqur o‘rta 
palmar arteriyasi – 
a.metacarpea palmaris profunda intermedius 
ga boshlanish 
beradi. Bu arteriya chuqur palmar yoyiga kelib quyiladi, suyaklararo 
arteriyalarning palmar tarmog‘i bilan anastomoz hosil qiladi va kaftning proksimal 
suyaklararo kanali orqali uning yuzasiga chiqadi hamda kaftning uchinchi dorsal 
arteriyasi – 
a.metacarpea dorsalis tertia 
bilan birlashadi. Kirib boruvchi arteriya 
ajratib, o‘rta-bilak arteriya kaftning ikkinchi palmar chuqur arteriyasi – 
a.metacarpea palmaris secunda profunda medialis 
sifatida borib, u barmoqning 
ikkinchi umumiy palmar arteriyasi – 
a.digitalis palmaris secunda communis
ga 
quyiladi. 
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari: 
Otda – o‘rta-bilak arteriyasi 
teriga, bilaguzukning dorsal to‘riga, chuqur palmar yoyiga tarmoq berib, so‘ngra 
kaftning chuqur medial palmar arteriyasiga aylanadi. Cho‘chqada – o‘rta bilak 
arteriyasi kam taraqqiy etgan, chuqur va yuza joylashgan palmar yoyini hosil 
qilishda qatnashadi. Itda – o‘rta-bilak arteriyasi bilaguzukning dorsal o‘rta to‘riga 
qo‘shilib ketadi. 
Bilaguzukning dorsal to‘ri
 

rete carpi dorsale
– o‘rta-bilak, tirsak va 
suyaklararo arteriyalarni qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Bu to‘rdan juda kuchsiz 
rivojlangan kaftning dorsal uchinchi arteriyasi – 
a.metacarpea dorsalis tertia
chiqadi va bu arteriya o‘rta va o‘rta-bilak arteriyasidan, barmoqlar orasida esa 


uchinchi barmoqning palmar umumiy arteriyasidan tarmoq oladi. Uning davomi 
barmoqning dorsal maxsus arteriyasi – 
a.digitalis dorsales lateralis propria
va 
ichki to‘rtinchi – 
a.digitalis dorsales quarta medialis propria
ni beradi. 
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari: 
Otda – bilaguzukning dorsal 
to‘ridan kaftning lateral va medial joylashgan dorsal arteriya hosil bo‘ladi va bu 
arteriya kaftning chuqur palmar arteriyasiga kelib quyiladi. Cho‘chqada – 
bilaguzukning dorsal to‘ri, xuddi qoramollarniki singari bo‘ladi. Itda – 
bilaguzukning dorsal to‘ridan birinchi, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi kaftning 
dorsal kaft arteriyalari ajraladi hamda bu arteriya barmoqning umumiy dorsal 
arteriyasiga kelib quyiladi. 

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish