N. B. D ilm u r o d o V, M. G. Karimov, Z. F. Norm uradova «hayvonlar morfologiyasi»



Download 17,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/352
Sana23.07.2022
Hajmi17,19 Mb.
#840472
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   352
Bog'liq
Hayvonlar morfologiyasi fanidan amaliy laboratoriya mashg\'ulotlari. Dilmurodov N.B

Oshqozon bo‘shashi. 
Oziqa oshqozonda parchalanadi va
qisman hazm boladi, buning natijasida pH kislotali muhitga ega 
bolgan suyuqlik, ya’ni ximus hosil boladi. Ximus pilorik sfinkter 
orqali o‘n ikki barmoq ichakka o lad i va u yerda hazmlanish 
jarayoni davom etadi. Oshqozon orqali oziqani olishi uchun zarur 
bolgan vaqt oziqa tipiga bog‘liq. Suyuq oziqa uchun yarim soat, 
birmuncha yogli yoki qattiq oziqalar uchun 3 soatga yaqin vaqt 
kerak boladi
.1
Ko‘p kamerali oshqozon. 
Qoramollarning oshqozoni 4 ta 
kamera: katta qorin, to‘r qorin, qatqorin va shirdondan iborat.
Qizilo‘ngach yaqinida katta qorin, undan keyin bilinar-bilinrnas 
chegara orqali to‘r qorin, so‘ngra esa qatqorin va shirdon joylashadi.
Katta hayvonlarda kameralarning hajmi doimiy boladi. Qo­
ramollarda eng katta kamera — katta qorin, keyin qatqorin va 
undan keyin shirdon bolib, to‘rqorin va shirdonning hajmi ko'­
pincha bir xildir. Eng kichik kamera — bu tolqorin. Har bir 
kameraning devori shilliq muskulli va zardob pardalardan tashkil 
topgan.
Katta qorin oshqozonning boshlanglch kamerasi bo‘lib, qorin 
bo‘shliglning chap yarmini egallaydi, pastki cheti esa hatto o‘ng

Victoria Aspinall.
Veterinary anatomy and Physiology. Textbook. Wew-
York, 2015.
212


tomonga ham o'tadi. Unda chap va o'ng yuzalari, yuqorigi va 
pastki cheti, oldingi va orqa uchlari farqlanadi. Chap yoki parietal 
yuzasi qorin devoriga qaragan; o'ng yoki visseral yuzasi esa ichki 
organlarga tegib turadi; yuqorigi cheti (burchagi) yuqoriga va 
chapga qaragan; pastki cheti pastga va o'ng tomonga yo'nalgan; 
oldingi uchi diafragmaga tegib turadi; orqa uchi orqaga qaragan 
bo'ladi. Katta qorin uzunchoq o'ng va chap ariqcha orqali yuqorigi 
va pastki katta qorin yarim xaltalariga bo'linadi. Bu yarim xaltalar 
old va orqa tomondan bir-biridan chuqur jiyak bilan chegaralanadi 
va tashqi tomonda katta qorin oldingi hamda keyingi ariqchasini, 
katta qorin ichkarisida esa oldingi va keyingi tasmalarni hosil 
qiladi.
Katta qorinning orqa uchida kaudo-dorsal va kaudo-ventral 
ko'r xaltalar bo'ladi. Bu xaltalaming chegarasi bo'lib tashqaridan
— kaudo-dorsal hamda kaudo-ventral toj ariqchalar, katta qorin 
ichkarisida kaudo-dorsal va kaudo-ventral tasmalar hisoblanadi.
Katta qorinning qizilo'ngach kelib birlashadigan oldingi uchi 
katta qorin dahlizi deb yuritiladi. U yuqorigi yarim xaltadan tashqi 
tomonda kranio-dorsal toj ariqcha, ichkaridan esa - tegishli tasrna 
orqali ajralib turadi.
Katta qorinning shilliq pardasi - bezsiz, ko'p qavatli yassi 
epiteliy bilan qoplangan. Unda har xil shakl va kattalikdagi ko'plab 
so'rg'ichlar bo'lib, bu so'rg'ichlar katta qorinning ichki yuzasiga 
g'adir-budirlik beradi. So'rg'ichlar faqat tasmalarda bo'lmaydi. 
Shuning uchun ham ular silliq va ochiq ranglidir.
Muskulli pardasi — uzunchoq, aylana va qiyshiq qavatlarni 
hosil qiluvchi silliq muskul to'qimalaridan tuzilgan bo'lib, u yo'g'on 
va juda kuchli qisqaradi.
Zardob pardasi katta qorinning butun yuzasini qoplaydi va 
o'ng hamda chap uzunchoq ariqcha sohasida u katta charviga 
o'tadi. Katta qorin tig'iz biriktiruvchi to'qimasi yordamida 
diafragmaning chap oyoqchasiga hamda bel muskullariga birikib 
turadi.
To'r qorin uncha katta bo'lmagan yumaloq xalta bo'lib, u 
katta qorin dahlizinmg davomi hisoblanadi va undan qatqorin 
pastki tomondan katta qorin-to'rqorin tasmasi orqali ajralib turadi.
213


