N. B. D ilm u r o d o V, M. G. Karimov, Z. F. Norm uradova «hayvonlar morfologiyasi»



Download 17,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/352
Sana23.07.2022
Hajmi17,19 Mb.
#840472
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   352
Bog'liq
Hayvonlar morfologiyasi fanidan amaliy laboratoriya mashg\'ulotlari. Dilmurodov N.B

Victoria Aspinall.
Veterinary anatomy and Physiology. Textbook. New-
York, 2015.
218


qismi jigarga tegib turadi va shu yerda S — simon qayrilma hosil 
qiladi; ichak asosan o'ng qovurg'alar ostida joylashadi; bu yerda 
u jigarning o ‘ng bo'lagi bo‘ylab yuqoriga ko'tariladi va o'ng 
buyrakni ostida orqaga qaytadi (birinchi burma); 3-bel umurtqasi 
sohasida u chapga buriladi va oldinga yo‘naladi (ikkinchi burma); 
ichaking shilliq pardasi o‘t yo‘li hamda oshqozon osti bezi yo‘lining 
quyilish joyida o‘n ikki barmoq ichak divertikulasi bo‘ladi. Och 
ichak tutqichining oldingi ildiziga osilgan bo'lib, katta chambar 
ichak va ko‘r ichakning kosasimon chuqurchasida joylashadi; u 
qorin bo'shlig'ining chap tomoni yuqorigi va о‘rta qismlarini 
egallaydi. Yonbosh ichak o‘ng yonboshda, 3—4-nchi bel umurt­
qalari to‘g‘risida joylashgan; uning chiqish teshigi ko‘r ichak boshini 
kichik burmasida chambar ichakning chiqish teshigi bilan yonma- 
yon joylashgan.
Cho‘chqada — ingichka ichaklar bo'limi ko'p sonli kalava hosil 
qilib, uzunligi 20 metrgacha boradi. O'n ikki barmoq ichak qisqa 
tutqichga osilgan; u o'ng qovurg'alar ostida oshqozonning pilorus 
qismidan boshlanib, jigar va diafragmaning o‘ng oyoqchasi bo‘ylab 
to o'ng buyrakkacha boradi; o ‘ng buyrakning orqasida birdan 
chapga buriladi va o'ng qovurg'alar ostiga qaytib keladi. Shu yerda 
u och ichakka o'tadi. 
0
‘t yo‘li va oshqozon osti bezining yo‘li 
ichakning turli joylarida ochiladi. Och ichak ko'pgina ilmoqlar 
hosil qilib, jigar hamda chambar ichak oralig‘ida joylashadi. 
Yonbosh ichak yuqoriga ko'tarilib, o‘ngga o ‘tadi va chambar 
hamda ko‘r ichak chegarasida yo'g'on ichaklar bo'limiga ochiladi. 
Yo‘g‘on ichaklar bo‘limiga o ‘tish joyida vtulkasimon klapani 
bo‘ladi.
Itda 
— o'n ikki barmoq ichak yo‘g‘onroq, pilorusdan bosh­
lanib, yuqori — orqa tomondan qovurg'alar ostiga keladi, jigar 
oldidan o'ngga o'tib, yuqoriga ko'tariladi va o‘ng buyrakkacha 
boradi. So'ngra 5—
6
-bel umurtqalari sohasida chapga buriladi va 
oldinga yo'naladi hamda pilorusgacha etib boradi. Bu yerda u 
pastga tushadi va och ichakka o'tadi. O't yo'li hamda oshqozon 
osti bezining yo'li alohida-alohida bitta umumiy so'rg'ichga 
quyiladi. Och ichak katta qorin yog'i (salnik)da yotadi, uzun 
tutqichga osilgan. Yonbosh ichak pastdan yuqoriga to 1—2-bel
219


umurtqalarigacha boradi va chambar hamda ko'r ichaklar 
chegarasida ochiladi. Yonbosh ichak juda kalta bo'lib, achchiq 
ichakdan ajralgandan so‘ng, u tomonga o'tib, III — IV bel umurt­
qalari ro'parasida yuqoriga ko'tariladi va ko'richakka qo'shiladi. 
Uning qo'shilgan joyida klapan hosil bo'ladi
.1
Jigar 
eng yirik bez bo'lib, ovqat hazm qilish jarayonida juda 
muhim vazifalami bajaradi. U ko'p miqdordagi jigar hujayralaridan 
tarkib topgan, bu hujayralar jigar o'siqlari va jigar bo'lakchalarini 
hosil qiladi. Kavsh qaytaruvchilar jigari qavariq botiq shaklda 
bo'lib, qizg'ish rangli, o'ng qovurg'alar ostida joyiashib 6—7- 
qovurg'alar tekisligidan to 2—3-bel umurtqalarigacha boradi. Unda 
o't pufagi bo'ladi. Jigarda yuqorigi o'tmas cheti hamda pastki 
o'tkir cheti va diafragmaga tegib turuvchi qavariq diafragmal 
yuzasi va oshqozon-ichaklar tomonga qaragan botiq visseral yuzasi 
farqlanadi.
Jigarning o'tkir uchida kesik mavjud bo'lib, uni chap, o'ng 
va o'rta bo'laklarga ajratib turadi.
Jigarning chap bo'lagi, yumaloq paydan chapda joylashadi; 
o'ng bo'lagi o't pufagidan o'ngda joylashadi; o'rta bo'lagi chap va 
o'ng bo'laklar oralig'ida joylashadi.
O 't pufagi jigarning visseral yuzasida, uning o'ng va o'rta 
bo'laklari oralig'ida joyiashib, u jigami pastki uchidan pastga osilib 
turadi.
Jigarning markazida qon tomirlarni jigarga kiradigan joyi -
jigar qopqasi bo'lib, u jigarning o'rta bo'lagini pastki kvadrat 
bo'lagiga va yuqorigi dum bo'lakka ajratib turadi. Dum boiagida

ta: chap tomonga yo'nalgan so'rg'ichsimon o'simta va orqa 
tomondan jigaming o'ng bo'lagiga osilib tushuvchi dum o'simta 
mavjud. O'ng bo'lak hamda dum o'simtada botiq buyrak yuzasi 
bo'ladi. Jigarning o'tmas uchida, uning chap va dum bo'laklari 
oralig'ida qizilo'ngach o'tishi uchun o'yiq; o'ng va dum bo'laklari 
oralig'ida esa orqa kovak vena joyiashib turadigan jiyak bo'ladi.
O't pufagidan pufak yo'li ajralib, u jigar yo'li bilan birgalikda 
o't yo'lini hosil qiladi. O't yo'li o'n ikki barmoq ichakka quyiladi.


Download 17,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish