Oshqozon
— bu ovqat hazm qilish nayining xaltasimon
kengayishidan hosil bo'lgan organdir. Oshqozon bir kamerali
(otlarda, cho‘chqa va itlarda ) hamda ko‘p kamerali (kavsh qayta-
ruvchilarda) bo'ladi
( 63-rasm A).
Shilliq pardasining tuzilishiga
qarab, oshqozon qizilo‘ngach yoki bezsiz tipga, ichak yoki aralash
tiplarga bo‘linadi.
Otlarning oshqozoni bir kamerali, qizilo'ngach-ichak (aralash)
tipida bo'lib, unda katta qavariq joyi va kichik botiq farqlanadi.
Oshqozonning diafragmaga qaragan tomoni — parietal yuzasi va
ichki organlar bilan chegaralanuvchi tomoni esa visseral yuzasi
deyiladi.
Bundan tashqari, kardia, ya’ni qizilo£ngachni oshqozonga
kirgan joyi, piloms, ya’ni oshqozondan
12
barmoq ichakka chiqa
digan teshik va kengaygan qismi yoki oshqozon tubi farq qilinadi.
Oshqozon 3 qismga: chap — kardia bilan chegaralanuvchi —
kardial qismi, o£ng — pilorus qismi va kardial hamda pilorik qismlari
oralig£ida fundal qismga bo'linadi.
Kichik botiq joyidan oshqozon ichiga kardial va pilorik
qismlarning chegarasi hisoblanuvchi chuqur burchak burmasi
o’tadi. Otlar oshqozonining kardial qismi yaxshi taraqqiy etgan
va ko£r xaltasi bo'ladi. Oshqozonning pilorik qismida 2 ta jiyak
bilan pilorik bo'shliq ajraladi.
1
Victoria Aspinall.
Veterinary anatomy and Physiology. Textbook. New-
York, 2015.
209
Oshqozon devori shilliq, muskul va zardob pardalardan tashkil
topgan.
Shilliq parda (ichki qavat) ko'r xalta sohasida burmali burchak
hosil qilib, u oshqozonning bezsiz va bezli qismlarining chegarasi
hisoblanadi. Bezsiz qismda shilliq parda oq rangli, mustahkam va
dag'al, ko‘p qavatli yassi epiteliydan tarkib topgan. Bezli qismda
esa bu parda nafis, qizglsh rangli silindrsimon epiteliy bilan
qoplangan, limfa follikulalari mavjud; shilliq pardaning yuzasi
notekis, kichik oshqozon chuqurchalari bo'lib, ularga oshqozon
bezlari ochiladi. Oshqozon bezlari qaysi zonada joylashuviga qarab:
kardial, pilorik va fundal bezlar bo‘lishi mumkin. Bu bezlar
oshqozon shirasini ajratadi.
Muskul pardasi silliq muskul to‘qimasidan tuzilgan bo‘lib,
uch qavatdan iborat: uzunchoq qavat katta qavariq, kichik botiq
va pilorik xaltada yotadi; aylana qavat pilorik qismda yaxshi taraqqiy
etgan, kardial qismida esa bolmaydi, pilorik xaltaning burmasida
2
ta sfinkter hosil qiladi; qiyshiq qavat faqatgina kardial bolim da
bolib, tashqi qiyshiq tutamchalar va ichki qiyshiq tutamchalarga
bo'linadi. Ular mustahkam kardial sfinktemi hosil qiladi.
Zardob parda oshqozon devorining tashqi qavati hisoblanadi.
U bir organdan ikkinchisiga o ‘tishda erkin yotuvchi burmalar
hosil qilib, ular pay sifatida xizmat qiladi.
Otlarning oshqozoni asosan, chap qovurg‘alar ostida, faqatgina
pilorusning kichik qismi o‘ng qovurg'alar ostida joylashadi. U
14—15-nchi qovurg‘alar oraliglda, pastdan esa 9— 14-nchi qovur-
g‘alar to'g'risida, yelka bo‘glm i liniyasida qorin devoriga tegib
turadi.
Cho'chqalarda - oshqozon bir kamerali, qizilo‘ngach-ichak
(aralash) tipida bolib, uning kardial qismida oshqozon divertikulasi
mavjud; burchak burmasi yaxshi ko'ringan. Shilliq pardasi
oshqozonga kiradigan joyda bezsiz, ko'p qavatli yassi epiteliy bilan
qoplangan. Bezsiz uchastkaning chegarasi yaxshi ko'rinadi. Shilliq
pardaning qolgan hamma qismi silindrsimon bezli epiteliy bilan
qoplangan va uchala zona bezlari ham boladi. Muskul pardasi
uzunchoq, aylana va qiyshiq qavatlarini hosil qiladi. Aylana qavati
pilorik va fundal qismlaridan tarqalgan b o lib , katta qavariq
210
tomondan pilorus ichiga olib boruvchi valik va kichik botiq
tomondan oshqozon ichiga chiquvchi zamburug'simon do‘nglik
hosil qiladi; qiyshiq qavati — ichki va tashqi qiyshiq tutamlari
orqali kardial qismga kirish joyida sfinkter hosil qiladi. Zardob
pardasi xuddi otlardagidek tuzilishga ega. Oshqozonning kardial
qismi chap qovurg‘alar ostida, pilorik qismi esa o‘ng qovurg'alar
ostida joylashadi. Katta qavariq joyi oshqozon to'lgan paytda qorin
devorining ventral yuzasiga qalqonsimon tog‘ay tomon tegib turadi.
Diafragma tomonida u jigarga tegib turadi. Katta charvisi kuchli
rivojlangan va pastdan hamma ichaklami qoplaydi.
Itlarda — oshqozon hajmdor, bir kamerali, ichak tipida, bezli.
Shilliq pardasi silindrsimon epiteliy bilan qoplangan, kardial, fundal
va pilorik bezlari mavjud. Burchak burmalari yaxshi ko'ringan.
Tashqi qiyshiq tutamchalar aylana qavatni, ichki qiyshiq tutam-
chalari esa oshqozonga kirish joyini qoplaydi. Zardob pardalarning
tuzilishi va oshqozon joylashuvi cho‘chqalarniki singaridir.
It va mushuklar oshqozoni oddiy, bir kamerali bo‘lib, ovqat
hazm qilish tizimi monogastrik deb nomlanadi.
Oshqozon devori qalin va oziqa bilan biroz cho'zilgan bo‘ladi.
Oshqozon bo‘sh holatda qovurg'a ostida, oziqa bilan toTgan holatda
esa qorin bo‘shlig‘ining uchdan bir qismini egallaydi.
Oshqozonning kengayishi chuqur ko'krakli zotli itlar, ya’ni
nemis ovcharkalarida ko‘p uchraydi. Bu oshqozon gaz bilan
to £lganda shishadi va chala parchalangan oziq mahsulotlari
chidamsiz bo'ladi hamda o‘z atrofida o'ralib, gazni chiqishiga
qarshilik qiladi. It juda qiynaladi va o'z vaqtida damlanish
yengillashtirilmasa yoki davolanmasa tezda shok holatiga tushishi
va o‘lishi mumkin.
Bunday holatlarda oshqozon zich va n o g 'o ra singari
taranglashgan, qorinning yarim qismini to'ldirib turadi.
Shilliq pardada oshqozon shirasini ishlab chiqaruvchi uch xil
hujayralardan tuzilgan oshqozon chuqurchalari hosil bo'ladi:
—
bokalsimon hujayralar oshqozonning hamma boiimlarida
mavjud bo'lib, ular oziqani namlash va oshqozon devorini ovqat
hazm qilish fermentlari tomonidan zararlanishidan (avtohazm-
lanish) himoya qiluvchi shilimshiq ishlab chiqaradi;
211
— asosiy hujayralar pepsin fermentini faollashtiruvchi pepsi
nogen ishlab chiqaradi; pepsin oqsillarni peptidlargacha parcha-
laydi;
— tepa hujayralar xlorid kislota (HC1) ishlab chiqaradi; bu
pepsinni samarali faoliyat kolsatishini ta’minlaydigan kislotali
pH muhitni hosil qiladi.
Oziqa oshqozonga kardial sfinkter orqali tushadi. Oshqozon
ning cho‘zi!ishi oshqozon devori bezlaridan gastrin gormonini
ajralishiga ta’sir ko‘rsatadi va bu gormon oshqozon shirasini ishlab
chiqarilishini ta ’minlaydi. Muskullarning ikki xil harakati
oshqozonda oziqani shira bilan aralashtiradi:
— peristaltika oziqani oshqozon orqali o‘tkazadi va bo‘sh
oshqozonda bolakchalarga boeladi;
— ritmik va segmentativ harakat oziqa luqmasini aralashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |