N. B. Dilmurodov


Jag‘ning ichki arteriyasi



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/230
Sana22.07.2022
Hajmi6,96 Mb.
#837042
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   230
Bog'liq
hayvonlar anatomiyasi

Jag‘ning ichki arteriyasi
– 
a.maxillaris interna
jag‘ning tashqi arteriyasini 
davomi hisoblanadi. Qanotsimon kanal orqali ponasimon-tanglay chuqurchasiga 
boradi. Jag‘ning ichki arteriyasidan quyidagi: pastki jag‘ tish arteriyasi, chakkaning 
chuqur, lunj, miyaning ajoyib to‘ri tarmog‘i, ko‘zning tashqi, pastki qovoq, ko‘z 
osti, ponasimon-tanglay va tanglayning katta arteriyalari ajraladi. 
Pastki jag‘ tishlar arteriyasi – 
a.alveolaris mandibulae
pastki jag‘ kanali 
orqali o‘tib, hamma tishni ta’minlaydi va iyak osti teshigi orqali chiqib, iyak osti 


arteriyasi – 
a.mentalis
ni hosil qiladi. Bu arteriya pastki labga, kurak tishlarga ham 
boradi. 
Chakkaning chuqur arteriyasi – 
a.temporales profundae
chakka 
muskullariga boradi. 
Lunj arteriyasi – 
a.buccinatoria
chaynash va lunj muskullariga tarqaladi. Bu 
arteriyadan ko‘z yoshi atrofi arteriyasi ajraladi. 
Miyaning ajoyib to‘ri tarmog‘i – 
rami pro rete mirabile
miya bo‘shlig‘iga 
oval va ko‘zning yumaloq teshigi orqali kiradi. Bu to‘rdan ko‘rish nervi atrofida 
ko‘zning ichki arteriyasi – 
a.ophtalmica interna
ajraladi. Ko‘rish nervi bilan 
birgalikda chakka-kiprik tomirini hosil qiladi. Miyaning ajoyib to‘ri – 
rete mirabile 
cerebri
ni hosil bo‘lishida umurtqa va to‘piq arteriyalari ham qatnashadi. 
Ko‘zning tashqi arteriyasi – 
a.ophthalmica externa
ajoyib to‘r – 
rete 
mirabile
ni hosil qiladi, bu ko‘rish nervi atrofida yotadi. Miyaning ajoyib to‘ridan 
quyidagi: ko‘z olmasi tarmog‘i, ko‘z yosh bezining chuqur arteriyasi, ko‘z 
muskullari tarmog‘i arteriyalari ajraladi. 
Ko‘z olmasi tarmog‘i – 
ramus bulbis oculi
chakka va nazal tomirlar – 
truncus ciliores nasalis et temporalis
ni hosil qiladi. Bu arteriyadan kiprikning 
kalta va uzun arteriyalari – 
aa.ciliares breves et longae
ajraladi; ko‘z yosh bezining 
chuqur arteriyasi – 
a.lacrimalis profunda
ko‘z yosh beziga tarqaladi, tarmoqlari 
esa ko‘z muskullariga boradi. 
Ko‘z olmasi atrofi yog‘iga boruvchi arteriya – 
a.corporis adiposis oculi
kiprikning old tomoni ventral arteriyasi – 
aa.ciliares ventralis anteriores
ni beradi 
va ko‘z olmasiga tarqaladi.
Pastki qovoq arteriyasi 
– a.malaris
juda yirik, ko‘z osti arteriyasidan 
boshlanib, ko‘z kosasidan ko‘z yosh suyagini kesigi orqali chiqadi. So‘ngra 
quyidagi barmoqlarni ajratadi: 1) muskul tarmog‘i – 
rami musculares; 
2) uchinchi 
qovoq arteriyasi – 
a.palbebrae tertiae
va 3) pastki qovoqni nazal arteriyasi – 
a.palpebralis inferior nasalis.
Pastki qovoq arteriyasi ko‘z kosasidan chiqib: 1) 
ko‘zning burchak arteriyasi – 
a.anguli oculi
va 2) burunning dorsal arteriyasi – 
a.dorsali nasi
ni ajratadi. 
Ko‘z osti arteriyasi – 
a.infraorbitalis
yuqori jag‘ tishlari va ko‘z osti 
teshigidan chiqqandan keyin burunning lateral arteriyasi – 
a.lateralis nasi
ni 
beradi. Bu arteriya burunning muskul va terisiga tarqaladi. 
Ponasimon-tanglay arteriyasi – 
a.sphenopalatina
burun bo‘shlig‘iga kirib, 
chigal hosil qiladi.
Tanglayning katta arteriyasi – 
a.palatina major
kichik tanglay arteriyasi – 
a.palatina minor
ni beradi. Bu arteriya yumshoq tanglay pardasiga boradi, o‘zi esa 
qattiq tanglayga o‘tadi va shu joyda bitta tarmog‘i tish varag‘iga yo‘naladi, boshqa 
tarmog‘i tanglay tirqishi orqali burun bo‘shlig‘iga kiradi. 


Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari. 
Otda 
– 
jag‘ning ichki 
arteriyasidan quyidagi tarmoqlar: pastki jag‘ tish, qanotsimon, eshitish nayi, 
miyaning o‘rta pardasi, chakkaning chuqur aboral, chakkaning chuqur oral, 
ko‘zning tashqi, lunj, ko‘z osti, kichik tanglay, ponasimon-tanglay, katta tanglay 
arteriyalari ajraladi. Cho‘chqada
– 
jag‘ning ichki arteriyasidan pastki jag‘ tishlar, 
miya pardasini o‘rta arteriyasi, qanotsimon, chakkaning chuqur, lunj, ko‘zning 
tashqi, ponasimon-tanglay va tanglayning katta arteriyalari ajraladi. Itda
 – 
jag‘ning 
ichki arteriyasidan quyidagi tarmoqlar: pastki jag‘ tish, chakkaning chuqur, miya 
pardasining o‘rta, ko‘zning tashqi, lunj, ko‘z osti, tanglayning kichik, ponasimon-
tanglay va katta tanglay arteriyalari ajraladi. 

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish