Son arteriyasi
–
a.femoralis
yonboshning tashqi arteriyasidan sonning
chuqur arteriyasi ajralganidan keyin uning davomi hisoblanadi. U son kanalida
joylashadi, son suyagini ichki tomondan kesib o‘tadi. Son arteriyasidan sonning
old arteriyasi, sonning aylanma yon arteriyasi, teri osti arteriyasi, muskul tarmog‘i,
sonning orqa arteriyasi ajraladi. Yuqoridagi arteriyalar tarmoqlanganidan so‘ng, u
tizza osti arteriyasiga o‘tadi.
Sonning old arteriyasi –
a.femoris cranialis
to‘rt boshli muskulni
oziqlantiradi.
Sonning aylanma yon arteriyasi –
a.circumflexa femoris lateralis
tizza
bo‘g‘imini yozuvchi muskullarni oziqlantiradi.
Son va boldirning teri osti arteriyasi –
a.saphena s. aa. subcutaneus femoris
medialis
axillov payi bo‘ylab ichki tomondan boradi va
Taqim (tizza osti) arteriyasi
–
a.poplitea
son arteriyasining davomi
hisoblanadi, orqa tomonga tos-son bo‘g‘imini yozuvchi uzun muskullariga boradi
va katta boldir suyagining yon to‘pig‘i ostida juda ingichka katta boldir suyagining
orqa arteriyasini beradi, o‘zi esa katta boldir suyagining old arteriyasiga o‘tadi.
Qorako‘l qo‘ylar va echkilarning orqa o‘ng oyoq arteriyalari
1-qorin aortasi, 2-yonboshning tashqi arteriyasi, 3-son arteriyasi, 4-bel
arteriyasi, 5-yonbosh suyagini o‘rovchi chuqur arteriya, 6-qorin usti orqa
arteriyasi, 7-sonning oldingi arteriyasi, 8-qorin usti orqa arteriyasi, 9-jinsiy
a’zoning tashqi arteriyasi, 10-tizzaning proksimal arteriyasi, 10
1
-taqim osti
arteriyasi, 11-boldir oldi katta arteriyasi, 12-tovonning yuqorigi arteriyasi, 13-
tovon teshigidan o‘tuvchi arteriya, 14-kaftning yuqorigi arteriyasi, 15-umumiy
barmoq arteriyalari, 16-ichak pardasining orqa arteriyasi, 17-yonboshning ichki
arteriyasi, 18-dumg‘azaning o‘rta arteriyasi, 19-sag‘rining oldingi arteriyasi, 20-
sonning chuqur arteriyasi, 21-sonning yuza arteriyasi, 22-yopqich arteriya, 23-
oraliq arteriya, 24-bulbouriteral arteriya, 25-dum arteriyasi, 26-muskul tarmog‘i,
27-sonning orqa arteriyasi, 28-boldirning orqa arteriyasi, 29-safena arteriyasi,
30-kaftning o‘rta arteriyasi, 31-birlashuvchi stvol, 32-kaftning o‘rta arteriyasi, 33-
oyoqning orqa arteriyasi, 34-kaftning o‘rta arteriyasi, 35-kindik arteriyasi, 36-
siydik yo‘li arteriyasi.
NAZORAT UCHUN TOPSHIRIQ VA SAVOLLAR
- ko‘krak aortasining topografiyasi va arteriyalarini ayting.
- qorin aortasining topografiyasi va arteriyalarini ayting.
- ichaklarning arteriya qon tomirlarini ayting.
- oshqozon, jigar va taloqni qon bilan ta’minlovchi arteriyalarni ayting.
- ichki va tashqi yonbosh arteriyalarining tarmoqlarini ayting.
- ko‘krak, qorin va keyingi oyoq arteriyalarini sxemasi (rasmi)ni chizing.
Do'stlaringiz bilan baham: |