To‘r qorin katta qorin bilan keng teshik orqali, qatqorin bilan 
esa yoriqchasimon teshik orqali birlashadi. Bundan tashqari u 
qizilo‘ngach bilan qizilo‘ngach ariqchasi orqali ham bog‘langan 
bo‘ladi. Qizilo‘ngach ariqchasining lablari ariqchaning qirg‘oqlari 
bo‘lib xizmat qiladi, lablar oralig‘ida ariqcha tubi mavjud. 
Qizilo‘ngach ariqchasi shilimshiq pardaning spiralsimon egik 
burmalari ko‘rinishda qizilo'ngachdan qatqoringa boradi. Qizilo‘n- 
gach ariqchasi lablari uzunchoq, silliq muskul tutamlaridan tuzilgan 
bolib, ulaming qisqarishi natijasida lablar bir-biriga tegadi va u 
naychaga aylanadi; bunday holatda suyuq oziqa qizilo‘ngachdan 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatqoringa tushishi mumkin.
Qizilo‘ngach ariqchasi tubida silliq muskul tutamlari ko‘n- 
dalangiga joylashgan bo‘lib, ulaming qisqarishi natijasida lablar 
ochiladi va dag‘al oziqa katta qorin va to‘r qoringa tushadi.
To‘r qorinning devori shilliq hamda zardob pardalardan tashkil 
topgan. Shilliq parda ari uyasiga o'xshash bir-biri bilan birla- 
shuvchi to‘rt, besh yoki olti oyoqli katakchalardan iborat varaq- 
chasimon burmalar hosil qiladi. Ushbu katakchalaming tubida 
yanada mayda ikkinchi qatorli kanalchalarni chegaralab turuvchi 
shilliq pardaning bir oz pastroq katakchalari joylashadi. Shilliq 
pardaning hamma. joyida mayda shoxiashgan so!rg‘ichlar tarqalgan. 
Qoramollarda katta qorin va qizilo‘ngach ariqchasi yaqinidagi 
katakchalar kamayib boradi, keyin esa umuman yo‘qoladi.
To‘r qorinning muskul va zardob pardalari katta qorindagidek 
tuzilishga ega. To‘r qorin devorining ventral tomonida, qalqonsi­
mon tog‘ay sohasida joyiashib, uni qalqonsimon o‘simta orqasidan 
paypaslab ko‘rish mumkin.
Qatqorin bir tomondan bevosita to ‘r qorinning davomi 
hisoblansa, boshqa tomondan shirdonga o‘tadi va yumaloq shaklga 
ega. Qatqorinning shilliq pardasida bargchalar deb yuritiluvchi 
nafis varaqsimon burmalar bo‘ladi. Ular hatto katta-kichikligiga 
qarab, katta bargchalar, o‘rtacha bargchalar, kichik bargchalar va 
eng mayda bargchalaiga bo'linadi. Bargchalaming yon tomonlarida 
so‘rg‘ichlar joylashadi.
Qatqorinning tubi ichki tomondan to ‘r qorindan shirdonga 
boruvchi kalta jiyaklar ko‘rinishiga ega. Jiyaklar yon tomonlardan
214


baland so‘rg‘iehli valildar bilan chegaralanib turadi. Shirdonga 
ochilgan teshik oldida qatqorinning tubida silliq muskul to'qimadan 
sfenkter hosil bo'lgan. Qatqorin bilan shirdon oralig'ida, teshikning 
yon tomonlarida qatqorin pardasi joylashadi. Qatqorin tubidagi 
jiyaklar va bargchalaming bo'sh burchaklari orasida qatqorin kanali 
bo'ladi. Qatqorin o'ng qovurg'alari ostida, 8-9-qovurg'alarning 
pastki yarmida joylashadi.
Shirdon asosiy oshqozon hisoblanib, noksimon shaklga ega. 
Shirdon o'ng qovurg'alar ostida va qalqonsimon tog'ay sohasida 
joylashadi. Uning pilorik qismi orqaga qaragan bo'ladi. Shirdonning 
qisqargan qismi pilorus bevosita o'n ikki barmoq ichakka o'tadi.

Download 17,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish