N. B. D ilm u r o d o V, M. G. Karimov, Z. F. Norm uradova «hayvonlar morfologiyasi»



Download 17,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/352
Sana23.07.2022
Hajmi17,19 Mb.
#840472
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   352
Bog'liq
Hayvonlar morfologiyasi fanidan amaliy laboratoriya mashg\'ulotlari. Dilmurodov N.B

Oshqozon osti bezi 
ko'kimtir sariq rangda bo'lib, bo'lakchali, 
murakkab naysimon-alveolyar bezdir. Bu bezning jigarga qaragan 
boshi yoki o'rta bo'lagi, o'ng bo'lagi va chap bo'lagi yoki dum 
qismi bo'ladi. Bezning boshi va bo'laklari o'rta sagittal tekislikdan 
o'ngda joyiashib, 
12
-qovurg'adan to 
2
—4-bel umurtqasi to'g'- 
risigacha cho'ziladi. O'ng bo'lagi orqaga yo'nalgan, o'ng buyrak 
ostida joyiashib, o'n ikki barmoq ichakka va chambar ichak 
ilmog'iga tegib turadi. Qisqa chap bo'lagi esa katta qorin va 
diafragma oyoqchasi o'rtasida joyiashib, taloq bilan chegaradosh.
Oshqozon osti bezi qopqa venani o'rab oladi. Bezning 
chiqaruvchi yo'llari o'ng bo'lakning oxiridan chiqib, 4-bel 
umurtqasi tengligida o'n ikki barmoq ichakka ochiladi. Oshqozon 
osti bezining og'irligi qoramolda — 350—500 g, qo'yda 50—70 
gramgacha bo'ladi.
Oshqozon osti bezining endokrin va ekzokrin qismlari 
farqlanadi.
Ekzokrin qismi ovqat hazm qilish fermenti ishlab chiqaradi 
va oshqozon osti bezi yo'li orqali o'n ikki barmoq ichakka quyiladi.
Oshqozon osti bezi ekzokrin qismining yetishmovchiligi oziqani 
hazmlanishi uchun yetarli fermentlami ishlab chiqara olmasligiga 
olib keladi. Tripsin miqdori birmuncha muhim ahamiyatga ega,

Victoria Aspinall.
Veterinary anatomy and Physiology. Textbook. New-
York, 2015.
222


chunki bu ferment boshqa fermentlarni sintez bo‘lish manbaini 
faollashtiradi. Bunday holat nemis ovcharkalarida ko'proq uchraydi.
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlar.
Otda — oshqozon 
osti bezi qizg‘ish-ko‘kimtir rangli, jigarning orqasida, oshqozon 
bilan o‘n ikki barmoq ichak o'rtasida, o'ng va chap qovurg'alar 
ostida joylashadi. Uning o'rta bo'lagi o‘n ikki barmoq ichakni
S — simon qayrilmasiga va jigarga tegib turadi. 0 ‘ng bo'lakchasi, 
odatda, bez boshi bilan qo'shilib ketadi; chap bo'lagi yaxshi 
ko'rinib turadi va oshqozonning kichik burmasida joylashadi. 
Chiqarish yo'li ikkita, asosiy yo‘l va jigar yo'li bilan birga ochiladi, 
qo'shimcha yo‘l esa uning qarshisida ochiladi. Bezning og'irligi 
250—350 gramgacha bo'ladi.
Cho'chqada — oshqozon osti bezi sarg'ish rangda bo'lib, 
boshchadan, chap va o'ng bo'laklardan iborat; bezning bosh qismi 
12
barmoq ichakning tutqichida joylashgan; o'ng bo'lagi 
12 
barmoq ichak bo'ylab orqaga, to o‘ng buyrakkacha boradi; chap 
bo'lagi taloqqa va chap buyrakka tegib turadi; u oxirgi 
2
ta ko'krak 
va dastlabki 2 ta bel umurtqalari chegarasida joylashadi. Uning 
chiqaruvchi yo‘li pilorusdan 15—25 sm beriroqda ochiladi. Og'irligi 
110—150 gramgacha bo'ladi.
Itda ~ oshqozon osti bezi ensiz va uzun lentasimon; o'ng 
bo'lagi 
12
barmoq ichakni oldida joylashgan, chap bo'lagi esa 
oshqozonga tegib turadi, o'rta bo'lagi yaxshi ko'rinmaydi. Bezning 
chiqaruvchi yo'li bitta, ikkita, hatto uchta bo'ladi. Agar ikkita 
yo'li bo'lsa, asosiy yo'l o't yo'li bilan birgalikda 
12
barmoq ichakni 
so'rg'ichiga, qo'shimcha yo'l undan 3—5 sm orqaroqda ochiladi.
Oshqozon osti bezi (pankreatik) shirasi. Bu shira oshqozon 
osti bezining ekzokrin qismidan xolesistokinin va sekritin (o'n 
ikki barmoq ichak devoridan) hamda gastrin (oshqozon devoridan) 
gormonlari ta’siriga javoban ishlab chiqariladi va vegetativ nerv 
tizimi tomonidan boshqariladi. Uning tarkibi quyidagilardan tashkil 
topgan:
— 
bikarbonat boshqa fermentlarning faoliyat ko'rsatishiga 
imkon yaratib, ximusdagi kislotani neytrallaydi;

Download 17,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish