N. B. Dilmurodov


– a.profunda brachii nozik bo‘lib, elkaning uch  boshli muskuliga tarqaladi.  Elkaning ikki boshli muskuli –



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/230
Sana22.07.2022
Hajmi6,96 Mb.
#837042
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   230
Bog'liq
hayvonlar anatomiyasi

a.profunda brachii
nozik bo‘lib, elkaning uch 
boshli muskuliga tarqaladi. 
Elkaning ikki boshli muskuli
a.bicipitis
nozik bo‘lib, elka suyagining 
pastki distal qismidan boshlanadi va kurakning chuqur muskuliga boradi. 
Tirsakning kollateral arteriyasi
 
– 
a.collateralis ulnaris
tirsak o‘simtasining 
medial yuzasidan boshlanib, elkaning uch boshli, keng fassiyasini taranglovchi, 
kurakning yuza muskullariga va bilak-tirsak suyaklari terisiga tarqaladi. 
Bilakning kollateral arteriyasi
 

a.collateralis radialis
tirsak bo‘g‘imining 
bukuvchi yuzasidan o‘tib, suyaklararo umumiy arteriya bilan anastomoz hosil 
qiladi va tirsak bo‘g‘imi kapsulasiga, elka muskullariga, bilakuzuk bo‘g‘imini 
yozuvchi muskullarga, barmoqlarni yozuvchi muskullarga hamda birinchi 
barmoqni uzoqlashtiruvchi muskul va teriga tarqaladi.
Tirsakning qaytuvchi arteriyasi –
a.recurrens ulnaris
qoramolda yaxshi 
rivojlanmagan, bilaguzuk va barmoq bo‘g‘imini yozuvchi muskullariga tarqaladi. 
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari: 
Otda – elka arteriyasi oltita 
tarmoq beradi: 1) elkaning ichki aylana arteriyasi: 2) elkaning ikki boshli muskuli 
arteriyasi; 3) bilakning kollateral arteriyasi; 4) elkaning chuqur arteriyasi; 5) 
tirsakning kollateral va 6) tirsakning qaytuvchi arteriyasi. Cho‘chqada – elka 
arteriyasidan beshta arteriya tarmog‘i ajraladi: 1) elkaning chuqur arteriyasi; 2) 
elkaning ikki boshli muskuli arteriyasi; 3) tirsakning kollateral arteriyasi; 4) 
bilakning kollateral arteriyasi; 5) tirsakning qaytuvchi arteriyasi. Itda – elka 
arteriyasi ettita tarmoq beradi: 1) elkaning ichki aylana arteriyasi: 2) elkaning ikki 
boshli muskuli arteriyasi; 3) bilakning yuza arteriyasi; 4) bilakning kollateral 
arteriyasi; 5) elkaning chuqur arteriyasi; 6) tirsakning kollateral va 7) tirsakning 
qaytuvchi arteriyasi.
Suyaklararo umumiy arteriya – 
a. interossea communis
elka arteriyasidan 
tarmoqlanadi, bilak-tirsak suyagining yuqori qismidagi teshik orqali yon tomonga 
chiqib quyidagi tarmoqlarni beradi: 1) suyaklararo qaytuvchi arteriya 
– 
a.interosseus recurrens;
2) suyaklararo dorsal arteriya – 
a.interosseus dorsalis;
3) 
muskul tarmog‘i – 
rami musculares. 
Shu tarmoqlarni ajratgandan so‘ng bu arteriyani davomi suyaklararo palmar 
arteriya – 
a.interossea palmaris
deyiladi. Bu arteriya suyaklararo ariqchada 
joylashadi; bu arteriya bilaguzuk to‘ri uchun dorsal tarmoq beradi va kaft sohasi 


terisiga tarqaladi. Palmar arteriyaning ingichka tarmog‘i distal yoriqcha orqali 
bilaguzuk suyagining palmar yuzasiga chiqib, tirsak va o‘rta bilak arteriyalari bilan 
anastomoz hosil qilib, pastki tomonga yo‘naladi, kaftning (chuqur) palmar lateral 
arteriyasi – 
a.metacarpea palmaris (profunda) lateralis 
ni hosil qiladi. Bu arteriya 
barmoqning to‘rtinchi palmar arteriyasi – 
a.digitalis palmaris quarti communis 
ga 
quyiladi 
 
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari: 
Otda – umumiy suyaklararo 
arteriya va suyaklararo dorsal arteriya tarmoqlarini beradi. Cho‘chqada – umumiy 
suyaklararo arteriya suyaklararo palmar va dorsal arteriyalarga bo‘linadi. Itda – 
umumiy suyaklararo arteriya suyaklararo palmar va tirsak arteriyasiga bo‘linadi. 
Suyaklararo palmar arteriya tirsak va o‘rta-bilak arteriyasi bilan birgalikda chuqur 
palmar yoyini hosil qiladi. Bu yoydan kaftning chuqur palmar arteriyasi, birinchi, 
ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi arteriyalari boshlanadi va ushbu arteriyalar umumiy 
palmar arteriyaga kelib qo‘shiladi. 

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish